To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


Kabina, kuzov va platformalarni ta’mirlash texnologiyasi



Download 15,19 Mb.
bet53/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

Kabina, kuzov va platformalarni ta’mirlash texnologiyasi.
Avtomobillarning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari: ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bo’shashib ketishidan iborat. Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo’shimcha detallar qo’yish, himoya qatlamlarini yangilash yo’llari bilan tiklanadi. Zanglash mahsulotlari metall cho’tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda ko’pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Payvandlash qo’l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo’shimcha qoplama qo’yiladi, o’z navbatida bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600-650 0S gaz gorelkasi yordamida) holda to’g’rilanadi. Qizdirib to’g’rilash metall qavat-qavat bo’lib qolganda yoki sovuq holda to’g’rilab bo’lmay qolganda bajariladi.
Pachoq ikki harakatda to’g’rilanadi. Avvalambor pachoq bo’lgan joy urib chiqariladi. CHiqarilgan qismning ustiga(7.9-rasm) mahsus ushlagich-1 qo’yib markazdan sirtga qarab mahsus bolg’acha yordamida to’g’rilanadi, so’ngra yog’och yoki rezina bolg’acha yordamida tekislanadi. O’tkir qirrasi va egilishi bo’lmagan chuqur pachoqlarni chiqarish o’rtasidan boshlanadi va asta-sekin bolg’acha yoki rezina bolg’acha bilan tekislash tashqi tomonga qarab davom ettiriladi. O’tkir qirrali burchaklari bo’lgan pachoqlarni o’tkir qirradan yoki taxlanib qolgan yeridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurlik bo’lsa, metalning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg’acha bilan urib bartaraf etiladi (7.9v-rasm). CHuqurlik chegarasiga yaqinlaganda bolg’acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. qancha ko’p aylana bo’ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin bir necha chuqurliklar bo’lsa (7.9-rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurlikka keltiriladi, so’ngra chuqurlikning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi. Silliqlash ishlari to’g’rilanayotgan yuzaning shakliga qarab tanlab olingan ushlagichlar-1 bilan tekislash bolg’achalari yordamida qo’lda yoki maxsus jihozlar va mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi. Masalan, avtomobil qanotlarining qattiq cho’zilib ketgan yerlarini urish yo’li bilan to’g’rilab bo’lmaydi. Bu hollarda qattiq pachoq bo’lgan va tekis bo’lmay qolgan yuzalar kesib olib o’rniga kerakli listni payvandlash yo’li bilan tekislanadi. qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to’g’rilanadi. G’adir-budur bo’lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik mASKalar (PFN-12, TPF-37), epoksid kleylari yoki yumshoq qalaylash usullarini qo’llash bilan silliqlanadi.

9 -rasm. Pachoqni chiqarish va tekislash shakli: a-ushlagich yordamida pachoqni chiqarish; b-ushlagich yordamida to’g’rilash;


v-bir pachoqni bartaraf etish; g-bir necha pachoqni bartaraf etish
Yuza tekislab bo’lmas holatda bo’lsa, ayrim bo’laklari temir arra, temir qaychi yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, o’rniga shablon yordamida metall listlardan tayyorlangan bo’laklar payvandlanadi.Hozirgi vaqtda katta yuzadagi yemirilishni tiklash uchun ta’mirlashning «panel» usuli ko’p qo’llaniladi. Zanglash yoki halokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov bo’lagi olib tashlanadi, hamda uning o’rniga yangi yoki boshqa avtomobildan kesib olingan xuddi shunga o’xshash ta’mirlash detali (paneli) o’rnatiladi. Avariyaga uchragan kuzovlarni to’g’rilash uchun maxsus moslamalar va jihozlardan foydalaniladi(7.10-rasm), ular kuzov profili bo’yicha, geometrik o’lchamlariga rioya qilgan holda tortish yo’li bilan o’z holatiga keltiriladi. Jihozning ramasiga avtomobil qotiriladi, qo’lda yoki gidravlik to’g’rilash moslamalarida kuzovni tortish va to’g’rilash ishlari bajariladi. Yuk avtomobillarining metall kuzovlarini to’g’rilash tartibi uning kabina va tayanchlarini to’g’rilash tartibiga monand bo’ladi.

10-rasm. Kuzovlarni to’g’rilash jihozi


Kuzov metallining qalinligi tayanch metallining qalinligidan katta bo’lganligi uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to’g’rilash qiyinlashadi. Payvandlash ishlarida ko’pincha elektr yoyli payvandlash apparatidan (7.11-rasm) foydalaniladi, to’g’rilash ishlarini bajarishdan avval esa, yuza 600-6500S ga qizdiriladi.


11- rasm. YeISEMANN va Forward FWM-200 PRO mod. Payvandlash apparatlari

4-ilova


Mustaxkamlash.

O’quvchilar, hozir guruhlarga bo’linamiz va har bir guruhdan o’quvchilar doskaga chiqib bugungi mavzumizda oid so’z va iboralarni doskaga yozib chiqamiz. Lekin so’zlar takrorlanmasligi va guruhlar o’rtasida qaytalanmasligi kerak.

Masalan: avtomobil, soz, nosoz, tozalash, yuvish, sabab, oqibat, ifloslanish, texnologiya, usul, mexanizatsiya, o’lcham, ta’mirlash, kuzov, mexanik, lazer nuri, quritish, geometrik, tiklash, elektron, kabina, yo’l, jihoz, suv, oqova, shikastlanish, qanotlar eshik va hokozo.

5-ilova


Uyga vazifa: O’tilgan mavzuga oid B/BX/B jadvalini tuzib kelish.

“Tasdiqlayman”

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:

__________________ A. Tojiyeva



O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Vaqt: 80 daqiqa.

O‘quvchilar soni:_____ ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi.

Nazariy: to‘liq o‘quv mashg‘ulot

O‘quv mashg‘uloti rejasi

1.Avtomobillarning rul boshqarmasining vazifasi.
2.Avtomobillar rul boshqarmasining tuzilishi.
3.Avtomobillar rul boshqarmasida uchraydigan nosozliklar.
4.Avtomobil rul boshqarmasiga texnik xizmat ko’rsatish.


Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish