MT15_QORAXITOYLAR DAVRI TARIXIY GEOGRAFIYASI REJA: Qoraxitoylar haqida umumiy ma’lumot.
Qoraxitoylar davlati tarixiy geografiyasi.
Qoraxitoylarning muvaffaqiyatsiz yurishlari.
QORAXITOYLAR — kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), O‘rta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga ko‘chib kelgan kidanlarga (16 ming oila) o‘rta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. Qoraxitoylar kelib chiqishi to‘g‘risida fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sibirning tungus aholisiga, boshqalari esa mo‘g‘ullarga mansub deb hisoblaydilar. XII a. o‘rtasi — XIII a. boshlarida 18 yoshga to‘lgan barcha qoraxitoylar Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Elyuy urug‘idan chiqqan gurxonlarning qo‘shinida harbiy xizmatni o‘tashgan. Qoraxitoylarning asosiy qismi Talas va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Qoraxitoylarda patriarxal-urug‘chilik tuzumi qoldiqlari bilan uyg‘unlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor bo‘lgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. Qoraxitoylar buddaviylar bo‘lsa-da, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan. Chingizxonning maslahatchisi Yelyuy Chusay qoraxitoylar orasida bo‘lganida ularning yuksak adabiy fazilatlarga ega dostonini yozib olgan. Keyinchalik qoraxitoylar qo‘shni turkiy xalqlar tarkibiga singib ketishgan. Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida qoraxitoylar qabila-urug‘ nomi uchraydi. Qoraxitoylar moddiy madaniyati obidalari tadqiq etilmagan.1 QORAXITOYLAR DAVLATI - oʻrta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan davlat (taxm.1140-1213). Poytaxti - Chu daryosi boʻyida joylashgan Xusi-orda. Asoschisi - Yelyuy Dashi. U 1124-y. gurxon unvonini qabul qilgan.1125-y. kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shim. ga qochgan. turli qabila jangchilari bilan oʻz qoʻshi-nini toʻldirib Gʻarbga yoʻl olgan va ilgari bu oʻlkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141).2 Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vas-sallaridan soliq olish bilan kifo-yalanganlar. Qoraxitoylar davlatini 2-marta ayollar idora etgan.
Qoraxitoylar davlati Amudaryo va Balxash koʻlidan Kunlun va Beyshan togʻlariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoylar davlatining qulashi moʻgʻullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208-y. ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211-y. Gurxonning asir olinishi bilan bogʻliq boʻlgan. 1218-y. naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan.
1171-1172 yillarda qoraxitoylarning katta qo’shini Xorazmshohning o’lponini o’z vaqtida to’lamayotganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning buyrug’i bilan Sirdaryodagi katta to’g’on buzib tashlandi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu qoraxoniylar qo’shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganch (Urganch) ni talon-taroj qilishdan saqlab qoldi. Lekin qoraxoniylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan keyin Xorazm taxtini uning kichik o’g’li Sultonshoh egallaydi.
Qoraxitoylarning qiyin ahvolga tushib qolganidan foydalangan Xorazmshoh Samarqandni egallab qoraxitoylar ustiga yurish qildi va Talas vodiysida 1210-yilda qoraxitoylar qo’shini ustidan g’alaba qozondi. Bu g’alaba tufayli Muhammad Xorazmshohning ahvoli ancha mustahkamlandi. Samarqand hokimi Usmon Xorazmshohning to’liq vassaliga aylandi va uning kuyovi bo’ldi. Muhammad Xorazmshohning qoraxitoylar bilan birinchi janggi 1207 yili muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi. Sulton 1209 yili navbatdagi o’lpon yig’ish uchun kelgan qoraxitoylar elchisi Tushi olib kelgan yorliqni namoyishkorona yirtib tashlab, uni o’limga mahkum etadi. 1210 yili sentabr oyida Sirdaryo bo’yidagi Ilamish dashtida qoraxitoylar bilan bo’lgan hal qiluvchi jangda esa qoraxitoylar to’liq mag’lubiyatga uchrab, ularning lashkarboshchisi Tayangu o’ldiriladi. Movarounnahr butkul Xorazmshoh qo’liga o’tib, hamma joylarda sadoqatli kishilar hokim etib tayinlandilar. Qoraxoniylar xoni Usmonxon xorazmshohlar vassaliga aylanib, Sultonning qizi Xon-Sultonga uylanadi.1 Qoraxitoylar ustidan qozonilgan g’alaba musulmonlarning «g’ayridinlar» ustidan «buyuk g’alabasi» deb ta’riflanib, sulton farmoniga ko’ra musulmon olamining hamma o’lkalariga bu xususda maxsus xitobnomalar tarqatildi. Mazkur g’alabadan o’ta ruhlangan Sulton Muhammad Xorazmshoh o’ziga «Iskandari Soniy (ikkinchi Iskandar)» va saljuqiylarning buyuk sultoniga taqlid qilib «Sulton Sanjar» unvonlarini oladi. Davlat muhriga esa «zil Allohi fil ard» (Ollohning yerdagi soyasi) deb «kamtarona» yozdirishni buyuradi.2