To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


ЗИЛ-130 AVTOMOBILINING TOKMOZ TIZIMI



Download 15,19 Mb.
bet66/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

ЗИЛ-130 AVTOMOBILINING TOKMOZ TIZIMI

ЗИЛ-130 avtomobillarida pnevmatik yuritmali tormoz tizimi qo‘llaniladi.

Kompressor (l)(106-rasm) porshen tipida ikki silindrli bo'lib, havoni ballonlarga haydab beradi. Uning shkivi harakatni tasma orqaU dvigatelning tirsakli validagi shkivdan oladi. Siqilgan havo kompressordan havo ballonlariga, to ularda bosim 0,75 (7,5 atm) MPa ga yetguncha kiradi. Kompressor ikki silindrli, bir bosqichli, aylanma harakatni dvigateldan oladi.

Harbir silindming ustida yassi po‘latdan qilingan chiqarish klapanlari (4) o‘rnatilgan (107-rasm), ular havo bosimidan avtomatik ravishda ochiladi. Klapan qurilmasi ikkita haydash (4) va ikkita prujinali kiritish klapanlaridan (5) iborat.

Porshen pastga harakatlanganida kompressor silindrida hosil bo‘ladigan siyraldanish ta’sirida kiritish klapani (5) ochiladi va filtrdan silindrga havo kiradi. Porshen yuqoriga harakat qilganida kiritish klapani (5) berkiladi va silindrdagi havo haydash ldapanini (4) ochib, kallakka (3) va u orqali havo ballonlariga kiradi. Kompressor siqib bergan havo bosimi 0,7...0,74 MPa (7,0...7,4 atm)ga yetganda havo kanal (7) orqali bo‘shatish qurilmasida joylashgan plunjerlar (6) tagiga keladi. Bo‘shatish qurilmasi kompressor silindrlari blokida joylashgan bo‘lib, ikkita plunjer (6), ikkita shtok va shayinlardan tuzilgan. Havo bosimi 0,75 MPa ga yetganida bosim regulyatori ishga tushadi va kompressordan havo tizimga kelmaydi. Bunga sabab shuki, plunjerlar (6) katta bosimli havo ta'sirida tepaga ko‘tarilib, shtoklar orqali ikkala silindrning kiritish klapanlarini (4) ochadi. Natijada havo bir silindrdan ikkinchi silindrga o‘tish qobiliyatiga ega boiadi. Bosim rostlagichi (108-rasm) pnevmatik tizimdagi havo bosimini belgilangan darajada avtomatik ravishda saqlab turadi.

Rostlagich kojuxida (1) sharikli klapanlar (13 va 14), shtok (5), ikkita markazlashtiradigan tayanch sharik (3) va prujina (2) joylashtirilgan. Havo balionlarida bosim 0,7...0,74 MPa dan oshib ketsa, shariklar (13 va 14) prujinaning (2) qarshiligini yengib, yuqoriga ko‘tarilib, tepada joylashgan sharik (14) tashqi muhit bilan tutashuvchi shtutser lcanalini berkitadi. Kompressorning bo‘shatish qurilmasida esa siqilgan havo ballonlardan kirib, plunjerlar va shtoklar orqali kompres­sorning kiritish klapanlarini tepaga ko‘tarib, ishdan to‘xtatadi va havo bir silindrdan ikkinchisiga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bosim 0,56...0,6 MPa dan kamayib ketsa, klapanlar avvalgi pastki holatiga qaytadi, bunda tashqi sharik (12) havo ballonlariga tutashgan teshikni berkitadi va kompressorning bo‘shatish qurilmasiga tashqi muhitdan havo (108-rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan) qiya kanal orqali kiradi va kompressordan uzatilgan havo ballonlarga kira boshlaydi. Tizimdagi havo bosimi 0,75 MPa ga yetganida shariklar prujinaning (2) kuchini yengib, yana tepaga ko‘tariladi va kompressordagi havo ballonlariga kirmaydi.

Havo ballonlari (resiverlar) siqilgan havoni saqlash uchun xizmat qiladi. Ulaming hajmi kompressor ishlamagandan keyin mashinani 8...10 marta tormozlashga yetadi. Har bir ballonda kondensat jo‘mragi, avtomobilning o‘ng tomonidagi ballonda esa havo olish jo‘mragi mavjud. Bosim rostlagich ishlamay qolgan taqdirda tormoz pnevmatik yuritmasining tizimidagi havo bosimi haddan tashqari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ballonlarning biriga havo bosim 0,95 MPa ligida avtomatik ravishda ochiladigan saqlash klapani o‘matiladi.

Saqlash klapani kerakli bosimga rostlash vinti orqali sozlanadi. ЗИЛ-130 avtomobilida saqlash klapani pnevmatik tizimining oldingi o‘ng tomonida joylashgan havo balloniga o‘matilgan va 0,9...0,95 MPa (9...9,5 atm) bosimga rostlanadi





Agar bosim bu ko'rsatkichdan ortib ketsa, sharik prujinaning qarshiligini yengib, tepaga ko‘tariladi va pnevmatik tizimni tashqi muhit bilan ulaydi.

Bu joydan chiqqan havo tizimdagi bosimni kamaytira boshlaydi va bosim miqdori kamayganidan so‘ng prujina yana sharikni o‘z uyasiga siqib, kanalni yopadi.

Avtomobil va tirkama g‘ildirak tormozlarini boshqarish uchun tormoz krani xizmat qiladi. ЗИЛ-130 avtomobilida oddiy bir mexanizmli yoki kombinasiyalashtirilgan ikki mexanizmli tormoz krani o'rnatilishi mumkin. Yakka avto­mobil uchun bir mexanizmli, agar avtomobil tirkama bilan jihozlangan bo!lsa, ikki mexanizmli tormoz krani o‘rnatiladi. ЗИЛ-130 avtomobiliga o‘rnatiladigan bir mexanizmli porshen tipidagi tormoz kranining ishlash prinsipi bilan tanishamiz.

Porshen tipdagi tormoz krani qopqoqli (18) qutichadan (3) iborat (109-rasm). Uning ichida quyidagi asosiy detallar joylashgan: stakan (4) ichidagi muvozanatlovchi prujina (5), moslagich mexanizmining diafragmasi (8), bir o'zakda joylashgan kirituvchi (14) va chiqaruvchi klapanlar (10). Klapanlar o'zagining uchi (13) rezbali bo'lib, unga gayka (12) buralgan. Bu gayka klapanlarning to'g'ri holatini ta'minlab turadi.

Tormoz krani quyidagicha ishlaydi. Haydovchi tormoz pedaliga bosganida tortqi orqali richag (1) ozgina buriladi va muvozanatlantiruvchi prujina (5) ichida joylashgan stakanni (4) o'ng tomonga suradi. Prujina tayanch shayba orqali chiqarish klapani uyasini (6) siljitadi va uya yopiladi. Buning natijasida kranning kiritish bo'shlig'i va tormoz kameralari tashqi muhitdan ajraladi. Shu paytda klapanlarni o'zaro bog'lab turgan o'zak o'qi (13) kiritish klapanini (14) siljitib, o'z uyasiga berkitadi, shunda siqilgan havo tormoz kamerasiga o'tadi va g'ildiraklar tormozlanadi. Tormoz pedali qo'yib yuborilganida tortki va richaglar dastlabki holatga qaytib, kiritish klapanini (14) yopadi va shu bilan birga chiqarish klapanini (10) ochadi.



ЗИЛ-130 avtomobilining g'ildiraklariga kolodka tipidagi tormoz mexanizmlar o'rnatiladi.



G'ildirak tormozlari stupisaga o'rnatilgan cho'yan bara-ban (1) va ikki cho'yan tormoz kolodkadan (2 va 6) iborat (110-rasm). Kolodkalar orqa ko'prik qutisining flanesiga o'rnatilgan qo'zg'almas tormoz diskiga mahkamlangan. Ko-lodkalarning pastki qismi tayanch ekssentrik barmoqlarga (8) suyanadi, ushbu barmoqlar bilan friksion ustqoymasi (8) va barmoqning (1) ichki yuzasi orasidagi tirqishni sozlash mumkin (111-rasm). Kolodkalarning ustki qismi keruvchi moslamaga (4) prujinalar (5) yordamida siqib turiladi. Kolod- kalarga o'rnatilgan roliklar (3) ishqalanishni kamaytirib, keruvchi moslama va kolodkalar uchining yeyilishini kamay- tiradi.

111-rasmda tormoz mexanizmi, tormoz kolodkasi va rostlash richagi birgalikda tasvirlangan. Valning (1) tashqi shlisli uchida richag (4) o‘rnatilgan bo‘lib, u shtokning (7) ayrisimon uchi bilan sharnirli ulangan. Richag ichiga chervyaksimon shesternya (2) bilan chervyak (3) joylashtirilgan. Tormoz kamerasining qutisi (5) va qalpog‘i (6) oralig‘ida maxsus rezinadan tayyorlangan diafragma (8) joylashgan va turtki bilan tutashgan. G‘ildirak tormoz kamerasining ustki qismiga tormoz kranidan keltirilgan havo oqimi ulangan.

Tormozlash paytida tormoz kranidan siqilgan havo dia- fragmani turtki bilan birga chap tomonga siljitadi. Turtki richagni (4) (111-rasm), u esa o‘z navbatida val bilan birga keruvchi moslamani (15) buradi va tormoz kolodkalarini kerib, aylanayotgan barabanning ichki yuzasiga yaqinlashib, uni tormozlaydi. Tormoz pedali qo‘yib yuborilsa, kolodkalar prujinalar (16) ta’sirida dastlabki holatiga qaytadi. Diafragma (8) esa bir-birinining ustiga kiygizilgan prujinalar (9) ta'sirida awalgi holatiga qaytadi.




Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish