To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot



Download 15,19 Mb.
bet64/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

Internet saytlar:
9. http://www.lee.de – avtomobil tuzilishi haqida.

10. http://www.bk-dtp.de-avtomobil tuzilishi haqida.

11.http://www.kfz-technik.de-avtomobil tuzilishi haqida.

3.3-ilova







TORMOZ TIZIMINING VAZIFASI VA ASOSIY TURLARI, ISHLASH PRSINSIPLARI

Tormoz tizimining vazifasi avtomobil yoki traktorlar hara- kat tezligini kamaytirish, kerak bo'Isa to‘xtatish va qo‘zg‘almas holatda tutishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun barcha avtomobillarda va ayrim traktorlarda albatta ikkita: ishchi va to‘xtatib turish tormoz tizimi mavjud. Tormoz tizimi tormoz mexanizmi va uning yuritmasidan tashkil topadi.

Tormoz mexanizmi — traktor yoki avtomobil harakatida sun'iy qarshilikni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan traktor va avtomobillarda asosan friksion tormoz mexanizmi qo‘llanilib, ularning aylanuvchi detallari barabanli, shkivli yold diskli, aylanmaydigan detallari esa kolodka yoki tasma shaklida bo‘ladi. Bularda majburiy qarshilik aylanadigan va aylanmaydigan qismlar vositasida ishqalanish kuchini o‘zgartirib hosil qilinadi. Traktor yoki avtomobil tezligini kamaytirish uchun uning kinetik energiyasining bir qismini, batamom to‘xtatish uchun esa energiyaning hammasini ishqalanish hisobiga yo‘qotish kerak. Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli bo‘lgan energiya bilan ta'minlovchi tuzilmalar yig'indisi energiya manbai deb ataladi. Energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga energiya uzatuvchi tuzilmalar yig‘indisi tormoz yuritmasi deb ataladi.

93-rasmda baraban tipidagi tormoz mexanizmiga ta'sir qiluvchi kuchlar va soddalashtirilgan ishlash sxemasi kel- tirilgan. Keruvchi yuritma vositasida kolodkalarning erkin o‘rnatilgan uchlariga ta'sir etuvchi P, va P2 kuchlar kolodkalarni W burchak tezligi bilan aylanayotgan tormoz barabaniga siqadi. Natijada barabandan (7) kolodkaga (5) reaksiya kuchlari ta'sir etadi. Bu kuchlaming ta'sirida paydo boigan ishqalanish Icuchlari umumlashgan tormoz momentini hosil qiladi.


Sxemadan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ishqalanish lcuchi keruvchi kuch bilan bir yo‘nalishda bo‘lib, ular birgalikda kolodkani barabanga siqishga yordam beradi; keruvchi kuch P2 esa ishqalanish kuchi T2 ga teskari taJsir qiladi. Shuning uchun bitta kolodka (sxemada chap tomonga) barabanga ko'proq, ikkinchisi esa kamroq siqiladi. Kolodkalar ustqoymalarining har xil yedirilishiga sabab ham shu.

Kolodkali g‘ildirak tormozi (93-rasm) g‘ildiraklar diskiga (10) o‘rnatilib, avtomobilni tormozlash kerak bo'lganida haydovchi pedalni (1) bosadi, tortqi (2) va richag (3) orqali joyida turib aylanuvchi keruvchi moslamani (4) buradi, u esa kolodkalarni (5) tayanch barmoqlar (8) atrofida burib, barabanga (7) siqadi. Natijada tormoz barabani (7) bilan friksion (ishqalanish kuchi ko‘p bo'lgan material) ustqoymali (6) ikkita kolodka (5) orasida ishqalanish hosil bo‘ladi, g'ildirak (11) tormozlanib, avtomobilning tezligi kamayadi yoki butunlay to‘xtaydi.

Pedal (1) bo‘shatilishi blan ajratuvchi prujina (9) tormoz kolodkalarini barabandan ajratadi. Bu tipdagi tormozlar asosan avtomobillarda qo‘llaniladi.

Tasmali baraban tipidagi tormozlar ko‘pincha traktorlar- da qo'llaniladi.

Tasmali baraban tipidagi tormoz (94-rasm) kuch uzat­maning aylanuvchi valiga (7) o'rnatilgan tormozlash shkivi (5) va unga o‘ralgan friksion tasmadan iborat.

Tasmaning (4) bir uchi tortqi (10) orqali karterning (9) qopqog‘iga, ikkinchi uchi esa tortqi (2) va pedal (1) bilan tutashgan ikki yelkali richagga mahkamlangan. Tormoz tasmasining osilib qolishini cheklash maqsadida vint (6) va prujina (8) mo'ljallangan.

Pedal (1) bosilganda (94-rasm) richag (3) shkivga (5) ulangan friksion material qoplangan tasmani (4) tortadi va ular orasida hosil bo‘lgan ishqalanish aylanayotgan shkivni tormozlaydi.

Diskli g‘ildirak tormozi (95-rasm) aylanuvchi disk (1) va uning ikkala yon tomoniga o‘rnatilgan aylanmaydigan kolodkadan (2 va 3) iborat.

Tormozlanish paytida kolodkalar (2 va 3) (95-rasm) N( va N2 kuchlar ta'sirida diskka siqilib, tormoz momentini xosil qiladi. Disldi g‘ildirak tormozlari tormozlash momentining yuqori stabillik darajasiga erishuvini va diskdan tormozlash paytida hosil bo‘lgan issiqlik tashqi muhitga yaxshi tarqa- lishini ta'minlaydi. Shu sababli bu turdagi tormozlar ko‘pincha yengil mashinalaming oldingi g‘ildiragiga, traktorlarda esa kuch uzatmaning valiga o‘matiladi.

Yuqorida qayd qilganimizga ko‘ra, tormoz tizimi ishlashi uchun kerakli bo‘lgan energiya bilan ta'minlovchi tuzilmalar yig‘indisi energiya manbai deb ataladi. Energiya manbaidan biz o‘rgangan tormoz mexanizmlariga energiya uzatuvehi tuzilmalar yig‘indisi tormoz yuritmasi deb ataladi.

Tormoz yuritmalari — mexanik, gidravlik yoki pnevmatik bo‘lishi mumkin. Ushbu yuritmalar quyidagi elementlardan tashkil topgan: boshqaruvchi organ (tormoz krani yoki asosiy gidravlik tormoz silindri) va ijro etuvchi organ (tormoz yuritmasidan tormoz mexanizmiga energiya uzatuvehi tuzilma).

Gidravlik yuritmali sxemada ishchi jism vazifasini tormoz suyuqligi bajaradi. Bu turdagi tormoz yuritmasi tormozlashi uchun kerakli energiya suyuqlik
l
bosimi vositasida tarqaladi. Tormoz pedali (3) bosil- ganida, tormoz asosiy silindri- ning (1) porsheni ta'sirida uning ichidagi suyuqlik bosim ostida g‘ildirak silindrlariga (2) yuboriladi.




Buning natijasida g'ildirak silindrlari (2) ichidagi porshenlar kerilib, kolod- kalarni aylanib turgan barabanlarga yaqinlashtiradi va tormoz- lanish boshlanadi. Tormoz pedali qo‘yib yuborilganida tizimda suyuqlik bosimi kamayadi va asosiy silindr bilan g‘ildirakli silindrdagi porshenlar oldingi holatga qaytadi.

Ayrim avtomobillarda haydovchi tomonidan tormozlash uchun pedalga sarf qilinadigan kuchni kamaytirish maqsadida vakuum-tizim yoki gidrovakuum kuchaytirgich (4) o‘rnatiladi (97-rasm).

Avtomobillarning tezligi borgan sari oshayotganligi natija- sida harakat xavfsizligini to'la ta'minlash maqsadida ikki konturli tormoz yuritmalari qo‘llaniladi.

Bu turdagi yuritmaga ikki seksiyali asosiy tormoz silindri qo‘yilgan bo‘lib, har bir seksiya o‘zi uchun ishlaydi. Odatda konturlardan biri oldingi g‘ildiraklar, boshqasi esa orqa g‘ildi- raklar tormoz mexanizmlarining ishlashini ta’minlaydi. Agar konturlardan biri buzilib, suyuqlik oqib ketsa, boshqa kontur yordamida avtomobil to‘xtatiladi.

Gidroyuritmali tormoz tizimlari yuqori FIKiga ega bo‘lib (suyuqlik siqilish natijasida hajmini o‘zgartirmaydi), ishchi organlarining vazni kichik va ixcham. Lekin bu tipdagi tormoz I yuritmani og‘ir ish sharoitida katta zo'riqish bilan uzluksiz ishlatib bo‘lmaydi, chunki gidroyuritmadagi suyuqlik juda ham qizib, tormozlash paytida uning bosimi 10...12 MPa kamayib ketadi, natijada tizimning ishlash aniqligi keskin pasayadi. Shuning uchun ham bu turdagi yuritma ko‘p yuk ko‘taravchi mashinalarda qo‘llanilmaydi.




Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish