3 . Kondensatorlar.
Elektrotexnikada zarur bo‘lgan sig‘imlar bilan ta‘minlash uchun alohida tuzilmalardan foydalaniladi, ya‘ni kondensatorlardan. Ikki temir plastinka orasiga izolyatsiya jism (ya‘ni, dielektrik) o‘rnatilgan qo‘llanma— asbob kondensator deb ataladi. Plastinkalar kondensatorning qoplamasi deyiladi. Agarda plastinkalar har xil qutbli elektr toki manbaiga ulansa, u holda kondensatorda har xil belgili elektr zaryadlari hosil bo‘lib, ular bir-biriga tortiladi. Zaryadlar uzoq vaqt qoplamalarda saqlanib qoladi. Bu zaryadlar manbadan o‘chirilgan holda ham uzoq saqlanishi mumkin . Shunday qilib , kondensatorlar elektr energiyasini saqlovchi hisoblanadi. Kondensatorning yuzasi qancha katta bo‘lsa, uning sig‘imi shuncha kata bo‘ladi. Kondensator dielektrigining qalinligi kam bo‘lganda ham , uning sig‘imi katta bo‘lishi mumkin. Uning sig‘imining ko‘p yoki kam bo‘lishi qoplamalar orasidagi izolyatsiya jismga bog‘liq. Izolyatsiya jismlarning kondensator sig‘imiga ta‘siri
jismlarning dielektrik singishiga bog‘liq. Elektrotexnikada havoning dielektrik singish miqdori birga teng deb qabul qilingan. Agarda qoplamalar orasiga havoning o‘rniga boshqa dielektrik joylashtirilsa, u holda dielektrik singishi kondensatorning sig‘imi bir necha marta oshganini bildiradi. Dielektrik singishni yunoncha ε (epsilon) bilan belgilash qabul qilingan. Elektrotexnikada doimo qo‘llanadigan izolyatsiya jismlarning dielektrik singishi 1-jadvalda keltirilgan.
Izolatsiya jismlarining dielektrik singishi
Dielektrik
|
Dielektrik singishi, ε
|
Havo
|
I
|
Parafin
|
2,1÷2,3
|
Transformator
|
2,0÷2,5
|
Pres
|
2,5÷ 4
|
Qog‘oz
|
3÷3,5
|
Slyuda
|
4÷ 7,5
|
Shisha
|
5,5 ÷10
|
Marmar
|
8,3
|
Rezina
|
3,5
|
Ko‘p jismlarning dielektrik sig‘imi namlik va haroratga qarab o‘zgarishi mumkin. Kondensatorning qoplamasida yig‘ilgan elektr zaryadlar orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon miqdor bilan ifodalanib, uni elektr maydonning kuchlanganligi deb aytiladi. Agar elektr maydonida elektr bilan zaryadlangn jism joylashgan bo‘lsa, u holda maydon kuch bilan shu jismga ta‘sir etishi jismning elektr zaryadi va jismning joylashgan nuqtasidagi maydon kuchlanganligi miqdoriga proporsional. Shuning uchun elektr maydoni kuchlanganligi zaryadga ta‘sir qiladigan kuch shu zaryadning nisbatiga tengdir. Bu formuladagi elektr maydon kuchlanganligini joul, kulon va metr orqali ifodalanadi.
J
1E = C ∗ m
Bir joulni bir kulonga bo‘linsa, bu bir volt bo‘ladi, u holda kuchlanganlik
V 1E = m
Agarda maydonning kuchlanganligi E- bilan, kondensator qobiqlari (plastinkalari) oralig‘ini l (sm ) desak
, u holda kuchlanganlik:
E = U
l
( V ).
sm
Shunday qilib, kondensator plastinkalarida kuchlanish ortib borishi bilan uning dielektrigida kuchlanganligi ortib boradi. Kondensatorlarda kuchlanganlikni ma‘lum miqdorgacha ko‘p aytirish mumkin . Agarda kuchlanganlik belgilangan miqdordan oshib ketsa, bir qobiqdagi elektr zaryad ikkinchi qobiqga izolyatsiyadan o ‘tib ketishi mumkin . Bunday holda kodensator teshiladi. Kondensatorlar har xil konstruksiyali bo‘ladi.
rasm.Kondensatorning elektr maydoni
Do'stlaringiz bilan baham: |