Toshkent Moliya Instituti Iqtisodiyot Fakulteti I-80 guruhi talabasi Ismoilov Azizbekning “ Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari “ fanidan tayyorlagan 1-labaratoriya ishi
Topshirdi: Ismoilov A.
Qabul qildi: Rahimov N.
Masalaning qo’yilishi.
Elshod servis MCHJ korxonasini ishchi xodimlari ish haqini hisoblang. Birinchi galda ishchi xodimlarga qancha oylik berilishini hisoblang. Buning uchun quyidagilar berilgan:
1.Ishchining tabel raqami(ID);
2.Familiyasi, ismi, sharifi;
3.Lavozimi;
4.Akladi;
5.Ishlagan kunlari.
Shular asosida hisoblanadigan oyliki chiqaring. Bunda:
1)Aklad bo’yicha ish haqi:
Aklad/ISH KUNLARI *Ishlagan kunlari;
2)Mukofot 30% miqdorda:
Aklad bo’yicha ish haqi*30/100;
3)Qo’shimcha to’lov 20% miqdorda:
Aklad bo’yicha ish haqi*20/100;
4)Jami hisoblanmalar:
Oxirgi uchtasi yig’indisi.
Ish haqi diagrammasini yarating.
Masalaning yechilishi.
Kompyuterda Microsoft Excel dasturiga kiramiz va bo’sh jadval yaratib olamiz. C1 katakka “ISH KUNLARI’ va D1 katakka 24 sonini kiritamiz. Keyin D1 katakni belgilab sichqonchani o’ng tomonini bosib “Присвоить имя” ga kirib buyruqlar kiritiladi. A2 va A3, B2 va B3, C2 va C3, D2 va D3, E2 va E3 kataklarini “Главная” menyusudagi “Оъединить и поместить в центре” buyrug’i bilan birlashtiramiz. Keyingi vazifalar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1)A2 katakka (T/R) yozilib, A4 dan A13 gacha tartib raqamlar yoziladi.
2)B2 katakka “F.I.O” yozilib, B4 dan B13 gacha ishchi xodimlarning familiya, ismi, shariflari kiritiladi.
3)C2 katakka “Lavozimi” yozilib, C4 dan C13 gacha ishchi xodimlaring lavozimlari ism, shariflari yozilgan katakning to’g’risiga kiritiladi.
4)D2 katakka “Okladi” yozilib, D4 dan D13 gacha ishchi xodimlarning okladi yoziladi.
5 ) E2 katakka “Ishlagan kunlari” yozilib, E4 dan E13 gacha ishchi xodimlarning bir oy davomida ishlagan kunlari yoziladi.
6) F2 dan H2 gacha kataklar birlashtirilib, unga ish haqi hisoblanishi yoziladi.
7 )F3 katakka “Aklad bo’yicha ish haqi” yoziladi va ishchilarning aklad bo’yicha ish haqi hisoblanadi.Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
8) Ish haqi hisoblangan formula orqali Mukofot(30%) va Qo’shimcha to’lov(20%) ham hisoblanadi.
9) I2 katakka Jami hisoblanmalar yozilib shu ustunga Aklad bo’yicha ish haqi, Mukofot, Qo’shimcha to’lovlar yig’indisi yoziladi.
10)B4 dan I13 kataklarni belgilab shular orqali diagramma tuziladi. Buning uchun “Вставка” bo’limidagi diagrammalar orqali tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |