Tolipov Jasurbekning “Tarixiy geografiya“


MT9_QANG`, DOVON, KUSHON DAVLATLARI TARIXIY GEOGRAFIYASI



Download 470,31 Kb.
bet14/36
Sana18.07.2022
Hajmi470,31 Kb.
#823097
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Tolipov Jasurbek Tarixiy Geografiya-2

MT9_QANG`, DOVON, KUSHON DAVLATLARI TARIXIY GEOGRAFIYASI
REJA:

  1. III-asrning boshlarida Qang’ davlatining paydo bo’lishi.

  2. Mil.avv. I-ming yillikning so`nggi choragida O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida qadimgi davlatlarning rivojlanishi.

  3. Kushon davlatining paydo bo’lishi.

Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang` davlati paydo bo`ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko`chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang` davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O`rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang`lar tashqil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang` davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg`ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g`arbda Sarisu daryosi, g`arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o`z ichiga olib, Qang` davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang`liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarni va Xorazmni o`zlariga bo`ysundiradilar. Qadimgi manbalarda Qang` davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang`uy (Qang`) podshosi o`z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o`tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Qang` davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan. Qang` davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo`linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang` hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. 1
Bu viloyatlarning ko`pchiligi Qang` davlatining kuchaygan davrlarida, ya'ni, milavv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang`arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o`tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug`diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar. Manbalarda Qang` podsholarining ikkita: yozgi va qishg` qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni o`trorda (hozirgi Qozog`istondagi Arj va Turkiston oralig`ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkem viloyati Oqqo`rg`on tumanida) o`tkazganlar. O`troq aholidan tashqari Qang` davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo`lib, uni dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug`ullaninib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o`z chorvalari bilan ko`chib yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o`z an'anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang`lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo`lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o`tkazganlar.
Mil. avv. 1 ming yillikning so`nggi choragida O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Davun, Farg`ona) davlati haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma'lum siyosiy uyushmani tashqil etgan bo`lib, davlatni boshqaravchi hukmdor manbalarda "van" (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta'kidlanadi. Davlat hukmdori maralakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bо`lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko`rgan. Oqsoqoliar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba'zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar. Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen (davlatning sharqida) haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Atvdijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (o`zgand vohasi Qirg`.) o`rnida bо`lgan deb hisoblaydilar. Farg`ona vohasi hududlarida ko`chib yurgan chorvador va ko`chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bо`lganlar. Bu qabilalar uchun Farg`ona madaniy va hunarmandchillk markazi hisoblangan. Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg`ardan Dovonga shimoliy yo`ldan karvon yo`li harakati boshlanadi. 1 Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi turkiy qavmlar qo'shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay G'arbga tomon siljiy­dilar. Xitoy manbalarida ular yuyechjilar deb atalgan. Yuyechjilar Issiqko'l atrofida sak qabilalari bilan to'qnashib, ularni janubiy-g'arb tomonga suradilar. Biroq. Yuyechjilar usun qabila­lari zarbasiga uchrab janubga siljib, mil.av. 130 yillarda So'g'di­yona hududiga kirib keladilar. Yuyechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Syan ta'kidlashicha, Sug'diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag'daradilar. Yuyechjilar Farg'ona vodiysini ham egallaydilar.
Xitoy manbalarida ta'kidlanganidek, yuyechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar. Go'yshuan, (Kushon). Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb yuz yilgacha alohida-alohida siyosiy kuch hokimlik bo'lib, yagona hukmdorga bo'ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodning I asrida Kushonlar xonadoni boshlig'i Kujula Kadfiz (Kioszyukyu) barcha yuyechji qabilalarini birlashtiradi va butun Baqtriyada siyosiy hokimiyatni egallaydi.
Kujula Kadfiz qo'shni hududlarga yurish uyushtirib, So'g'diyona, Marg'iyona, Hindistonning Shimoliy G'arbiy qismini zabt etadi. Kujula Kadfiz keyinchalik Amudaryo bo'ylari, Qobul va Qandahor hududlarini ham egallaydi. Bu davrda mamlakat poytaxti Dalvarzintepa (Hozirgi Surxondaryo viloyatida) shahri bo'lgan. Shu tariqa, Kushonlar sulolasi davrida O'zbek davlatchiligi salatanatlik bosqichiga ko'tariladi.
Kushon hukmdorlari to'g'risida fikr yuritadigan bo'lsak, bunda bu davlatga asos solgan Kujula Kadfiz (milodning I asri boshlari), uning o'g'li Vima Kadfiz (Milodning I asri o'rtalari), Kanishka (78-123 y.y.) va ularning avlodlari-Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II nomlarini tilga olib o'tmoq joiz bo'ladi.

Download 470,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish