MT14_TOHIRIYLAR, SOMONIYLAR, QORAXONIYLAR, G`AZNAVIYLAR, SALJUQIYLAR
REJA:
Tohir ibn Husayn davrida tohiriylar davlati.
Movarounnahrda Somoniylar davlatining yuzaga kelishi.
Qoraxoniylar, Gaznaviylar va Saljuqiylar davlatlari haqida umumiy ma’lumot.
IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo'hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kecha-yotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo'zg'oloni (806-810) mazkur o'lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo'lga kiritish yo'lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o'g'illari - Amin va Ma'mun o'rtasida keskin kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho'zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo'lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Ma'mun katta qo'shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Hu-saynni boshliq etib tayinladi. Ray yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo'shinini yengadi va Bag'dodga yurish boshlaydi. Tohir 813 - yildayanag'olib kelib Bag'dodni ham qo'lga kiritadi. Ma'mun halifalik taxtiga ko'tariladi. Lekin 819 - yilga qadar Bag'dodga bormay, Marvdan turib hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug'i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag'dod harbiy garnizoni boshlig'i bo'ladi (819 - yilga qadar). Ma'mun Marvdaligidayoqolimlarguruhini o'z atrofiga to'plagan edi. U 819 - yilda Bag'dodga borgach, «Baytul hikma» (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini awalo, Turkistonlik olimlar tashqil etganlar. Ma'mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821— yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib, 873— yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq Nishopur bo'ladi. Dastlab Movarounnahrniitg ko'pgina viloyatlari ham uning ta-sarrufida bo'lgan. Buning boisi shuki, ikkala o'lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo'lgan. 1Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo'lga kiritgach, undan yurt mustaqilligini, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo'lida foydalanishga qat'iyan yo'l tutadi. Tohir ibn Husayn o'z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822— yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr qiladi. Biroq tez orada uning sirli o'limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi bir qadar ta'minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo'jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek, fuqarolardan olinadigan soliq-larni mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Poytaxt Marvdan Nishopurga ko'chiriladi. Jumladan, Abdulloh ibn Tohirning chiqargan bir farmonida "dehqonlarni ranjitmaslik", buningsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida uqtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko'proq yirik mulkdorlar, savdogadarning manfaatlarini himoya qilardilar. Shu bois, Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa, dehqonlar og'ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq-o'lponlar to'lashga majbur etilgandi. Birgina 844— yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashqil etgan. Bu o'sha davr sharoiti uchun juda ko'p cdi. Shuning uchun ham, mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g'alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
Somoniylar davrida qishloq xo'jaligi, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. O'Ikaning Shosh, Farg'ona va Xorazm vohalarida turli xil g'alla ekinlari yetishtirish, bog'dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta yetishtirish ancha kengayib bordi. Ko'plab suv instiootlari barpo etildi. Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsulotlaridan turlicha ishlov berish yo’li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog'ida sifatli, tilla rang «zandanachi» deb nom olgan bo'z to'qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vador qishlog'ida sarg'ish tusli chiroyli, yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Bu yerdagi to'qilgan matodan mamlakatning oliy amaldorlari Iwn kiyim tikti-rishda foydalanganlar. Shaharlarda ko'plab hunarmandchilik korxonalari, o'nlab karvon-saroyiar, bozor rastalari mavjud bo'lib, doimiy ravishda ishlab turgan.Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahaliiy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo'lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahaliiy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to'lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - Tamg'achxonga yuborib, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jara-yonlar girdobida kechgan. Ayniqsa, xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo'lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko'p bor urush harakatlari olib borilgan. G'aznaviylarning eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) vaqtiga to'g'ri keladi. 1
Taxtga chiqqandan so'ng, Sulton Mahmud katta qo'shin tuzib, uni o'sha davrning eng zamonaviy qurol-asiahalari bilan, yetarli maosh bilan ta'minlab, juda ko'plab bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi. U XI asr boshlarida Qoraxoniylar bilan shimoliv chegara sifatida Amudaryoni belgilab olgach, o'zining asosiy e'tiborini janubda - Hindistonga, g'arbda -Xuroson va unga chegaradosh hududlar tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u yerdan katta miqdordagi o'lja va boyliklar olib keladi. Birgina 1019— yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o'lja — katta miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 ta fil va 57 ming asir-qulni tashqil etgan. U 1008— yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo shimolidagi Chag'oniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011— yillardaesa Mahmud katta qo'shin bilan jang qilib G'ur viloyatini egallaydi. 1017— yilga kelib esa, Mahmud G'aznaviyning nigohi geografik jihatdan g'oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan, Xorazmshoh Ma'munning o'limidan foydalanib, u yerga katta qo'shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda, shuhratparast Sulton Xorazm Ma'mun akademiyasiningbirqator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G'aznaga ko'chirib keladi. Uning so'nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029— yilda Eronning Ray shahrini egallash bo'ladi.
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o'g'iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko'proq ko'chmanchi hayot kechirgan. «O'g'iznoma» kitobida naql qilini-shicha, o'g'iz urug'lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo'lib, ularga ilk bor O'g'izxon nornli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o'rtalariga kelib Orol bo'yi va Kaspiy shimolida O'g'iz urug'lari itlifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo etagida poytaxti Yangikent bo'lgan o'g'izlar davlati tashqil topadi. XI asr o'rtalariga kelib bu davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada, o'g'iz urug'larining bir qismi shimolga – dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o'tib, yerli aholiga qo'shilishib, turkmanlar norm bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud Qoshg'ariy, Abul G'oziylarning ma'lumotlariga qaraganda, o'g'izlar 22 yoki 24 qabiladan, chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va boshqalardan tashqil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |