Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. Diafragmani ko‘krak ichi arteriyasidan chiquv-
chi perikard-diafragma va muskul-diafragma arteriyalari, ko‘krak aortasidan
chiquv-chi yuqorigi diafragma arteriyalari (aaphrenica superiores), 6 ta pastki
qovurg‘alararo arteriyalardan chiquvchi shoxlar va qorin aortasidan boshlanuv-
chi pastki diafragma arteriyalari (aaphrenica inferiores) qon bilan ta’minlaydi.
Venoz qon yuqorigi diafragma venalari bo‘ylab yuqori kavak vena siste-
masiga, pastki diafragma venalari bo‘ylab pastki kavak venaga oqadi. Ular orasida-
gi anastomozlar kava-kaval anastomozlar hisoblanadi. Shuningdek, bu yerdagi
diafragma venalari bilan qizilo‘ngach venalari orasidagi porto-kaval anastomoz-
lar ham mavjud.
Diafragmaning limfa tomirlari ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi ba’zi
a’zolarning limfa tomirlari bilan bog‘langan.
Innervatsiyasi. Diafragmani, asosan, bo‘yin chigalidan keluvchi diafragma nerv-
lari (nnfrenicus dexter et sinister), quyosh chigalidan hosil bo‘lgan diafragma chigali
(plexus diaphragmaticus) va 6 ta pastki qovurg‘alararo nervlar innervatsiyalaydi.
O‘ng diafragma nervi bilan o‘ng diafragma chigali orasida doimiy bo‘lgan
bog‘lanish bor. Qorin bo‘shlig‘i ba’zi a’zolarining (o‘t qopining) kasalliklarida
qo‘llanadigan frenikus-simptomning ijobiy bo‘lishini shu bilan izohlash mumkin.
Muayyan sabablarga ko‘ra diafragma nervi tomonidan innervatsiyalanish-
ning buzilishi diafragmaning relaksatsiyasiga, ya’ni undagi muskullarning atrofi-
yasiga, oqibatda, diafragma churralarining hosil bo‘lishiga va ichki a’zolar dis-
topiyasiga olib keladi.


179
KO‘KRAK BO‘SHLIG‘INING TOPOGRAFIYASI
Tashqaridan ko‘krak qafasi, pastdan diafragma, yuqoridan, ko‘krakning yuqo-
rigi aperturasi bilan chegaralangan, ichki tomondan ko‘krak ichi fassiyasi bilan
o‘ralgan bo‘shliq ko‘krak bo‘shlig‘i deb ataladi. Bo‘shliqning asosiy qismini
o‘ng va chap plevra xaltalariga o‘ralgan o‘pkalar, ularning oralig‘ini esa ko‘ks
oralig‘i kletchatkasi va unda joylashgan a’zo va tuzilmalar egallaydi (120-rasm).
PLEVRA
Plevra (pleura) seroz parda bo‘lib, bevosita o‘pkalarni hamda ko‘krak devori-
ning unga o‘pka yuzalari yondoshib turadigan ichki yuzasini qoplaydi. Shunga
ko‘ra, o‘pkani tashqaridan qoplab, uning to‘qimasiga yopishib ketgan parda vis-
seral plevra (yoki varaq), ko‘krak bo‘shlig‘i devorini qoplovchi parda pariyetal
(devoriy) plevra deb ataladi.
Pariyetal va visseral plevralar alohida-alohida parda ko‘rinishida bo‘lsa ham,
aslida bir butun bo‘lib, o‘pka ildizi bo‘ylab biri ikkinchisiga davom etadi. Shu sa-
babli, har bir o‘pkani o‘rab turuvchi seroz xalta ikki qavatdan iborat bo‘lgan yagona
pardadan iborat. Shu ikkala qavat, ya’ni visseral va pariyetal varaqlar orasida juda
tor, tirqishsimon kapillyar oraliq bo‘lib, qalinligi 7 mkm keladi. U hamma tomon-
dan berk va o‘zida seroz suyuqlik tutadi. Xuddi shu seroz suyuqlik va silliq pardalar
o‘pkalar hajmining nafas harakatlariga monand o‘zgarishlarida ularning ko‘krak
devorlariga nisbatan silliq sirg‘alishini ta’minlaydi. Ba’zi patologik jarayonlarda
yoki plevraning shikastlanishlarida, plevra varaqlari orasida ekssudat, qon, limfa
to‘planishi yoki havoning kirishi natijasida bu yoriq bo‘shliqqa aylanadi. Bunda
visseral plevra o‘pka bilan birga pariyetal plevradan uzoqlashadi.
Pariyetal plevrada 4 ta bo‘lim farqlanadi: uning qovurg‘alar va qovurg‘alararo
oraliqlarni qoplovchi qismini qovurg‘a plevrasi (pleura costalis), diafragmani
qoplovchi qismi diafragmal plevra (pleura diaphragmatica), ko‘ks oralig‘i kletchat-
kasini qoplovchi sagittal plastinkalari ko‘ks oralig‘i plevrasi (pleura mediastina-
lis), va nihoyat, ko‘krakning yuqori aperturasidan chiqib turuvchi, o‘pka cho‘qqisini
qoplovchi qismi plevra gumbazi (cupula pleurae) deb yuritiladi.
120-rasm. Ko‘krak seroz
bo‘shliqlarining frontal
kesmasi (sxema).
1–ko‘ks oralig‘i;
2–qovurg‘a plevrasi;
3–perikardial plevra;
4–diafragmal plevra;
5 – q o v u r g ‘ a - d i a f r a g m a
sinusi; 6–ko‘ks oralig‘i
plevrasi; 7–aorta yoyi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish