GIDRAVLIK VA PNEVMATIK YURITMALI TORMOZ MEXANIZMLARINI ROSTLASH VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATXSH
Tormoz tizimlari texnik qarovdan o‘tkazilayotganda quyidagi ishlar bajariladi:
Har kuni tormozlarning ishlashi, gidravlik va havo o'tkazgichlar germetik birlashtirilganligi, kompressorning tasmasi tarangligi tekshiriladi. ЗИЛ-130 avtomobili kabinasida joylashgan manometrdan havo bosimi doimo nazorat qilib turiladi.
Biriachi texnik xizmatda (TXK-1) har kungi xizmatdan tashqari quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
pnevmatik tormoz kamerasidagi turtkining ayrisimon uchi shpintlanganligini tekshirish;
tormoz pedalining erkin yo‘lini tekshirish;
monometrning holati va mahkamlanganligini tekshirish;
gidravlik asosiy silindming mahkamlanganligi;
keruvchi valning podshipniklarini moylash.
Ikkinchi tesnlk xizmatda (TXK-2) oldin ko‘rsatilgan
ishlardan tashqari quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
kolodkalar ustqoymalarining holati;
kolodkalarni siqib turuvchi prujinalar bikrligi;
asosiy va g‘ildirak gidravlik silindrlarining holati;
kompressorning ishlash unumdorligi;
Texnik xranat ko‘rsatishdagi ayrim operasiyalar qnyida- gicha bajariladi:
Tormoz ta'sirini tekshirish.
ЗИЛ-130 avtomobili 30 km/s tezlikda harakat qilayotga- nida uning tormozlanish yo‘li quruq yo‘lda 11 m dan oshmasligi kerak.
ГАЗ-53А avtomobilining shu tezlikda tormozlanish yo‘li 8 m dan oshmasligi kerak.
Agar avtomobillaming tormozlanish yo‘li ushbu raqam- lardan oshib ketsa, uni sozlash kerak bo‘ladi.
ГАЗ-53А avtomobili tormoz pedalining erkin yo‘li asosiy tormoz silindrlarining porsheni turtkisini o‘zgartirish orqah sozlanadi. Turtki uzunligi shunday sozlanadiki, turtki va porshen orasidagi tirqish 1,5...2,0 mm bo‘lishi lozim, shunda pedalning erkin yo£li 8... 13 mm bo‘Iadi.
ЗИЛ-130 avtomobilida tormoz pedalining erkin yo‘li tormoz krani richagini oraliq yuritma richagi bilan birlash- tirgan turtki uzunligini o'zgartirish orqali sozlanadi. Agar bir seksiyali kran qo‘yilsa, tormoz pedalining erkin yo‘li 10...23 mm bo‘ladi. Agar ikki seksiyali tormoz krani o‘rnatilgan bo‘lsa, pedalning erkin yo‘li 40...60 mm bo‘ladi.
G‘ildirak tormozlarini rostlash uchun tormoz kolod- kalari va tormoz barabanining ini yoki o'rtasidagi tirqish to‘g‘rilanadi.
ГАЗ-53А avtomobillarida tormoz kolodkalarining holatini o‘zgartirish barabanning orqa tarafiga chiqarilgan olti qirrali kallakni burab, ekssentrikka ta'sir qilish bi'lan bajariladi. Buning uchun sozlanayotgan g‘ildirakni domkrat yordamida ko‘tarib, rostlash kallagini tormoz kolodkalari barabanga tekkungacha buraladi va ozgina orqaga uzoqlashtirib, barabanning yengil aylanishi ta'minlanadi. Rostlash natijasida albatta bir shart bajarilishi kerak: u ham bo‘lsa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir vaqtda tormozlanishidir. Agar g‘ildiraklar notekis tormozlansa, oldinroq tormozlanayotgan g‘ildirak ko- lodkalarini barabandan ozgina uzoqlashtirish lozim, bundan tashqari bir necha bor tormozlangandan keyin g‘ildirak barabanlari qizib ketmasligi kerak.
ЗИЛ-130 avtomobilida g‘ildirak tormoz barabanlari va tormoz kolodkalari orasidagi tirqish rostlash chervyagi orqali sozlanadi. U tormoz kamerasining tortqisiga ulangan richagga o‘rnatilgan. Rostlash chervyagini burab, kolodka-baraban tirqishi yo‘qotiladi va chervyakni qarama-qarshi tarafga burib, barabanning yengil aylanishi ta'minlanadi. Rostlanganidan keyin tormoz kamerasi tortqisining yurish yo‘li tekshiriladi: u oldingi g‘ildiraklar uchun 15...25 mm, orqa g‘ildirak kamerasi uchun 20...30 mm ni tashkil qilishi lozim. Tormoz tekshirilayotganida havo ballonidagi bosim 0,5 MPa dan kam bo‘lmasligi ta'minlanadi.
Gidrovakuum kuchaytirgichli tormoz tizimini tekshirish.
Gidrovakuum kuchaytirgichning ishlashi siyraklashish
yo‘qligida tekshiriladi. Buning uchun dvigatel ishlamayotga- nida tormoz pedali bir necha marta bosib qo‘yib yuboriladi. Undan keyin tormoz pedalini imkon boricha oxirigacha bosib, shu holatda ushlab turiladi va dvigatel yurgazib yuboriladi. Agar siyraklashish tizimida nosozlik bo‘lmasa, shu paytda tormoz pedali ozgina pastga tusha boshlaydi. Pedal qo‘yib yuborilmasdan dvigatel to‘xtatiladi va pedal 1...2 daqiqa vaqt ichida qo‘zg‘a!masligi kerak. Agar pedal oldingi holatga qaytib kelsa, unda tizim nosoz bo‘Iadi. Buning asosiy sababi berkitish klapanining to‘liq yopilmaganligi, o‘tkazgichlarning germetik qotirilmaganligi yoki gidrovakuum kuchaytirgichi ishdan chiqqanligi bo‘lishi mumkin.
ГАЗ-53А avtomobilining gidravlik yuritmali tormoz tizimidagi havoni chiqarish usuli
asosiy tormoz silindr tormoz suyuqligi bilan to'ldiriladi (suyuqlik albatta bir xil boiishi kerak);
orqa o‘ng g‘ildirak tormoz silindri o‘tkazish klapani- dagi qopqoqchani olib, o‘rniga 350...400 mm uzunlikdagi rezina shlang kiygaziladi, shlangning ikkinchi uchi 0,5 1 hajmli idishga solib qo‘yiladi va idishning yarim hajmiga tormoz suyuqligi quyiladi.
v) g‘ildirak silindrining o'tkazish klapani yarim aylanaga buriladi va pedal bir necha marta tez-tez bosib, asta qo'yib yuboriladi. Bu ish to shlangdan havo pufakchalari chiqishi to'xtaguncha davom ettiriladi;
g) o‘tkazish klapani qattiq burab qo‘yiladi, shlang olinib o‘rniga rezina qopqoqcha kiydiriladi;
xuddi shu ishlar quyidagi tartib bo‘yicha davom ettiriladi;
oldingi ong g‘ildirak;
oldingi chap g'ildirak;
orqa chap g‘ildirak;
bu ishlar bajarilganidan keyin tormoz pedalining yo'li uning umumiy yo‘lining yarmidan pastga tushmasligi kerak.
ЗИЛ-130 avtomobilining pnevmatik yuritmali tormoz tizimiga texnik xizmat ko'rsatishda bajariladigan ishlar:
havo ballonlaridan kondensatni vaqti-vaqti bilan to‘kib tashlash;
kompressor tasmasi tarangligini tekshirib turish, uning o'rtasiga 40H (4 kg) kuch bilan bosim berilganda u 10... 15 mm egilishi kerak;
v) tormoz kranining erkin yo‘li 1...2 mm dan oshmasligi kerak, rostlash bolt orqali bajariladi va kontrogayka bilan qotirib qo‘yiladi.
4-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |