MT12_EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGINING IQTISODIY VA DEMOGRAFIK GEOGRAFIYASI
REJA:
O’rta Osiyo xalqlari turk xoqonligi davrida.
Eftallar davlati va barham topishi.
Turk xoqonligining hududlari, boshqaruv tizimi va iqtisodiy hayoti.
Turk hoqonligi V asr oxiri VI asr boshlaridan boshlansada, turkiylarning tarixi I. Bichurin, N. Gumilev, V. radlov kabi olimlarning fikrlariga ko`ra bir necha 100 yil qadimiyroqdir. qadimda "Xunlar", "Gunlar" deb atalgan xalqlar turkiy xalqlarning ajdodlari bo`lib ular Evropa va Osiyoning katta qismlarini zabt eta olganlar, "Turk" atamasi to`g'risida turli taxminlar mavjud. Xunlarning bir urug'i o`zlarini bo`ri urug'iga mansub bilib, "Bo`z qurt" deb ataganlar. Boshqa qabilalar ularni mo`g'ulcha "turk-utu" deb atashni qulay bilganlar. Shu qabila uyushmasi son jihatdan oshib borib boshqa qabilalarni ham bo`ysundiradi va keyinroq Turk hoqonligiga asos solinadi. qabila boshlig'i nomi Ashin ham bo`ri ma`nosini berishi aytiladi. Turkiylar to`g'risidagi afsonalarda ham bo`ri ishtiroki ko`p (totemizm).
Yana bir taxminga ko`ra "Turk" atamasi tog' nomidan olingan, kuchli, baquvvat, navqiron ma`nolarini beradi, deyiladi. Ular temir qazib chiqarish bilan shug'ullanganlar. "Turk" so`zi afsonalarga ko`rа Oltoy tog'ining qadimgi nomidir.
V asr oxiri - VI asr boshlariga oid geografik ma`lumotlarga qadimgi xorazm va sog’d yozuvlari kiradi. Bu yozuvlar turli xil xujjatlar (ahdnomalar, nikoh shartnomalari, oldi-sotdi xujjatlari tilxatlar) va So`g’d, Shosh, Turk va Farg’ona xukmdorlari o`rtasidagi yozishmalar hamda xo`jalik xujjatlaridir. Ular Mug’ qal`asidan, Afrosib, Qirg’iziston va sharqiy Turkistondan topilgan.
Mug’ qal`asi dagi yozuvlar 1932 yili Tojikiston Respublikasi Zahmatobod tumani Xayrobod qishlog’idan topilgan. Xujjatlar jami 80 ta bo`lib 74 tasi Qadimgi so`g’d, 1 tasi arab, 3 tasi xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Xujjatlar sovet olimlari tomonidan o`rganilib 1934 yili Leningradda "Sogdiyskiy sbornik" nomi balan birinchi marta e`lon qilingan.
Shunday yozuvlardan yana biri Samarqandda Afrosyob xarobasida topilgan bo`lsa Xitoyning Dun'xuyan va Turfon viloyatlarida, Qozog’istoln va Qirg’iziston qoya tosh yozuvlari topilgan. Topilgan xujjatlarning barchasi, ayniqsa, xo`jalik xujjatlari tarixiy geografiya fani uchun beqiyosdir.
Ilk feodalizm davriga oid tarixiy geografik ma`lumotlarga qadimgi turk manbalari ham kiradi. A) Enisiy bitiklari XVII asr oxiri, XVIII asr boshlarida yashagan rus xaritagraf olimi S.Ch.Remezov tomonidan topilgan. Ma`lumotlar 1884 yil "Sibiriskiy vestnik" jurnalida e`lon qilingan.
B) Mo`g’iliston bitiklari
1. To`nyuquq bitigi Ulan-Batardan 66 km janubi-sharqda Bian Tsoktoda topilgan Ilterish xoqoning maslahatchisi sarkarda To`nyuquqqa baqishlanib 712-716 yillarda yozilgan
2. Qultegin bitigi Bilga xoqonning (716-734 iyl) ukasi Qultegin sharafiga bitilgan. Mo`g’ilistonning Koshо Tsaydan vodiysida Ko`kshun Urxun daryosi bo`yida rus axreolog va etnografi N.M. Yadrintsev tomonidan topilgan.
V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm, So‘g‘diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan. Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayangan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. 563-567-yillarda Eftallar davlati Turk hoqonligi hamda Eron sosoniylarining zarbasiga uchragan va tamomila barbod bo‘lgan. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo‘lgan. Iqtisodiy-savdo munosabatlarining izchil yo‘lga qo‘yilishi mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, chorvachilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq (Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi. O‘rta Osiyo aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona, Sharqiy Turkiston, Xitoy hududlarida foydalanilgan. V-VI asrlarda sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan. Eftallar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Eftallar alifbosi 25 harfdan iborat bo‘lgan. Yozuv chapdan o‘ngga tomon yozilgan. V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan. O‘rta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqit oq t igi va tiniqligi jihatidan Vizantiya shishasidan ustun turgan. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |