Kloun - inglizcha «qo'pol erkak» ma’nosini anglatib. ikki ma’noda qo'llaniladi. Birinchisi, ingliz dramaturglari asarlarida XVII asrdan boshlabqishloqi. qo'pol hazil qiladigan erkak - «kloun» obrazi paydo bo'lgan. Uning yurish turishi. o'zini tutishi, qo'pol hazillari shaharliklarda kulgi uyg'otgan. Mualliflar klounlar dialogiga iloji boricha qo'pol - to'pori hazillarni berishardi. U, hatto xo'jayinlari ustidan ham kula olardi. XVII asrga kelib kloun ba’zi asarlardagina qoldi. XVIII asrga kelib hazil-mutoyiba nomerlardagina kloun ko'rsatiladi. Chunki u pantomima nomerlari qahramoniga aylangan edi.
Ikkinchisi sirk artisti ma’nosida ishlatiladi. U arenada hazil- mutoibali bo'rttirilgan nomerlar ko'rsatadi. Kloun sirk nomerlarini bir-biriga ulab berib, yaxlit tomosha paydo bo'lishiga xizmat qilgan. Bu borada estrada o'z konsertlaridagi konferanseni sirk klounlaridan namuna qilib olgan, deyish mumkin. Arena ishchilari keyingi nomerga jihozlarni tayyorlayotganida kloun tomoshabinlarga o‘z nomerini ko'rsatadi. Kluonlar mahorati ular tayyorlagan nomerlarda ko'rinadi. Masalan: buffonada, ya’ni bo'rttirib ko'rsatiladigan nomer; inim yoki pantomima - so'zsiz nomerlar; so'zga qurilgan masxarabozlik; musiqali nomerlar; akrobatik nomerlar; hatto hayvon o‘rgatuvchilar bilan barcha kloun qatnashishi mumkin bo'lgan. Sirk nomerlari namoyishi davomida kloun o‘zining naqadar serqirra aktyor ekanligini namoyish qila olgan. Bu borada ham estradadagi konferanselar klounlarga havas qilsa ajab emas.
Klounada - masxarabozlik janri
Rimliklar II—III asrlarda sirk uchun maxsus qurgan binolar vayron bo'ldi. unutildi. 1780-yilga kelib Londonda ilk bor sirk uchun maxsus bino qurildi. Bu tomoshada o'rgatilgan otlar nomeri bilan birga kloun qatnashdi. Otlar bilan ko'rsatilgan nomerlardagi chaqqonlikka teskarisi bo'lgan to'porilik kloun qiliqlari orqali sirklarga klounada masxarabozlik janrini olib kirdi. Ularning vazifasi keyingi sirk nomerlariga arenani sozlab bo'lguncha tomoshabinlarni kuldirib turish edi. Bu chiqishlar tomoshabinlarga shu qadar ma’qul bo'lib. ular endi sirkni klounsiz - ularning klounada nomerlarisiz tasavvur qilolmay qoldi.
Sirklarda klounada bo'yicha shunday qobiliyat egalari paydo bo'ldiki. ular o'zlarining serqirra nomerlari bilan tomoshabinlarni ham kuldirib, ham hayratga sola boshladilar. Klounada ijrochilari - aktyorlar uch yo'nalishda ijod qildilar. Ular - avgust, beliy kloun va rijiy kloun deb ataldi. Bu nomlar va ularning nomerlari sirk arenasidan estrada sahnasiga ham kirib keldi hamda tomoshabinlarning sevimli qahramonlari bo'lib qoldi.