Tolipov Jasurbekning “Tarixiy geografiya“


MT24_1917-1924-YILLAR O’RTA OSIYONING TARIXIY GEOGRAFIYASI



Download 470,31 Kb.
bet30/36
Sana18.07.2022
Hajmi470,31 Kb.
#823097
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Tolipov Jasurbek Tarixiy Geografiya-2

MT24_1917-1924-YILLAR O’RTA OSIYONING TARIXIY GEOGRAFIYASI.
REJA:

  1. 1917 yil oktyabr davlat to`ntarilishining Turkistonga ta`siri.

  2. TASSR ning tashkil topishi va uning geografiyasi

  3. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi

  4. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi

1918 yil 20 aprelda Toshkentda sovetlaming V o'lka s’ezdi ish boshladi. 1918 yil 30 aprelda s’ezd „Turkiston Sovet Federativ Respublikasi to'g'risida Nizom" ni qabul qildi. Bu nizomga ko'ra Turkiston o'lkasining hududi „Rossiya Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi" deb e’lon qilindi. Uning tarkibiga Turkistonning barcha hududi o'zining geografik chegarasi bilan kiritildi. Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston respublikasi muxtoriyat tarzida boshqarilib o'zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e’tirof qilar edi.
Rossiya bilan o'zaro munosabatlarini belgilash uchun s’ezd 5 k^hidan iborat komissiyani sayladi. o’ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ - Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasini (TurkMIQ) 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIQ a’zolaridan 18 kishi bolsheviklardan, 18 kishi eserlardan edi. A’zolar orasida mazkur partiyalarga mansub bo'lgan mahalliy millat vakillaridan - H.Ibrohimov, D.Mirzaboyev, A.Sh.Sharafutdinov, O.Yusupov, Q.Otaboyev va boshqalarbor edi. Biroq ular ozchilikni tashldl etardi. MIQ raisi qilib P.A. Kobozev, ikkinchi rais qihb bolshevik A.F.Solkin saylandi. Tub aholi vakillari bo'lmagan kishilar MIQ rahbarlari qihb saylangan edi.
S’ezdda F.I.Kolesov boshchihgidagi 14 kishidan iborat xalq komissarlari kengashi ham (7 kishi bolshevikdan va 7 kishi so'l eserlardan) saylandi. Turkiston hukumati tarkibiga birinchi marta mahalliy millat vakillari O.Tursunxo‘jayev, X.Ibrohimov va Ashurxo‘jayev ham saylandi. S’ezdda saylangan 14 xalq komissarlaridan tashqari yana 2 xalq komissari - temir yo‘llar hamda pochta va telegraf komissarlari saylandi. Shunday qilib, Turkiston Respublikasi hukumatining a’zolari qilib hammasi bo‘lib 16 kishi saylandi, ulardan faqat uch kishi mahalliy aholi vakillari edi. Holbuki, mahalliy aholi o‘lka aholisining 95 foizini tashkil etardi.
Shu tariqa, Moskvaning ko‘rsatmasi bilan Turkistonni sovet muxtor respublikasi deb e’lon qilgan sovetlarning V o‘lka s’ezdiga qadar bo‘lganidek, ko‘p millionli mahalliy aholi vakfflaridan o‘lkani boshqarishda ishtirok etishi arzimas darajada qolaverdi. Awalgidek Turkistonni mahalliy aholi vakillari bo‘lmagan, bolsheviklar va so‘l eserlar partiyalariga mansub ishchilar, soldatlar, ziyolilardan chiqqan tor doira vakillari boshqarishni davom ettirdi. Ular o‘zlari xohlagan tarzda, Markaz manfaatlarini hisobga olgan holda o‘lka xalqlari taqdirini hal qila boshladilar.
1917-1920 yillar faqat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Xiva va Buxoro xalqlari uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo‘ldi.
1917 yilning boshlarida O`rta Osiyo xonliklari Rossiya protektorati ostida edi. O`sha yili sodir bo‘lgan fevral inqilobi natijasida chor samodeijaviyesi ag‘darilib, Buxoro va Xivada esa amirlik va xonlik tuzumi saqlanib qoldi. Chorizmga vassal bo‘lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ko'rinishidan mustaqil davlatlar bo‘lsa-da, ular aslida o‘z mustaqilligini yo‘qotgan va amalda chorizmning mustamlakasiga aylangan edilar.
Xiva xonligida ham ahvol murakkab bo‘ldi. Asfandiyorxon o‘z hokimiyatining mamlakatda keskin tus olgan siyosiy vaziyatga qarshi kurash olib borish uchun zaifligini his qilib, 1918 yil 22 yanvarda Junaidxonga xonlikni biigalikada boshqarish va bolsheviklaiga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Junaidxon 1917 yil sentyabrda Erondan Xivaga qaytib keldi. Asfandiyorxon poytaxtga yetib kelgan Junaidxonni qo‘shinlar qo'mondoni (sardori karim) qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni to‘laligicha unga topshirdi.
Biroq Asfandiyorxon taxt tepasida ko‘p o‘tirmadi. Oradan ko'p o'tmay u o'zining bir necha yaqin kishilari bilan birga Junaidxonning ko'rsatmasiga muvofiq o‘ld irildi. Junaidxon taxtni egallamadi, aksincha, an’anaga sodiq qolgan holda, taxtga (marhum xonning akasi) Said Abdulloxonni o'tqazdi, o'zi esa haqiqatda mamlakatning hukmdori bo‘lib qolaverdi.
Turkiston Avtonom Respublikasi, xususan, uning Amudaryo bo'linii bilan Junaidxon o'rtasida qurolli to‘qnashuv muttasil kuchayib bordi. Turkiston Avtonom Respublikasi va uning Amudaryo bo‘limi Xiva xonligining ichki ishlariga doimiy aralashib, u yerga Naumov, Leyggold, Kanoplyov va boshqalar boshchiligidagi jazo otryadlarini yuborib turdilar. Mamlakatning tinch aholisini esa muttasil taladilar. Sovet Turkistoni ayrim rahbarlari bu bilan cheklanmasdan mustaqil Xiva xonligiga bevosita qurolli hujum qilish va uni TASSRga qo'shib olish rejalarini o‘ylab yurardilar.
1919 yil 22 dekabrda Turkkomissiya direktivasiga binoa Turkkomissiya va Turkfront vakili Skalov va Amudaryo qo'shinlari guruhi qo‘shininning qo‘mondoni Shcherbakov Xiva xonligi hududiga „uning qo‘zg‘olon ko'targan xalqiga yordam ko‘rsatish uchun" bostirib kirish to‘g‘risida buyruq berdilar. Amudaryo (Xiva) qo 'hinlari guruhining qismlari ikki otryadga: N.A.Shaydakov uiondonligidagi shimoliy va N.M.Shcherbakov qo'mondonligidagi janubiy otryadlarga bo'lindi. 23 dekabrda sovet qo'shinlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi. Janubiy otryad tarkibida xivalik qochoqlardan (yosh xivaliklar, kommunistlar va hokazolar) tashkil topgan ko'ngilli otryad ham kurashdi. Sovet qo'shinlari ilgarilab borgan sari ularga turkman va o‘zbek aholisidan tashkil topgan qo'zg'olonchilar otryad lari qo'shilaver- dilar. 28 dekabrda ularga Guchmamadxon Yaxshigeldi, Murodbaxshi, G'ulomah otryadlari qo'shildi. Tez orada xivalik qo'zg'o- lonchilaming umumiy soni 3 ming kishiga yetdi. Sovet qo'shinlari Junaidxon qo'shilmalari qarshiligini yengib, qo'zg'olonchilar otryadlari bilan birgalikda Ko'hna Urganch, Eminqal’a, Porsu, llyali, Toshhovuzni qo'lga kiritdi. Qizil armiya qismlari va qo'zg‘olonchilar otryadlari 1920 yil yanvarning ikkinchi yarmida Junaidxon qo‘shinlariga G'ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1 fevralda shahaiga jangsiz kirdilar.
1920 yil 27-30 aprelda Xivada bo‘lib o'tgan xalq vakillarinig I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e’lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qildi. Qurultoy Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Muvaqqat Konsti- tusiyasini qabul etdi. Qurultoy ro‘y bergan to'ntarilishni va uning natijasida o‘matilgan tuzumni antimonarxistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo‘lgan tuzum sifatida aks ettirdi. Ayni vaqtda Konstitusiyada RSFSRning hokirmyat shakli bo'lgan sovetandozasi qabul qiUndi, lekin Xorazmdagi sovetlar o‘z mazmuniga ko‘ra proletar diktaturasini ifoda etmasdi, u demokratik xususiyatga ega edi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a’zosi bo‘lgan Polvonmyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug'lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi. Qizil askar nayzalari yordamida o‘matilgan bu tuzumni o‘z kuchlari bilan saqlab va mustahkamlab bo'lmasligini yaxshi tushungan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi rahbarlari RSFSRning ko'magiga umid qilishga intildi. 1920 yil 13 sentyabrda RSFSR bilan XXSR o‘rtasida Ittifoq shartnomasi, shuningdek, harbiy-siyosiy va iqtisodiy bitimlartuzildi. Bu hujjatlar, bir tomondan mamlakatdagi to'ntarilish natijasida o'rnatilgan tuzumni mustahkamlashga yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning RSFSRga to‘liq qaramligini qonunlashtirdi.
Buxoro amirligidagi voqealar ham aynan shunga o‘xshash asosda xotima topdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqarilgan rejaga asosan 1920 yil 23 avgustda kommunist Beshim Sardor qo'mondonligidagi turkmanlar polki Sakami egalladi, keyin qizil armiya qismlanning qo‘llab-quvvatlashi bilan 29 avgust erta tongda Eski Choijo‘yni bosib oldi. Shundan so‘ng Beshim Sardor boshchiligida inqilobiy qo'mita tashkil qilindi. Choijo'y inqilobiy qo‘mitasi oldindan kelishilgandek, o‘sha kuniyoq sovet hukumatiga yordam so‘rab murojaat qildi. O`sha kuniyoq ilgaridan tayyorlab qo'yilgan sovet qo‘shinlariga tegishli ko‘rsatmalar yuborildi. „Qo'zg'olon ko'targan Buxoro xalqi“ ga yordam ko‘rsatishga kirishish to‘g‘risida Turkfront bo‘yicha buyruq berildi.
Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo'shinlari 1920 yil 28 avgustdan 29 avgustga o'tar kechasi buxorolik “inqilobiy tuzilmalar“ ishtirokida amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, Shahrisabzni bosib olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashib qoldilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qo'shinlarining qat’iy qarshiligiga duch keldilar. Turkfront qo'mondonligi buyrug‘i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to‘plar va bronepoyezdlardan turib qattiq o'qqa tutildi. Amirlik poytaxti ostidagi janglar 4 kecha-kunduz davom etib, 1920 yilning 2 sentyabrida amirlikning so‘nggi tayanchi — Ark mag‘lub bo'ldi.
Amirlik poytaxti bosib olingandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasi ixtiyoriga o'tdi. Muvaqqat Inqilobiy qo'mita darhol Turkkomissiya rahbariga ilgaridan tayyorlab qo'yilgan Manifestni e’lon qildi. Unda Buxoro davlati “Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi" deb ko'rsatilgan edi. 1920 yil 11 sentyabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko'pchilik a’zolari F.Xo'jayev boshchiligidagi Buxoro partiyasi tarkibiga kirishdi. 1920 yil 14 sentyabrda Buxoro kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi va Xalq Nozirlar Kengashining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi - oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo'jayev raishgidagi respublika hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi.
1920 yil 6 oktyabrda amiming yozgi saroyi — Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarining I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921 yil 4 martda Moskvada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Sovet Respublikasi kabi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining ham RSFSRga harbiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'lganligini qonun yo‘li bilan mustahkamladi.

Download 470,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish