Toponimika ulka tarixini urganishning asosiy manbalaridan biri



Download 19,96 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi19,96 Kb.
#708271
Bog'liq
Toponimika


Toponimika ulka tarixini urganishning asosiy manbalaridan biri
Reja:
1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida
2. O'lka tarixini urganishda toponimik material tuplash va ulardan foydalanish
Adabiyotlar:
1. Nabiev A. Tarixiy o’lkashunoslik. T., 1979 T., 1996
2. Murzaev E.M. «Ocherk toponimiki». M., 1974.
3. Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug'oti.T.,1988 4. Abdimuratov K. «Nege usilay atalg'an».N. 1965
4. Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lig'oti. Toshkent, 1988.
5. Nikonov V.A. Vvedenie v toponimku. M, 1965.
6. Hakimov Z. Buxoro yaqinidagi Chorbakr majmuosi. «Moziydan sado» Nsl-2 (5-6). 2000. 70-73 betlar.
1. 1917 yilga qadar toponimikaning vazifasini tarixiy geografiya Fani bajrib kelgan. Toponimika geografik nomlarning, kishi ismlarining kelib chiqishini urganadigan Fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili» yani ertili deb atashadi. Toponimika termini latin tilidan olingan bo'lib, «topos»-joy, «onoma -nom so'zlaridan yasalib joy nomlarini urganadigan fan degan manoni bildiradi. Geografik nomlar vaz amin qarida urganilmay etgan nomlar, insonlarga quyilgan ismlar toponimikaning urganish manbai hisoblanadi. Mikrotoponimika esa (grammatik jihatdan mayda obektiarni, yani turdosh otlarni) mikroobektlarning nomlarni tadqiq qiladi.
Hozirgi vaqtda toponimika faqat kata vayirik obektlar (tog'lar, urmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlar) nomlarigina emas, balki kichik obektlarning (mahallalar, daralar, jarliqlar, anxorlar, daryo irmoqlari, ariq va kullar) ham nomlarini urganmoqda. Nomsiz «obekt» toponim emas. Toponimlar bir vaqtning o'zida tilshunos, tarixiy va geografik faktlar ham hisoblanadi hamda manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Toponimika ko'pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtojdir. Masalan, biror yodgorlikning nomini urganish uchun albatta uning qaysi davrda yaratilgnini va nima sababdan shu nom berilganini tarixiy davr sharoiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi.
Yozma manbalarga suyangan holda nomlar quyilgan davrini aniqlashga, nomlar paydo bulishini urganishga qui keladi. Toponimika, metodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida urganishda quyidagi asosiy talablarni hisobga olish lozim: toponimlarning paydo bulishiga doir malumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo'lgan barcha formalarini aniqiash, nom va terminlarni ushajoy bilan bog'liq holda to'plash va eng muhimlarini urganish zarur. Toponimik asarlarga vaqt, manbalar vayo'nalishlar bo'yicha joylarga aholining kuchishi, o'rnalishi kiradi. Toponimika jamiyatning muomila vositasi bo'lgan tilini, iqtisodietini, madaniyatini va tarixiy taqqietini urganish jaraenida o'sib rivojlanib boradi. Toponimika o'z obektining «eshini» ham aniqlaydi. O'z navbatida toponimik nomlar tarix uchun bebaho manbadir. Geografik nomlar malum hududdagi u eki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar malum bir aholining tili haqida guvohlik beradi. Nomlar malum bir aholining hamjihatini eki tarqoqligiga ham bog’liqdir.
Ibtidoiy jamoa tuzimi davrida nomlar juda kam bo'lgan, keyinchalik aholi paydo bo'lib, quyilgan nomlar ham ko'p vaqtlar utishi Bilan boshqa nomlarga uzgartirilib borilgan eki butunlay yo'q bo'lib ketgan. Ayrim shahar va qishloqlarning eski nomlari urniga yangi nomlar quyiladi, bu eski nom nima uchun yo'qoldiyu, nima uchun yangi nom quyiladi, buning sabablarini aniqiash mumkin. Toponimikaga oid malumot tuplashda, joylarning nomlarini urgnishda aholidan eppasiga surash uslubi qullaniladi.
Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hajjatxona hujjatlarini sinchiklab urganish, xalq og'zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilmgan nomalum joylarni bizga malum qiladi.
Toponimikaga oid tadqiqot olib borilaetgan tumanning tabiiy geografiyasini, utmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Shuningdek materiallar to'plash uchun bevosita tilshunoslikka oid bo'lgan va toponimlar deb hisoblangan quyidagi terminlarni bilishlari kerak. Antroponim suzi-lotin tilidan olingan bo'lib, «atropo»-odam, «onoma»-nom, kishi nomi, laqabi, familiyasi demakdir, (masalan, Mahmud
Qashg'oriy, Munis Xorazmiy) antroponomika-kishi ismi, shahar, qishloq, ovul vash u kabi joylarning nomidan olingan topinimlarni urganadi (Masalan: Tokentboy, Quqonboy, Xo'jaqul, Nukusboy, Shumanoy) etnotoponim esa qabila, urug'-aymoq nomiga quyilgan nomlarni urganadi. (Qozoqboy, Qirg’izboy, O'zbek, Mang'itboy). Gidronim-grekcha «gidro»-suv, «onoma»-nom, suv obektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, daryo, soy, jil»a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, kul va qultiq, bug'oz, sharsharalarning nomlarini urgnadi. Shu jumladan alohida terminlar qullanilishi mumkin:
Pelagonim-dengiz nomlarini: limonim-qo'l nomlarini, gelonimlar-baqoqlik nomlarini urganadi.
Diminutiv- lotin tilidan olingan so'z bo'lib, kichraytilgan, shakldan toponim yasalishi demakdir.
O'zbekistonda-cha va aq bazon-ik effikslari diminutiv shakldagi toponimlar yasaydi: bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Rudak), sifatlardan (Kukcha, Koracha, Saricha), etnonoimlardan (Durmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin.
Metateza-lotin tilida metatesis-joy olmashtirish-so'zdagi tovushlarning o'rin olmashish (Besheg'och-Bechog'osh, Sayram-Sarem).
Metafora (grekcha-»ko'chirich)-so'zining ko'chma manoda ishlatilishi (Mingbo'loq-ko'p buloq, Tuyatosh-katta qoya). Metanomiya (grekcha-»qayta nom qo'yish»)-toponimikada joy nomining qushni obekt nomiga o'tishi,asalan, daryo nomining shahar, tuman nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi-Zarafshon shahri, Chirchiq daryosi-Chirchiq shahri, Amudaryo-Amudaryo to'mani).
Mikrotoponomiya (grekcha «mikro»-kichkina, «onoma»-nom)-kichik obektlar: buloqlar, quduqiar, dalalar, o'tloqiar, jorlar, yo'llar, kichik tepalar, kuchalar va hatto atoqli otga ega bo'lgan ayrim daraxtlarning nomlari.
Oronomiya-er yuzining relf shakllari-tog'lar, chuqqilar, qirlar, daralar, teksliklar, jarlar nomlarini urganadi. Speleonim-g'or nomlarini urganadi.
Polinimiya (grekcha-»polis»-shahar). Urbonomiya so'zi ham lotin tilidan olingan bo'lib, «urbs»-shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, qishloq, shaharcha, stantsiya, shaharlarning nomlarini urgatadigan maxsus fandir.
Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik jihatdangina emas, balki so'z yasalishi jihtidan ham tahlil qilmoqdlar. Masalan: Jizzax, Quqon, Ezevon, Galcha kabi toponimlar ikki komponentdan tuzilgan. Ammo, Qarshi (Saroy, qasr), Xisor (Qurg'on), Buxoro (bixara- ibodatxona), chim (qurg'on), en (bekat), ep (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida uchraydi. Bazi toponimlar xalq o»zida qisqartilib aytilishi mumkin. Masalan: Taxta (Taxtakupir, Qum (Qumqishloq), Zax (Zaxarik).
Shunday qilib, toponimika uch printsipga asoslanadi: 1. Tarixni urganish; 2. Toponimlarning geografiyaga oid malumotnomalarini aniqiash; 3. asosiy qidirilaetgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida urganib, ulardan xulosa chiqarishdir.
Toponimika sohasiga qiziqish ertaroqdan boshlangan. Masalan: XI asrdagi Maxmud Qashg'ariyning «Devonu lug'ot turk» asarida S.Remezov, M.V. Lomonosov, V.N.Tatishev, A.P.Sumarokov, G.V.Miller asarlarida uchraydi. Sibir-turk va mug'ul toponimikalariga rus arxeologi B.V.Radlov asos solgan. Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi Bilan bog’liq holda o’rganish, ularni klassifitsikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimikachi A.X.Vostokovning xizmati kata. XX asr boshlarida toponimik tadqiqotlar ancha keng quloch eydi. 2- jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.i.Sobolevskiy, N.Ya.Marr, S.V.Veselevskiy, V.V.Bartold, V.P.Semenov-Tyanshanskiy, V.G.Shostakovich toponimika sohasida samarali ishlar qildi. Endilikda butun olimlar jamoasi toponomika tadqiqotlar yurgazmoqda. Bu sohada T.Nafasov («Qashqadaryo toponimikasi»), Sh.Qodirova («Toshkent mikrotoponimikasi») va E.Beshmatovlar o'z hissalarini qushib kelmoqda.
Respublika toponimikasini o'rganishda Ya.G.Gulomov, R.N.Nabiev, A.R.Muxamadjonov F.Abdullaev, S.ibrohimov, O'zbekistonda 1- toponimik kartoteka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov, geograflardan X.Xasanov, S.Koroev va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir.
2. Toponimikani o'rganish malumot tplashdan boshlanadi. Malumot yig'ish ishini boshlashdan avval malumotlarni qanday va qaerlardan to'plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbat o'tkazishning hech bo'lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Shu reja va dastur asosida puxta taergarlik ishlaridan so'ng dala tadqiqot ishlari o'tkaziladi. Dalada tadqiq ishlarini amalgam oshirish jaraenida aholidan eshitgan hikoya afsona va utmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallami muntazam ezib boradigan maxsus daftar bulishi shart. Shundan so'ng surishtirish va suhbat natijasida olingan malumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo'yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug'atlar tuziladi. Tadqiq qilingan va turlangan toponimik malumotlar urkashunoslik muzeylarida aniqlanadi. Shuningdek, bu malumotlar maxsus kutubxonalarda alohida bo'lim qilib saqlanadi.
Toponimlardan nom olgan buyumlar, o'simlik, hayvonlar shu qadar kupki bazan hatto ularning etimologiyasi to'g'risida uylab ham utirmaymiz. Quqon arava, buxori qovun chust pichog'i kabi so'zlarda usha joy nomlari hamon esga kelishi mumkin. Quyida toponim nomlariga misollar keltiramiz.
Kimeviy elementlar: ameritsiy (Amerika). Galliy (Frantsiyaning lotincha nomi Galliya). Golmiy (Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmning lotincha Golmiya), litetsiy (Parijning lotincha nomi-Lyutetsiya), ruteniy (Rossiya) va hoqazolar.
O'simlik va hayvonlardan olingan nomlar. Apelsin-gollandcha «xitoy olmasi» demakdik, srdinka-baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan). Yorqshir-chuchqazoti (Angliyadagi York-shir grafligi). Geologiya va geografiya atamalaridan olingan toponimlar, Agat-kimmatbaho tosh (Sitsiliyadagi Akaita daryosi nomidan, xalq tilida aqiq deyiladi). Alebastr-ok gips. (Misrdagi shahar va tog'). Xozarasp- ming ot, SariOsiyo-bosh tegirmon. Hindiqush-xshtd, qush-ulim, yani hindlar o'limi manosini bildiradi. Gazlamalar: Boston (AQSh shahri). Jersi (Normondiya-Frantsiya qirg'og'i yaqinidagi orol nomidan) va hakoza.
Oziq-ovqat nomlari: Lagmon-(xitoycha) lag-uzun «mann»-xamir manto-mon»-xamir, «to»- kolloday go'sht manosini bildiradi.
ichimliklar nomlari: Borjomi mineral suv (Graziya shahri) Essentuki (Shimoliy Kavkaz kukort shahri), Toshkent mineral suvi (Toshkent shahrining nomi) va hakozo.
Qit’alar (materiklar) va dengizlar nomlaridan hosil bo'lgan toponimlar, Avstraliya-grekcha «Janubiy quruqlik» degan so'z. (XIX asrdan shunday atalgan (Evropa osuri tilida ereb «kun botish», «Qorongulik», «G'arb» demakdir.
Osiyo -ruscha Aziya, xitoycha Yasiya, yaponcha Adziya. Bu nom dastlab Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asrlarida Osiyo deb hozirgi Turkiyaning «arbiy qismi anglashilgan. Xullos, Osiyo nomi O'rta dengiz sohillariga xos atoqli otdir. Bora-bora bu nom sharqiy erlarga ham eyilib, umumlashib ketadi va avali Quyi Osiyo, so'ngra Buyuk Osiyo, Markaziy Osiyo singari ayrim q ism lami anglatuvchi nomlar paydo bo'ladi. Osiyo nomining manosi turlicha manba va adabiyotlarda turlicha izohlangan: Aziya shahri nomidan, filosof Aziya ismidan, Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb faraz qilinadi, osuri tilida asu «kun chiqish tomon», «Sharq» manosida qullanilgan. Qizil dengiz-arabcha «Baxri axmlar, grekcha Eritreya, Afsonaga kura, Eron shohi Eritr (Qizil qaipoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazilgan ekan. Bosqacha izohi: qirg’oqlarida qiz»ish suv utiari va chiganoqlar ko'p bo'lganligidan shunday nom olgan. Qora dengiz janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom. Qora so'zining «shimol», «salg'in» degan manosi ham bor. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda yunonlar Qora dengizni «uzoq shimol» deb ham atganlar.
O'rta dengiz-Evropa, Afrika va Osiyo o'rtalarida joylashgan dengiz. Grekcha Meditrrano «Urta er» so'zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan, o'zbekcha shakli shunday qisqartirib olingan. Tarixiy sharq manbalarida ko'pincha Rum dengizi, Shorn dengizi nomlari bilan ham mashhur bo'lgan.
Lotin Amerikasi-Markaziy va Janubiy amerikada ispan va portugal tillari tarqalgan. Bu erda yashovchi xalqlarning asosiy qismi lotin tilida so'zlashganligi uchun shunday nomni olgan.
Balkon-Evropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balkon, Balkan «tog'», «tog'li er» degan manoni aglatadi. Turkmonistondagi Balxan nomini turklar Evropaga kuchirgan bo'lishi ham mumkin. (V.F.Minorskiy).
Avstriya aslida nemischa Osterreyx: ost-»sharq», reyx «ulka», yani «sharqiy ulka» degan manoni bildiradi.
Antroponimika-Turkiy «Axmet», arabcha «Axmad-maktovli, maktovga sazavor» degan manoni anglatadi. Baxmet turkiy «boy» eki Axmet arabcha Ahmad so'zlarining qushilishidan Baxmetov familiyasi vujudga kelgan. Saymon-turkiy «saymon» (abjir, chaqqon, dadil manolarida)-Saymonov familiyasi shunday olingan, Dashiq turkiy «dushuk»-»tashuk» (dimo»dor, kekkaygan manolarida) so'zlaridan «Dashkov» familiyasi kelib chiqqan va xaqozolar.
Toponimik malumotlar o'lkashunoslikda tariximizni chuqurroq urganishda muhim manbadir.
Masalan: Toshkent shahri-Chirchiq daryosining sohilida bundan 2000 yil muhaddam vujudga kelgan.
Shaharda 11 ta tumon bor: Ulug'bek, Shayxontovur, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Bektemir, Sobir Raximov, Sirg'ali, Hamza, Chilanzor, Akmal ikromov tumonlari. Toshkent 1 asrda Chochgan, V-VIII asrlarda Choch, Shosh, Shoshkent, Binkent deb otalgan. IX asrda shahar oldingi urnidan shimoli-sharq tomonda Bozsuv kanali etagida barpo bo'lgan. X asrda eronliklar «Bonokent» deb yuritilgan. Beruniy va Mahmud Qashg'oriy malumotlarga ko'ra shahar XI asrdan Toshken deb atala boshlagan. Ular Toshkent «tosh shahar» demkadir deb ko'rsatadi.
M.E.Massonning firkicha: Shoshtepa-»Tuproqqurg'on» manosida. XVIII asr urtalarida Toshkent 4 daxaga (Sebzor, Kukcha, Vesha»och, Shayxontovur) bo'lingan bo'lib, ularning har birini mustaqil hoqim boshqargan. Bu davr tarixda «Chor hokim» (to'rt hokim) nomi bilan mashhur. Shaharning 12 ta darvozasi bo'lgan: 1) Labzak. 2 Taxtapul, 3) Karasaroy, 4) Sagbon 5) Chig'toy, 6) Kukcha, 7) Samarqand, 8) Kamolon, 9) Beshe»och, 10) quqon 11) Qashg'ar, 12) Quymas.
Sagbon atamasining manosi «itbokor» demakdir. U qadimgi otashparastlik etiqodi bilan bog'liq. Taxtaaul-»taxta»-eg'och, pul-fors tilida ko'prik, yani taxta ko'prik manosini bildiradi. Termiz Grek Baktriya davlati davrida «Tarimata» nomi Bilan, Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan, samoniylar davrida «Shahriy somoniy» delingan. X asr oxirida shahar yana «Termiz» deb ataladi. Samarqand-AfrOsiyob, Marokanda, Samariana, Saramanka, Sakkana, Sanman-gen, Samakiyan, Sumron, Shamarkent, Samaran, Simroyat kabi variantlari bor. Sug'd tilida Samarokansa, IX asrdan boshlab fors tlida «Samarqand» deb atala boshlaydi. Turkcha «Semizkent» deyilgan. Bu so'zni «semiz shahar», «boy shahar» manosini bildiradi degan fikr Beruniy, M.Qashg'ariy, Bobur, Mirxond, Klavixo asarlarida ham baen etiladi.
Buxoro-Narshahiy o'zining «Numijkat», «Bumiskat», «Madinat-us-Sufriya»-yaxni «mis shahar» , «Madinat ut tujkor» yani «Savdogarlar shahri» degan nomlarini aytadi. Hadisda Buxoro- Foxira deb ko'rsatilgan. V.A.Livshits fikricha Vixara (sanskritcha) so'zi sug'd tilida parxar shaklida kirgan. Vixara «ibodatxona» degann bildiradi, yani «ilm makoni» demakdir. Xofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanomasida» Buxoro shahrining nomi aslida Limijkat bo'lgan deyiladi. Jizzax-asli oti Dizak. Diz-sug'dcha-»qala», «istekxom» demak, aq-bizdagi «cha» qushimchasiga tug'ri keladi. Demak «qalacha».
Nukus-urug' atamasidan olingan. K.AbdimurodovningtakidlashichaNukus suzi-Eron tillariga inansub bo'lib nux-»tukkiz» kass «odam» shaklida yasalgan deyiladi yani «9 bahodir» manosida. (K.Abdimurodov, O proisxojdenii nazvaniya «Nukus», Vestnik KK N, 1965, Nl, s.93-94).
Yana bir malumotga ko'ra Nukus Xorazm tilida so'zlovchi xalq tomonidan atalgan deyiladi. Bu shhar XorazmshohIar hukmdorligi hududida qurishga ruxsat etilgan. Bu so'zning etimologiyasi Xorazm tili misolida aniq tushuntiriladi: Nux Nuv «Yangi, kass «Bekinch». («materiah po istorii Turkmen i Turkmenii.t. 1. M-L.,1939, s.187). Demak, Nukus-»Yangi bekinch», «Yangi ovul» demakdir.
E.Murzaevning fikricha Nu «tukkiz» Kesh-»uyi, joyi» degan manoni bildiradi. Shunday qilib, o’lkashunoslikda toponimik tadqiqotlar ahamiyatli bo'lib, jumladan joylardagi har xil tarixiy-memoriy yodgorliklar nomlarining tarixini bilish ham zarurlidir. Ulkashunos-tarixchi bu yodgorliklarning dastlabki va keyingi utmishini kimlarga tegishli bulganligi va hozirgi ahvoli, qanday maqsadlarda foydalanaetganliklari haqida ham batafsil ezib, bilib olishlari-ulkamiz tarixini yana ham chuqur urganishimizga yo'l ochadi.
Download 19,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish