Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


ERKAKLAR TOS CHANOG‘I A’ZOLARINING TOPOGRAFIYASI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

ERKAKLAR TOS CHANOG‘I A’ZOLARINING TOPOGRAFIYASI
To‘g‘ri ichak
To‘g‘ri ichak (rectum) - yo‘g‘on ichakning oxirgi qismi hisoblanadi. To‘g‘ri
ichakning boshlanish qismi III dumg‘aza umurtqasining yuqori chetiga to‘g‘ri
keladi. Xuddi ana shu joyda chambar ichakdan to‘g‘ri ichakni farqlash mumkin
bo‘lgan o‘zgarish yuz beradi: S-simon ichak tutqichi tugaydi; uchta tasma hosil
qiluvchi bo‘ylama muskullar endi to‘g‘ri ichakning devorini hamma tomondan
bir xilda, tasma hosil qilmasdan o‘rab boradi, qon tomirlar yo‘nalishida ham
o‘zgarish yuz beradi – to‘g‘ri ichakning yuqori arteriyasi ichak bo‘ylab uzunasiga
yo‘nalgan shoxlar beradi; ushbu sathdan boshlab ichak kengaya boradi, ya’ni S-
simon ichakka nisbatan to‘g‘ri ichak kengroq bo‘ladi.
To‘g‘ri ichakda ikkita asosiy qism: tos hamda oraliq qismlari tafovut qilinadi,
tos qismi tos diafragmasidan yuqorida, oraliq qismi esa undan pastda joylashgan.
To‘g‘ri ichakning tos qismida ampula (eng keng joy) hamda uning tepasida ampula
usti qismi tafovut qilinadi. Ampula usti qismi S-simon ichakning oxiri bilan birga-
likda tos ichagi (colon pelvinum) yoki yo‘g‘on ichakning S-simon-to‘g‘ri ichak qismi
deb yuritiladi.
To‘g‘ri ichakning oraliq qismi yana orqa chiqaruv kanali (canalis analis)
deb ham yuritiladi.
To‘g‘ri ichak frontal va sagittal tekisliklar bo‘ylab egriliklar (burilishlar)
hosil qiladi. Sagittal tekislikdagi ikkita egrilik (bu egriliklar dumg‘aza va dum
egriligiga to‘g‘ri keladi) va frontal tekislikdagi chap egrilik amaliy jihatdan katta
ahamiyatga ega (215-rasm).


317
215-rasm. To‘g‘ri
ichakning frontal
tekislikdagi
egriliklari.
1–to‘g‘ri ichak shilliq
qavatining chap yuqori
ko‘ndalang burmasi; 2–
qorin parda; 3–
m
.
obturatorius
internus
;
4–shilliq qavatining
chap pastki ko‘ndalang
burmasi; 5–orqa
teshikni ko‘taruvchi
muskul va uni
qoplovchi fassiyalar; 6–
yopqich fassiyasi va shu
fassiya hisobiga hosil
bo‘lgan tanosil (Alkok)
kanali ichki tanosil
tomir-nerv tutami bilan; 7–
fossa
ischiorectalis
; 8–
m

sphincter
ani
externus
;
9–
sinus
anales
; 10–to‘g‘ri ichak shilliq qavati anal qismining yarimoysimon
tabaqalari; 11–
zona
haemorraidalis
; 12–
columnae
anales
; 13–
cavum
pelvis
subperitoneale
; 14–shilliq qavatning o‘ng o‘rta ko‘ndalang burmasi.
216–rasm. To‘g‘ri ichakning venalari.


318
To‘g‘ri ichakni qorinparda quyidagicha o‘raydi. Ampula usti qismi qorin-
parda bilan hamma tomondan o‘ralgan bo‘lib, o‘ziga xos tutqichga (mesorectum)
ega; u mesosigmoideumning davomi hisoblanadi. Keyin ichak o‘zining qorinpar-
da qoplamini dastlab orqa tomondan, keyin esa yon tomonlardan yo‘qotib boradi.
IV dumg‘aza umurtqasi domida qorinparda ichakning faqat old qismidagina qola-
di va erkaklarda siydik pufagining orqa devoriga o‘tib ketadi (211-rasm).
To‘g‘ri ichak ampulasining pastki qismi qorinpardadan pastda yotadi. Qorin-
parda to‘g‘ri ichakning yon tomonlarida plicae rectovesicalisni hosil qiladi. Ular
orasida va tosning yon devorlari orasida fossae pararectales deb ataluvchi chu-
qurlik hosil bo‘ladi. Bu chuqurchalarning qorinparda osti kletchatka bo‘shlig‘idan
siydik yo‘li hamda ichki yonbosh arteriyasining shoxlari o‘tsa, chuqurchaning
o‘zida esa ichak qovuzloqlari yotadi. Erkaklarda to‘g‘ri ichak old qismida prosta-
ta bezining orqa yuzasi, bezdan yuqoriroqda siydik pufagi orqa devorining bir
qismi, urug‘ yo‘li ampulasi, urug‘ pufakchalarining qorinparda bilan qoplanma-
gan qismi; ularning oldida siydik yo‘llari yotadi. To‘g‘ri ichakning oldingi devori
orqali prostata bezi va urug‘ pufakchalarini paypaslash, to‘g‘ri ichak-pufak
bo‘shlig‘ini tekshirish va tos abssesslarini kesish mumkin. To‘g‘ri ichak yon de-
vorlari orqali esa tos suyagi halqasining bir qismini paypaslash mumkin. To‘g‘ri
ichak orqadan dumg‘aza va dum suyaklariga tegib turadi. To‘g‘ri ichak oraliq
qismining yon tomonlarida esa quymuch-to‘g‘ri ichak chuqurchalari ( fossae is-

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish