O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
234
SHAXSIY YOZISHMALARDA O‘SMIR QIZLAR YOZMA NUTQINING
TOPOGRAFIK XUSUSIYATLARI
Xotamova Guljahon Solijonovna
SamDVMCHBU akademik litseyi o‘qituvchisi.
guljahonxotamova@gmail.com
Eshniyozov Xudaynazar Toshmamatovich
Past-Darg‘om 4-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi.
xudaynazareshniyozoov@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘smir qizlar yozma nutqining grafologik
nuqtayi nazardan o‘rganish me’yorlari haqida so‘z yuritilgan. Grafologiya
tarmoqlari va uning lingvistik
ekspertizadagi ahamiyati, harf shakllari
o‘zgarishlarining matn muallifini aniqlashdagi o‘rni, o‘smir qizlar yozma nutqi
harf shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot
natijalari va yozma nutqning tabiiy va o‘zgartirilgan (spontan) nutq o‘rtasidagi
tafovutlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: gender, genderolingvistika,amaliy
tilshunoslik, lingvistik
ekspertiza, yozma nutq, grafologiya, diagnostika, identifikatsiya qilish, tabiiy nutq,
spontan nutq.
Abstract.
This article discusses the norms of studying the written speech of
teenage girls from a graph logical point of view. The branches of graphology and
its importance in linguistic expertise, the role of letter changes in determining the
author of the text, the results of research conducted
to determine the specific
features of the letter forms of written speech of adolescent girls are described.
Linguistic views on graph logical criminology are also described.
Key words:
gender, gender linguistics, applied linguistics, linguistic
expertise,
written speech, graphology, diagnostics, identification,
natural speech,
spontaneous speech.
Bugungi kunda dunyo tilshunosligida tilni immanent o‘rganishdan tilni uning
egasi bilan bog‘lab o‘rganish, ya'ni antropotsentrik tadqiq usuliga o‘tildi.
Mavzuning bu tarzda qo‘yilishi tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
natijasida hosil bo‘lgan genderolingvistika, sotsiolingvistika,
psixolingvistika,
lingvistik ekspertiza, lingvokulturologiya, kompyuter lingvistikasi kabi qator
yo‘nalishlar shakllandi.
Yozma nutqni lingvistik tahlil qilishda
munozarali yozma matndan
muammolarni hal qilish uchun muhim bo‘lgan ma'lumotni aniqlash qobiliyatidir,
chunki bu nutq turi ko‘pincha bilimlarni qayta ishlash va uni ijtimoiy maqbul
shakllarda taqdim etish natijasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan yozma matnning
minimal darajadagi situatsion darajasi, unda muallifning individual xususiyatlarini
aks ettirishning bilvosita shakllari to‘g‘risida xulosa qilinadi.Yozma nutqni tadqiq
etishda nutqqa xos bir qator lingvistik xususiyatlar, jumladan, orfografik, fonetik,