Tomoshalar tarixi о zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim vazirligi 5210300 aktyorlik san'ati



Download 0,91 Mb.
bet108/126
Sana08.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#536131
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
Bog'liq
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi (M.Umarov)

Bir qo'shiqchi teatri

Moskva GITISining «Estrada san’ati» bo'limini XX asrning 80-yillarida tugatgan A,B.Pugachyova «Bir qo'shiqchi teatri» tushunchasini rus estradasiga olib kirdi. O'z qo‘shiqlari bilan el hurmatiga sazovor bo'lgan bu aktrisa repertuaridagi estrada qo'shiqlarini mazmunan jamlab, ularning ma’nosi va g'oyasini dekoratsiyalarda, jihozlarda, kostyumlarda, ranglar hamda nur yordamida ifodalab, «badiiy yaxlit tomosha» yaratdi. Xonanda estrada rejissurasining barcha unsurlariga amal qilib, g'oyaviy, badiiy, obrazli kompozitsyaning yuqori saviyadagi namunasi bo'lgani uchun «Bir qo'shiqchi teatri muallifi» nomini oldi.
Avvalari ham qo'shiqchi yubileyiga bag'ishlangan teatrlashgan ijodiy kecha - konsertlarning klassik namunalardagi shakli mavjud edi. A.B.Pugachyova estrada aktyorlarining pirovard maqsadi shaxsiy konsert, yakka chiqish dasturiga va afishasiga ega bo'lish ekanligini anglab yetdi. Bu yo'nalishda o'zi amaliy namuna bo'lib, «qo'shiqchi o'z yubileyidagina shaxsiy konsertini namoyish qiladi», degan tushunchani o'zgartirdi. Estrada qo'shiqchisi tematik jihatdan jamlangan «Bir qo'shiqchi teatri» konsert-spektakilini har yili namoyish qilishi mumkinligini amalda isbotladi
XV BOB. XX ASR M1LLJY MUSIQ1Y TOMOSHALAR1

    1. O'zbeklarning kichik shakldagi musiqali tomoshalari

0‘zbek xalqining an’anaviy musiqa, tomosha va so'z san’ati sarchashmalari miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadim zamonlardayoq O'zbekiston zaminida yashagan xalqlar yuksak darajada taraqqiy topgan madaniy an’analar sohiblari bo‘!ib kelganlar. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan sozanda va raqqosalarning haykalchalari, tasviriy san’at namunalarida ifodalangan musiqa cholg'u asboblari. asrlar osha bizgacha yetib kelgan xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari, xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot asarlari. ilmiy va tarixiy manbalar va asori-atiqalar kichik shakldagi tomoshalar qadimiy ekanligidan yorqin dalolat beradi.
O'zbek musiqa san’atida ham, adabiyot va tasviriy san’at sohalarida bo'lgani kabi «musiqali drama», «musiqali komediya», «operetta», «opera», «balet», «simfoniya», «konsert», «romans» kabi yirik shakldagi musiqiy tomoshalar turlari ijobiy o'zlashtirilib olingan. Mazkur sohalarning deyarli har birida milliy ruh bilan sug'orilgan va ayni chog'da umuminsoniy qadriyatlar qatoridan o‘rin olishga qodir bo'lgan asarlar yaratilgan va ular ota- bobolarimizdan meros bo'lib asrlar osha kelayotgan kichik shakldagi an’anaviy musiqa boyliklarimiz bilan bir qatorda mushtarak o'zbek musiqa madaniyatini tashkil qiladi. Ana shu sertarmoq musiqa madaniyatimiz majmuida musiqali drama va musiqali komediya janrlarining o'ziga yarasha o'rni va salohiyati mavjud.
O'rta Osiyo qadim-qadim zamonlardan «Xalq teatri» va raqs san’atining ildizlari rivoj topgani to'g'risida teatrshunos- olimlardan M.Rahmonovning «O'zbek teatri tarixi». T.Obidov- ning «An’anaviy o'zbek sirk san’ati», L.Avdeyevaning «Танце­вальное искусство Узбекистана». R.Karimovaning «O'zbek xalq raqs san’ati», M.Qodirovning «O'zbek xalq tomosha san’ati» va «O'zbek qo'g'irchoq teatri» nomli kitoblarida mukammal ravishda turli va keng ma’lumotlar berilgan. Turkiston xalqlarining musiqa madaniyati va boshqa san’atlari rivojlanishi bosqinchilarning madaniyati va san'atidan yuqori turar edi. Bu kurashlar haqida, ayniqsa, turli afsonalar va qahramonlik dostonlarda turkiy xalqlarning o‘z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor janglar, qahramonlar jasoratlari so'z va musiqa san’atlarida ifodalangan. Bizga qadar yetib kelgan so‘z san’atining durdonasi bo'lmish xalq qahramonlik dostonlarida esa vatanparvarlik va bahodirlik motivlari kuylanib. chet el bosqinchilariga qarshi kurash voqealari zaminida Shiroq, To'maris, Zarina, Rustam va Siyovush kabi o‘lmas qahramonlar obrazlari yaratildi. Xalq turli janrdagi musiqa, qo'shiq, lirik ashulalarida o'zining mehnati va istirohatini, shodligi va qayg'usini, yil fasllari va tabiatga munosabatini tasvirladi. Yil fasllari va turli marosimlarga bag'ishlangan tomosha-o'yinlar, bayramlar va bularga bag'ishlangan musiqa va raqslarni yaratdilar. Mana shunday sharoitda, qadim-qadim zamonlardan an’anaga aylanib ketgan: «qiziqchi» (masxaraboz). «askiya», «mim» (taqlid), «qo'g'irchoq o'yini» kabi xalq teatrlari xonlarning amaldorlari va ayrim diniy arboblar tomonidan taqiqlanishiga qaramasdan, samarali ijodiy ish olib borar edilar.
Musiqa «xalq teatri»da muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, masxaraboz, qiziqchi va qo'g'irchoq tomoshalarida ishtirok etuvchi artistlar, o'zbek xalq terma, aytishuv, lapar, yalla, qo'shiq va turli cholg'u kuylaridan keng foydlanganlar. Ushbu musiqalar asar voqealariga bevosita aloqador bo‘lmasa-da, obrazga kirish uchun aktyorlarga yordam bergan va tomoshaning zavq ta’sirini kuchaytirgan. Tomosha boshlanishidan avval xaloyiqni to'plashda karnay. surnay, nog'ora, doira kabi cholg'u asboblardan tashkil topgan sozandalar to'dasi doimo ishtirok etgan. «Xalq teatri» aktyorlari o'z kasbining ustasi bo'lishlari bilan birga, so'z, musiqa va raqs san'atini ham yaxshi bilganlar. Shuning uchun bu senkritik aktyorlar. pyesa-lavhadagi yoki farsdagi ijobiy yoki salbiy timsol (obraz)ning ichki va sirtqi qiyofasini ochib berishda, xarakterini yaratishda yoki talqin qilishda, o'zlarining aql- irodalari bilan ko'rsatilayotgan tomoshaning zavq baxsh etuvchi ta’sir kuchini uyg'unlashtirishga harakat qilar edilar. To'g'ri, - deb yozadi teatrshunos M.Rahmonov, - qiziqchilik teatrining

komediya va fars kabi sahna asarlarini yaratishi va ularning xalq o'rtasida o‘ynalishi primitiv holda bo'lsa ham obrazlar, tiplar, xarakterlar yaratishi, so‘zlarni harakatda berish, shaxs qiyofasiga kirish, teatr kiyimlaridan, grim, maskalardan foydalanish, o'ynala- digan asarlarda uchdan o‘n beshgacha artistlar qatnashishi kabi Ovro‘po teatridagi ba’zi bir elementlar bo'lsa ham, «qiziqchilik teatriwning Yevropa usulidagi professional teatrdan shaklan tuzilishda va sahna bezaklarida juda katta farqi bor edi». Tomo- sha ko'rsatish davrida aktyorlar «tanqid» va «taqlid yoki muqal- lid» qiluvchi ikki guruhga bo‘linib, savol va javob orqali, qisqa- qisqa dialog-muzokaraga muhim ahamiyat berar edilar. Bunday masxaraboz-qiziqchi aktyorlar hunar vazifasi (ampulasi) juda keng edi. Ular mohirona dialog, monolog, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, turli jismoniy harakat (akrobat), ya’ni muallaqchilik san’atiaridan keng ravishda foydalanganlar.
0‘zbek «xalq teatriwda, asosan, yozma dramaturgiya bo‘lmasa ham, lekin bunday teatr san’atkorlari tarixni va o‘z davrlaridagi xalq hayotini, jamiyatdagi va ayrim jamoalardagi muammo va ikir-chikirlarni yaxshi o‘rganib, hayotdagi ayrim shaxslar, amaldorlar, mullalar, boylar, mirshablar, attorchilar, zargarlar, muallimlar, savdogarlar, dallollar va boshqa kasb egalarining nuqsonlarini, nojo'ya xatti-harakatlarini, nayrangbozlik va tovlamachiliklarini fosh qilishga harakat qilar edilar. A.L.Tro- itskaya «Из истории народного театра и цирка в Узбекистане» nomli maqolasida G'afurjon Toshmatov, Ismat qori, Ibrohim Teshaboyev, Aka-Buxor, ayniqsa, Yusufjon qiziq Shakarjonov- lardan, qiziqchilik teatrining tuzilishi, repertuari. boshqarish va moliyaviy faoliyatlarini yoritgan. Shu maqolada teatr repertuarlaridan quyidagi farslarning mazmuni haqida yozadi: «Mudarris», «Zarkokil», «Duxtarbozlik», «Attorlik», «Murob», «Ketmon yoki xotin janjali», «Hammom», «O‘lik sotdi», «Eshak», «To'g'on», «Tol sotti», «Xum o‘g‘risi», «Er bo'lish» va boshqalar.
Bunday «xalq teatri» qadim zamonlardan Oktyabr to‘ntarilishi- gacha, o‘zbek xotin-qizlar davralarida ham mavjud bo'lgan. Xotin- qizlar «Xalq teatri»ning tarixiy yo‘nalishi. mashhur ijrochilari va repertuarlari to'g'risida teatrshunos olim M.Qodirov «Женский народний театр Узбекистана» nomli kitobida mukammal yoritgan. Ularning repertuarlarida ijtimoiy-iqtisodiy va oilaviy mavzular o‘z aksini topgan. Masalan, «Ari». «Loy sovun», «Podachi», «Go‘ng», «Kundoshlik». «Qaynona va kelin janjali». «Charx», «Kelin salom» kabi farslar shular jumlasidandir.


    1. Download 0,91 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish