Tojikiston xalq xo’jalik tarmoqlari geografiyasi Reja



Download 16,43 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi16,43 Kb.
#15520

Aim.uz

Tojikiston xalq xo’jalik tarmoqlari geografiyasi

Reja:

1. Tojikiston Respublikasining xo`jaligining shakllanishi, rivojlanishi va tarmoqlar bo`yicha joylashuvi

2. Sanoat tarmoqlarini hududiy joylashuvi

3. Qishloq xo`jalik tarmoqlar geografiyasi


Tayanch iboralar: Xalq xo`jalik tarmoqlarini geografik joylashuvi, yetakchi sanoat tarmoqlari, qishloq xo`jalik tarmoqlari.

Uning tarmoq va hududiy tuzilishi, Tojikiston agrar mamlakat. Uning igtisodiyoti yaqin o’tmish 1917-1991- yillarda bir tomonlama rivojlandi. Tojikiston sobiq SSSR uchun janubdagi yirik xomashyo rayoni edi. U qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtiradi va uni sanoatda qayta ishlash uchun markazga jo’natardi; u tog’-kon qazib olish sanoatini rivojlantirgan edi va qazib olingan rudani qayta lshlash uchun markaziy rayonlarga jo’natardi. Oqibatda Tojikiston mahalliy sanoatni rivojlantirishni ichki ehtiyojiga yarasha olib borolmasdi.

Mamlakat 1991 -yilda o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan iqtisodiyotining asosini tashkil qilgan sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini ichki ehtiyojlari asosida rivojlantirishga kirishdi.

Agrosanoat majmui. Tojikiston xalq xo’jaligida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. Bu borada sug’orqiladigan dehqonchilik, tog-yaylov chorvachiligi, meva va uzumchilik qadim-qadimdan rivojlantirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo’jaligi turli-tuman qishloq xo’jalik texnikasi bilan yaxshi ta’minlangan jamoa va davlat xo’jaliklari, chorvachilik komplekslari, fermer xo’jaliklariga ega. Mamlakatda yetishtirqiladigan paxta, don, ho’l meva, uzum, sut, go’sht, yog’, pilla va boshqa mahsulotlarning aksariyat qismi zikr qilingan qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirqiladi.

Qishloq xo’jaligining yetakchi sohasi paxtachilikdir. Mamlakat paxtachiligi har jihatdan rivojlangan. Bu yerda oq paxta va ipak paxta navlari ekiladi. Oq paxta Shimolly Tojikistonning Farg’ona vodiysida, ipak paxta Janubiy ToJikistonning Hisor va Vaxsh vodiylarida yetishtiriladi. Paxta hosildorligi Markaziy Osiyo davlatlari ichida yuqoridir. Mamlakatda yiliga 900-1000 ming tonna paxta hosili yetishtiriladi.

Tojikiston agrosanoat majmuida chorvachilik ham muhim o’rin tutadi. Bu yerda yaylov chorvachiligining o’ziga xos tomonlari bor. Masalan, baland tog’li tabiatga har qanday qo’y zotlari yoki qoramollar moslashavermaydi. Bunday tog’li zona hisori qo’yo’lar, angor zotli echkilar boqish uchun qulaydir. Shuning uchun murakkab relef formalaridan kelib chiqib, Tojikistonning tog’li zonasida hisori qo’ychilik yaxshi rivojlantirilgan. Bu qo’ylarning gavdasi yirik, dumbasi katta bo’ladi. Hisori qo’yo’larni qo’lda dumbasini ko’tarolmay qolguncha boqish mumkin. Bunday holatlarda qo’yning dumbasini suyab turish uchun tirgagich o’rnatqiladi. Qo’lda boqilgan hisori qo’ylarning 20-30 kg chiqadigan dumbasi va 60-70 kilo atrorida go’shti bo’ladi, angor zotli echkilar tog’da toshdan-toshga, daradan-daraga sakrab o’tishga moslashgan. Uning mayin tolali tibeti junidan sifatli junli mato to’qiladi.

Mustaqillik yo’lidan katta qiyinchiliklarni yengib dadil borayotgan Tojikiston davlati qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlari bazasida mamlakat agrosanoat majmuini rivojlantirmoqda. Mamlakatning xomashyo rayonlarida paxtachilik majmuiga xizmat qiladigan yangi-yangi zamonaviy sanoat korxonalari zavod, fabrika, kombinatlar qurilmoqda va o’zida yetishtiladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini takror -takror qayta ishlashga o’tmoqda. Bunday ish tutish birinchidan, mamlakatni yaqin o’tmishda bo’lganidek xomashyo rayonidan bevosita iste’mol uchun tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan rayonga aylantiradi, ikkinchidan esa mamlakat aholisining sanoat usulida qayta ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Tojikiston xalq xo’jaligida sanoatning salmoqli ulushi bor. U asosan tog’-kon sanoati bazasida hamda gishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga tayanib rivojlantirilgan. Uning yetakchi tarmoqlari: energetika sanoati, rengli metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatidir.

Sanoat geografiyasi.Rivojlanishning tabiiy resurs omili, muhim tarmoqlararo komplekslari. Tojikiston sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun tabiiy resurslarga boy region. Ayniqsa u energetika va mineral resurslarga boy.

misol. Suv resursini olaylik. U suv resursining ko’pligi jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o’rinda turadi. Mamlakat daryolarining energetika quvvati 32,6 mln.kvt bo’lib, u Markaziy Osiyodagi bosha barcha davlatlar daryolari energetika quvvatining yarmiga teng. Tojikiston daryolari sho’x, tezoqar va qisqa masorada katta tezlikda oqib o’tishi natijasida ko’p energiya berish imkoniyatiga ega. Yirik daryolarning tor va muzliklardan to’yingani uchun suv rejimi birmuncha mo’tadil bo’lib, bu narsa gidravlik elektrostansiyalarning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi.

Tojikiston iqtisodiyotida elektro energetika sanoati muhim o’rin tutadi. Unda GESlarning hissasi katta. Birgina Vaxsh daryosida ikki millioner, Norak quvvati 2,7 mln. kvt va Rogun quvvati 3,6 mln kvt GESlari qurilgan. Natijada mamlakatning janubiy qismida Janubiy Tojikiston hududiy ishlab-chiqarish kompleksi ishga tushgan. U bir tomondan mamlakatda elektroenergiyani ko’p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini va jumladan rangli metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishni ta’minlangan, ikkinchidan esa MODda yagona energosistemani barpo qilishga zamin hozirlanmoqda. Mamlakatda yiliga 14-15 mlrd kvt soat elektro energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu Qirg’izistonnikidan 2,5, Turkmanistonnikidan 4-5 mlrd kvt soat ko’pdir.

Mamlakat sanoatini rivojlantirishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi yana bir muhim tabiiy resurs omili - foydali gazilma birinchi navbatda mineral resurslardir. Uning hududi ayniqsa rengli metall xomashyolariga juda boy. Bu yerda rux, qo’rgoshin, mis, surma, qalayi, volfram, kobalt, oltin, kumushning katta konlari topilgan. Mazkur konlar bazasida Tojikiston RANGLI METALLURGIYA SANOATI tarkib topgan.

misol. Baland tog’li Ko’histonda topilgan surma konlari bazasida yirik tog’ metallurgiya surma kombinati ishga tushgan. Xomashyo rayonlarida bir necha ruda saralash fabrikalari, zavodlar va kombinatlar ishlab turibdi. Tojikiston o’z rangli metallurgiya sanoatining mahsulotlarini Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga va xorijga eksport qiladi. Jumladan u xorijiy mamlakatlarga ko’p miqdorda alyumin, rux, surma, qo’rg’oshin, volfram va bosqa nodir metallar eksport qiladi.

Mamlakat sanoat tarmoqlari orasida MASHINASOZLIKning alohida ahamiyati bor. U avvalo mamlakat agrosanoat majmuiga xizmat qiladi. Mashinasozlikning gigantlari: “Traktorodetal”, “Tojikto’qmash”, “Torgbitmash”, “Tojik- kabel” va boshqalar qishloq xo’jalik korxonalari, hamda aholining turmush ehtiyojlari uchun mashina, asbob-uskunalar, to’quv dastgohlari, uy-ro’zg’or buyumlari ishlab chiqaradi.



Shu narsani alohida ta’kidlash joizki, so’nggi 1990-1999- yillarda bu yerda yuz bergan nosog’lom vaziyat (taxt uchuv kurash maqsadida uzoq davom etgan qon to’kishlar mamlakat itisodiyotiga, uning o’sish darajasiga kuchli salbiy ta’sir yetkazdi. Oqibatda sanoatning muhim ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi.

Tojikistonda yengil va oziq-ovqat sanoati keng rivojlangan. Uning sanoat korxonalari mamlakat viloyatlari bo’ylab tarqalgan. Ip-gazlama, ipak-gazlama ishlab chiqarish, gilam to’qish, poyafzal tikish, vino, vino mahsulotlari, meva konservalar, mayiz, paxta va o’simlik zig’ir, kunjut yog’i tayyorlash, un, konditer, sut va go’sht mahsulotlari yetishtirish mazkur sanoat tarmoqlarining ixtisoslashgan sohalaridir. Biroq sanoatning bir tarmoqlarida ham ilpi maxsulot hajmi keskin kamaydi. Jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-1995 -yillarda 22,7 mln milliy valyutadan 14,6 mln milliy valyutaga,oziq-ovqat sanoatniki esa 8,6 dan 5,8 mln milliy valyutaga tushib qoldi. Ayniqsa to’qimachilik va tikuvchilik sanoati, go’sht va sut mahsulotlari ishlab chiqiarish orqaga ketdi.
Download 16,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish