Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet82/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Chtets - adabiy janr ijrochisi

Chtets - rus estradasida adabiy asarlarni ijro qiluvchi aktyor hisoblanadi. U asosan, konsertlar mavzusiga mos she’rlar ijrosi bilan tomosha g'oyasiniochishga xizmat qiladi. Shuningdek, chtets-aktyor o‘zi tuzgan she’riy yoki nasriy kompozitsiyalari bilan adabiy kecha - bir aktyor teatrining spektaklini yaratgan.
Ba’zi spektakllar qo'g'irchoq bilan savol-javob, ya’ni dialogga qurilgan. Qo‘g‘irchoqni ham aktyor o‘zi boshqargani uchun ushbu shakl bit aktyor teatri maqomini olgan. Bunday tomosha - spektakllarda aktyor teatrning barcha jihozlaridan - chiroq, musiqa. rekvizit, dekoratsiya, kostyum, grimdan foydalanib badiiy yaxlit spektakl yarata olgan.
«Bir aktyor teatri» darajasidagi ijro mahorati o’zining qadimiy tarixiga ega. Har bir xalq orasida ertakchilar, hangoma aytuvchiiar. aqinlar, baxshilar azaldan yakka o‘zi soz, qo’shiq, uyg'unligida bir kecha davomida tomosha - spektakl ko'rsata olgan. Shu an’anani davom ettirganlar keyinchalik «Bir aktyor teatri» maqomini oldi. Agar bunday aktyor konsertda qatnashsa, u chtets - adabiy janr ijrochisi deb e'lon qilgan.

    1. Arlekin - quvnoq xizmatkor obrazi

Arlekin - ilk Italiya komediyalaridagi bo‘shashgan, lapashang bo‘lib, keyingi tomoshalarda quvnoq. zukko xizmatkorga aylandi. Komediyalarda ilk bor qatnashgan Arlekin - yamoq va isqirt kiyimda ko‘rsatilgan. Chunki, o‘z xo‘jayinining qurumsoq va kambag’al ekanini ifodalashi uchun yamoqlarni rangli matolardan parcha - parcha qilib tikib olgan. Arlekin o‘ziningbo‘shangligi va lapashangligi bilan komediya janri syujetini chalkashtirishga, voqealarni keskinlashtirishga xizmat qilgan.
XVII asrning o'rtalarida kelib Arleklin chaqqon, zukko xizmatkorga aylandi. U komediyalardagi asosiy xizmatkor bo‘lib, voqealar rivoji uning ishtirokida boshqarilib borilgan. Kostyumi qizil, sariq va yashil yamoqlarning tartibli tuzilishidan iborat maxsus Arlekin kiyimiga aylangan. Fransiyadagi tomoshalarda qatnashgan Arlekin yuksak tuyg'ular bilan birga qayg'uli sahnalarda ko'z yoshi ham to'ka olgan. Uning ko'z yoshi ikkala ko'zidan otilib chiqishini tomoshabinlar ko‘rib turgan. Ba’zi sahnalarda Arlekin ko'zyoshlarini qo’liga to'plab turishi tomoshobinlarga o'ziga xos ta’sir o'tkazgan.
Arlekin tomoshabinlaming sevimli qahramoniga aylanganidan so‘ng, uni ijro qiladigan aktyorlar konsertlarga taklif qilindi. Konferanselar sahnada paydo bo'ladigan rangdor kostyumli Arlekinni katta hurmat bilan tomoshabinlarga tanishtirdilar.
XIX asrga kelib komediya qahramoni Arlekin sevgi bobida xo'jayini Peroning raqobatchisiga aylandi. Sho'x, kelishgan, zukko xizmatkor Arlekinga endi Peroga oshiq bo'lgan qizlar ham e’tibor bera boshladi. Bundan ilhomlangan Arlekin g'aroyib tomoshalar ko'rsatib, komediya syujetini yanada keskinlashtirishga xizmat qildi.
Kelishgan, zukko xizmatkor Arlekin - konsertlarning ham faol ishtirokchisiga aylanib, mashhur komediyalardan olingan parchalarda qo'shiq aytish va raqsga tushishda mohir ijrochi ekanligini namoyish qilar edi. Bu o'z navbatida estrada san’atining yanada yuqoriroq bosqichga ko'tarilishiga xizmat qildi.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish