v, y, a, b, o‘,
z, x
. Harflarning noodatiy tuzilishi harflar konstruksiyasining oddiy tez yozish
variantiga keskin muvofiq kelmaslik ma’nosida bosmacha tuzilishdagi harflar
mavjudligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Dastxatni tez yozib o‘zgartirishda
bosma variantning namoyon bo‘lishi informativ belgi sifatida faqat harflar
guruhida yoki alohida harflarda bo‘lishi mumkin [Baxteev,2001:11].
Dastxat muallif tomonidan atay o‘zgartirib yozilgan bo‘lsa ham, dastlabki
matnda mavjud informativ belgilar orqali matn muallifini aniqlash imkoni mavjud.
Bunday vaziyatda matnda ishtirok etgan 10ga yaqin so‘zda qo‘llangan harf
elementlarining ulab bajarilish holatlari tahlil qilinadi, o‘xshash va farqli jihatlari
aniqlanadi. O‘xshash belgilar odatdagi yoysimon yoki to‘g‘ri chiziqli
harakatlarning egri-bugrilikka almashishida namoyon bo‘ladi. Matnda uchraydigan
informativ belgilar va ularning differensial yig‘indisini hisoblab chiqish orqali
matn muallifi haqida aniq bir xulosaga kelish mumkin bo‘ladi. Lingvistik
ekspertizada tadqiq etilayotgan matnda informativ belgilar miqdori 11tadan ko‘p
bo‘lsa, differensial ko‘rsatkichlar yig‘indisini hisoblamasdan ham aniqlash
imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Tadqiqot ishtirokchilari tomonidan yaratilgan ikkinchi matnni tahlil qilish
jarayonida quyidagi informativ o‘zgarishlar kuzatildi :
-
harakat yo‘nalishining o‘zgarishi (o‘ngdan chapga );
-
harakat koordinatsiyasining pasayishi;
-
harf shakllarining o‘zgarishi(ataylab egri-bugri tusga kiritilishi);
-
harakat shaklining o‘zgarishi (yumaloq shakldan burchaksimon shaklga
o‘tishi);
-
harflarning keskin noodatiy tuzilishi;
-
harf elementlarini atay uzib bajarishga intilish;
-
satrusti va satrosti harf elementlarini bajarishda murakkab harakatlardan
foydalanishga intilish kabi o‘zgarishlar kuzatildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, lingvistik ekspertizada yozma matn orqali
shaxsning gender xususiyatlarini aniqlashda, genderolingvistika, psixolingvistika,
bilan bir qatorda grafologiyaning ham roli muhimdir. Tadqiqot obyekti sifatida
o‘rganilayotgan matn muallifi haqida aniq bir xulosaga kelish uchun dastlab,
genderolingvistik xususiyatlarini aniqlash lozim bo‘ladi. Bu xususiyatlar,
birinchidan, biologik, ikkinchidan, ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Biologik
omillar bosh miya faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan shaxsning o‘ziga
xos individual xususiyatlarini, erkaklar va ayollarning gormonal fonini va ular
tomonidan yuzaga kelgan hissiy va aqliy bilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |