Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet36/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Beruniy - chechanlik haqida

Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o'zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo'lishi va tarmoqlanib ko'payishi haqida so'z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uning fikricha. grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o'z tuzilishi, materialiga ko'ra rostini ham, yolg'onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko'plab munozaralarga sabab bo'ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg'ondan ajratadigan «mezonani yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o'rinlar sezilsa. ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o'rganmasdan, uni malomat qilganlarga hayron qoladi va ularga achinib: «Agar a dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog'lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika)ni mutolaa qilganida edi, so'zning (nutq) nasr va nazmga
ajralishini bilgan bo'lardi»,' deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr. nazm ko'rinishi borligini ta’kidlamoqda. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi. Nasr nahv qonun-qoidalari, nazm - aruz talablariga binoan tuziladi. Aruzga qaraganda nahvning ta’sir doirasi keng, u nasr uchun ham, nazm uchun ham zarur. Beruniy yozadi: «Nahv - nasrda va aruz - nazmda aytilgan so ‘z me 'yorining о 'lehovi va xatosini tuzatuvchi aniq ikkita mezon bo'lib qoldi, lekin nahv bular ikkisining umumiyrog'idir, chunki и nasrni ham, nazmni ham birgalikda o'z ichiga qamrab oladi». «Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalanish zarur bo'ladi. Ularning birontasiga ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi» (O‘sha asar, 64-bet).
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, shakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham, nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir.
Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosida ham «mukammallik» komil inson ma’nosida qo'llaniladi. Beruniy juda ko'p tillarni bilgan. U tabiiy fanlar bilan bir qatorda falsafa, adabiyot. axloq muammolari bilan maxsus shug'ullangan, turli xalqlarning urf- odatlarini chuqur o‘rgangan. Uning «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya» kabi asarlari komil inson aql-zakovati, ma’rifatining yorqin ko‘zgusidir.
Abu Rayhon Beruniy nafosat haqidagi qarashlarida voqea- hodisalarning o‘zaro bog'liqligi va aloqadorlik manbai hamohanglik va uyg'unlikdir, deb ko'rsatadi. Beruniy har qanday harakat va undan hosil bo'ladigan natijalar moddaga taalluqlidir, uning o‘zi narsalar, voqea-hodisalarni bir-biriga bog'laydi va ularning shakllarini o'zgartirib turadi, demak, birlamchi moddaning o‘zi esa yaratuvchiga muhtojdir, degan fikrni ilgari
1 Beruniy. Tanlangan asarlar. Ill tom. -T/: 1992. 64-bet
109
suradi. Beruniy estetik qarashlarida nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan hamohanglik ayrim hodisalarga ham tatbiq etilgan bo‘lib. go‘zallik tabiat va insonga xos bo'lgan kamolot, yetuklik sifati darajasida baholangan. Beruniyning fikricha, hech niniaga muhtoj bo'lmagan narsalarni yetuk, mukammal deyish mumkin.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish