To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot


Avtomobillarni ifloslanishi, uning asosiy sabablari va oqibatlari



Download 15,19 Mb.
bet52/70
Sana31.12.2021
Hajmi15,19 Mb.
#264619
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
Kasbga kirish 20 s (20 s).

Avtomobillarni ifloslanishi, uning asosiy sabablari va oqibatlari.
Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo’l va iqlim sharoitlarida foydalanish, ularning turli xil ifloslanishiga olib keladi. Yuk avtomobili kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan yuk turiga bog’liq bo’lib, ular qum, tuproq, ko’mir, qurilish materiallari va iste’mol mollari bo’lishi mumkin. Tashqi muhit, ya’ni harorat, yog’ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida bo’lgan joylardagi bo’yoqning ximik va fizik xususiyatlari o’zgarib, yuza asta sekin eskiradi. Bularni oldini olish va TXK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari olib boriladi.

1-rasm. Tashqi tozalash ishlariga mo’ljallangan KSM 750 B XL turidagi supirish mashinasi (5 o.k. ga ega bo’lgan Honda dvigatelli, ish unumi 4000 m2/soat, o’tish kengligi 100 mm, konteyneri 40 litr, ishchi tezligi 4 km/soat, tashqi o’lchamlari 1240x690x1150 mm, massasi 80kg).

Avtomobil kuzovini tozalash: tozalash ishlaridan maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig’ishtirish, yuk avtomobillarning kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.Kir va changdan tozalashda junli cho’tkalardan, qirg’ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr changso’rgichlardan foydalaniladi. Ular qo’lda ko’tarib yuruvchi va qo’zg’almas bo’lishi mumkin (1,2-rasmlar). Elektr changso’rgich uchida konussimon kallak va cho’tkali egiluvchan ichak(shlang)lardan iborat. Havo so’rish bosimi 11-12 Pa oraliqda bo’ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.

2-rasm. Qo’chma va qo’zg’almas changyutgich turlari (Lavor firmasi), quvvati 1500 vatt, so’rish qobiliyati 3190 mm suv ustuni, havo oqimi 140 m3/soat

Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan (25-300S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning harorati uzog’i bilan 18-200S ortiq bo’lishi zarur, aks holda bo’yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo’li bilan avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun cho’tka, gubka kabi materiallardan foydalaniladi. Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini kamaytirish suv bosimiga, purkagich teshigi diametriga, purkash burchagiga bog’liq.
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo’lish va suv sarfini kamaytirish uchun uning bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur.Bu bilan suvning sarfini kamaytirish mumkin.

Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish vositalaridan ham foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o’z navbatida yuzadagi kirlarni yumshatadi, moy izlarini eritadi va yuvishni yengillashtiradi. Misol uchun yengil avtomobillar kuzovini yuvishda 40-50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik kukunning 7-8 grammi 1 litr, harorati 35-45- suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi. Suv sarfini kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo’llaniladi.


Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:


Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo’l bilan, mexanizatsiyalashgan va maxsus bo’lishi mumkin. Qo’l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli (1-2.5MPA) bo’lishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va tuzilishiga qarab zarrachali, cho’tkali va zarracha-cho’tkali bo’ladi.


Joylashishiga qarab, qo’zg’almas (avtomobil harakatlanadi), qo’zg’aluvchan (avtomobil joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo’l bilan boshqariluvchi va avtomat ravishda boshqariluvchi bo’ladi. Zarrachali yuvish jihozida ishchi a’zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi, hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi. CHo’tkali yuvish jihozlarida, tsilindrsimon ustiga shetka o’rnatilgan barabanlar aylanadi va suv sepadi. Ular yengil avtomobil va avtobuslar uchun qo’llaniladi.
Zarra-cho’tkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va cho’tka aylanadi (avtobus, yengil avtomobil va yuk avtomobillari uchun). Qo’zg’almas-yuvish jihozi yuvish postida fundamentga o’rnatilgan bo’ladi. Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shassisiga o’rnatilgan bo’lib, avtomobillarni ASK dan tashqarida yuvish uchun mo’ljallangan. Qo’l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo’l yordamida harakatga keltiriladi. Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan so’ng, fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi. Ko’p funktsiyali jihoz yordamida avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi. G’ildiraklar esa, maxsus jihozlar yordamida (3-rasm) yuviladi.
3-rasm. G’ildiraklarni avtomatik yuvish jihozi: ishchi hajmi 400 l., quvvati 7,2 kVt., kuchlanish 3x400 V.

Avtomobillarni yuvish ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo’l bilan 10-20 min vaqt sarflanadi. Mexanizatsiyani qo’llash natijasida harajatlar yuk avtomobillari va avtobuslarda 1-3 %, yengil avtomobillarda 25-30 % kamayadi.


Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning tashqi o’lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo’lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida konveer yordamida harakatlanadi (4-rasm).


4-rasm. Avtomobillarni yuvish konveeri shakli (konveerning harakatlanish tezligi 3...4 m/min).


Avtomobillarni qo’l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo’lib (vodoprovod,

suv bosimi 0.2-0.4 MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos, qurilma va sepgichlardan(5-rasm) foydalanadi. (SHlangada qo’l bilan yuvish moslamasi(M-107)dagi suv bosimi 2.2 MPa ni tashkil etadi. TSKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40 lmin ni tashkil etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi). Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi. Yengil va yuk avtomobillarni yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200 l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi. Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi.Avtomobillarni har qanday yuvish turini qo’llanganda kuzovning sirti oz bo’lsa ham shikastlanadi. Quyidagi rasmlarda (6-rasm)) turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish darajalari aks ettirilgan.






5-rasm. Qo’l bilan yuvishda ishlatiladigan suv sepgich (maksimal bosimi 160 Bar, suv sarfi 20 l/min; suvning maksimal harorat 60 C°).



a) b) v)
6-rasm. Turli usullarda yuvilgan sirtlarning shikastlanish shakli: a-artish materiali tagiga qattiq zarracha tushib qolgan holat; b-artish materiali yaxshi tozalanmay ishqalangan holat; v-25 marta avtomat ravishda yuvilgan yuza holati.
ASK larda avtomobillarni yuvishda va ustaxonalarda ishlatilgan suvni tozalash, undan qayta foydalanish va sanitariya talablariga rioya qilgan holda kanalizatsiya tizimiga oqizish muhim rol o’ynaydi. Ishlatilgan suv kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun ATK larda loy tindirgich va moybenzintutgichlardan foydalaniladi. Loytindirgichning oddiy turi 7-rasmda ko’rsatilgan.
Avtomobillarni yuvish postidagi quvur(3) orqali suv, maxsus idish(2)ga oqib tushadi. qattiq va og’ir zarrachalar loytindirgichga tushib, tezligini yo’qotadi va tindirgich tubida to’planadi. Tindirilgan suv quvur(5) orqali 6-moybenzintutgich(6)ga oqib tushadi.








7-rasm. Loytindirgich

8-rasm. Moybenzintutgich: a) Ishlash sxemasi;




b)Moybenzin aralashmasini ajratish.


Loytindirgichda to’plangan loyqa siqilgan havo yordamida tozalab tashlanadi. Elektromexanik uzatmali qopqoq(9) ochilib, to’plangan loyqa idish(7)ga tushadi. SHundan so’ng, qopqoq berkilib, quvur(1) orqali (suyuq loyqa hosil qilish uchun) idishga suv beriladi. So’ngra quvur(8) orqali 0,4 MPa dan kam bo’lmagan bosim bilan siqilgan havo yuboriladi. Idishda to’plangan loy, quvuri(4, 150 mm)dan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo’natish uchun) tushiriladi. Loytindirgichda to’planadigan loyqani vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun diafragmali nasosdan foydalaniladi. Bu loyni haydovchi nasos, injektorli yoki pnevmatik turda bo’lishi mumkin.7.8-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga tindirilgan suv loytindirgichdan quvur(1) orqali qalpoq(2) ostiga quyilib, quduq(3)ni to’ldiradi (bu jarayon suv to’kkich(4)ning yuqori qirrasigacha suv to’lguncha amalga oshiriladi). Suv to’kkichdan suv toshib chiqqandan so’ng, quvur(5) orqali (kanalizatsiya) chiqindi tarmog’iga oqib tushadi. Moy va benzinning solishtirma og’irligi (aralashma uchun o’rtacha 0,85) kichik bo’lgani uchun, aralashma qopqoq(2)ning ustki qismiga to’planib, quduqdagi suv sathidan toshib chiqadi. qopqoq kallagida to’plangan moy va benzin aralashmasi, quvur(6) orqali, idish(7)ga quyiladi. Agar ASK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta’minlanmagan bo’lsa, tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suvni tozalab, qayta foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi o’rnatiladi. Avtomobillarni yuvishda qaytadan foydalanadigan (zarrachalardan tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib, to’zitib) tozalanadi. Bunday qurilma chiqindi suvini sifatli tozalashni ta’minlamaydi, ammo o’rnatish uchun katta maydon talab qiladi. SHuning uchun bundan samaraliroq hisoblangan "KRISTALL" qurilmasidan foydalangan ma’qul. Bu qurilma ishlatilgan suvni turli zarrachalardan, ya’ni qum va neft mahsulotlarinidan tozalashga mo’ljallangan bo’lib, filьtrlash jarayonini tebranuvchi filьtr hisobiga bajaradi. "KRISTALL" qurilmasining asosiy afzalliklari chiqindi



suvlarini sifatli tozalashi, tozalash qurilmalarini ihchamligi va ish unumi bo’yicha ularning turli xillari mavjudligidir.
Avtomobillarni yuvishdan so’ng mexanizatsiya yoki qo’l kuchi bilan quritish-artish ishlari bajariladi. Masalan, yengil avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo purkovchi qurilma yordamida quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar orqali diffuzorga so’riladi, u kuzovning ko’ndalang qismi tekisligiga nisbatan 65 grad. qiyalikda joylashgan bo’ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig’ichsimon purkab turadi. qurilmaga vaqt relesi o’rnatilgan bo’lib, u shabadalatgichni o’chirib-yoqib turish uchun xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt/soat bo’lib, elektromotorning quvvati 22.5 kvt.ni tashkil etadi.
Zanglash, avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning ko’rinmas bo’shliqlarida tomchilar paydo bo’lishi va ularning yig’ilishi natijasida hosil bo’ladi. Qish paytlarida sirpanchiqqa qarshi harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning zanglash va chirish jarayonini tezlashtiradi. Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi ishlov beriladi.
Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo’lib ular zanglash jarayonini sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi turlarga bo’linadilar.

Download 15,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish