Topshirdi: N. Xajiyeva Qabul qildi



Download 82,15 Kb.
bet3/8
Sana23.07.2022
Hajmi82,15 Kb.
#841460
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xajiyeva Nuriya Kurs ishi

Klaster metodi




mashg’ulotlarida, badiiy adabiyotni o’qish jarayonida o’tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:



  • Predmetni, uning belgilarini ko’rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so’z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo’r bo’lib aytgan ma’qul.

  • muayyan so’zning hosil bo’lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so’zi chizmoq so’zidan, «raqsga tushayotgan» so’zi raqsga tushmoq so’zidan.

  • Sifatdoshga savollar qo’yish: «Dala qanday, sarg’ayayaptimi?» - «Sarg’ayayapti».

  • Ot va sifatdoshdan iborat bo’lgan so’z birikmasi asosida gap tuzish: sarg’ayayotgan barglar - «Olmaning sarg’ayayotgan barglari ko’rinib turibdi»; g’irillayotgan samolyot - «g’irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o’tdi» va x.k.

Agarda o’qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo’lgan otlar bilan birgalikda qo’llashlariga,
tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo’lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.
Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, gaplarni tuzish, qo’shma gaplarni to’g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan takdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
I.2. Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish
Buning uchun bolalarga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:



  • syujetli rasmlar asosida gap tuzish;

  • narsalarga oid rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan ko`plikdagi otlarni hosil qilish (koptok-koptoklar, kalam-kalamlar, kitob-kitoblar va hokazo);

  • otlardan kichraytirish - erkalash shakllarini hosil qilish. Masalan: uy-uycha, stol-stolcha;

  • otlardan sifat yasash.

Bunda asosiy diqqat bolalarning kay tarzda gap tuzishiga qaratiladi. Bolaga rasmlar yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilish, oddiy va murakkab mazmunli matnlarni so`zlab berish taklif etiladi. Bunda so`zlarni bog’lab, matn mazmunini kay darajada so`zlab berishi va undagi kamchiliklar hisobga olib boriladi. Bolaning nutq faolligi darajasi, monologik suhbatga oid nutqdan foydalanish imkoniyatlari belgilanadi.


Bundan tashqari, bolaning nutqiy muomalada tashabbuskorligi, she’r, ashula bilishi kabilar ham hisobga olib boriladi.
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining e’tibor talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish jarayonida bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki kerak bo`lganda bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati, uning Qiziqishi, muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni qanday qabul qilishi va uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g’rilash kobiliyatini hisobga olish lozim.
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik darajasini pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi. Ish jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik bilan tekshirish ruhiy-terapevtiv ta’sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari bir xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g’ri tashkil etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon beradi va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g’ri tanlashda katta ahamiyatga egadir.

Download 82,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish