Aksiz solig‘ini hisoblash reja



Download 19,68 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi19,68 Kb.
#730253
Bog'liq
AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLASH


AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLASH


Reja;

  1. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar.

  2. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq


1.O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga:
a) Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha (vino, shampan vinosi, pivo, vino mahsulotlari hamda tamaki mahsulotlari) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:
As = Tnkh x Ss, (1)
bu yerda:
As – aksiz solig‘i summasi;
Tnkh – tegishli o‘lchov birligida sotilgan mahsulotning natura ko‘rsatkichlaridagi hajmi;
Ss – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligi so‘mlarda.
b) Boshqa aksiz to‘lanadiga mahsulotlar boyicha aksiz solig‘i summasi quyidagicha aniqlanadi:
As = Tsq x Ss, (2)
bu yerda:
As – aksiz solig‘i summasi;
Tsq – o‘z ichiga aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘ini olmagan tovarlarning sotish qiymati;
Ss – aksiz solig‘i stavkasi.
2. O‘zbekistonga import qilinadigan tovarlarga:
Import qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar hisob-kitobi uchun aksiz solig‘i qat’iy stavkalarda bo‘lsa (1) formula, aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda bo‘lsa quyidagicha hisoblanadi:
As = Tbq x Ss, (3)
bu yerda:
Tbq – bojxona qonunchiligiga muvofiq tovarning aniqlangan bojxona qiymati; Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
4. Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
O‘zbekistonda 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan tamaki mahsulotlarini va spirtli ichimliklarni (pivodan tashqari) majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda ularni aksiz markalarisiz sotishni taqiqlanishi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 285-son Qarori va Adliya vazirligi tomonidan tomonidan 1999 yil 7 yanvarda 589-son bilan ro‘yxatga olingan, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida"gi Yo‘riqnomaga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamg‘alanishi shart.(4-chizma)
4-chizma

Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika budjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aksiz markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq inspeksiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining aksiz markalariga doir kelib tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga taqsimlagan holda beriladi.
Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani “Davlat belgisi” Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi.
Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etadilar.
Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq Paxtabankning mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
Agrobankning mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘langanidan keyin;
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘langanidan keyin beradilar.
Ma’lumki aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig’ini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirishni ko‘rib chiqamiz.
Masala: Ishlab chiqarish korxonasida kumushdan ishlangan oshxona anjomi ishlab chiqarilgan. Kumushdan ishlangan oshxona anjomining sotilish narxi 1000000 so‘m. Aksiz solig‘i stavkasi 11%. Soliq summasini aniqlaymiz (1000000 x 11%:100)= 110000 so‘m kumushdan ishlangan oshxona anjominingning sotilish narxi 1110000 so‘m (1000000 + 110000).
Kumushdan ishlangan oshxona anjominingning sotilish qiymatiga:
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 1110000 so‘m;
K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti - 1110000 so‘m.
Aksiz solig‘i qiymatiga:
D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti - 110000 so‘m.
K-t 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 110000 so‘m.
Aksiz solig‘i budjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti - 110000 so‘m.
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 110000 so‘m
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika budjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz markalarining qiymati hisobiga olinmaydi.
Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlaydi.
“Davlat belgisi” DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida qoplaydi.
Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan:
respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan;
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan aksizsiz olib kelish me’yorlari doirasida olib kelinadigan (jo‘natiladigan) aksizosti tovarlari majburiy tarzda markalanmaydi.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi.
Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi.
Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:
IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan;
O’Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan;
98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil;
01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari;
4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi;
5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi;
98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini anglatadi;
99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz tovarlari anglatadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq


1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini undirishning huquqiy asoslari. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari tarkibi.


2. Mol-mulk bo‘yicha soliqqa tortiladigan ob’yekt. Soliqqa tortiladigan mol-mulk bo’yicha o’rtacha qoldiq qiymatni aniqlash uslubiyati.
3. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanishi. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlar.Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ini hisoblash va to’lash muddatlari.
4. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslar to‘laydigan mol-mulk solig‘i va uning ahamiyati.Jismoniy shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirish tartibi.
5.Jismoniy shaxslar olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi va to‘lash muddatlari

Tayanch so‘z va iboralar:mulk,o‘rtacha yillik qoldi qiymat, asosiy vositalar, kadastr qiymat, kalendar yil,o‘rnatilmagan asbob uskunalar, ko‘chmas mulk, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, joriy to‘lovlar.
1.O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini soliqqa tortish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi bo‘ldi. Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‘lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq 1992 yil 1 yanvardan joriy etildi.
O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va mohiyatiga ko‘ra bu soliq asosiy fondlar shaklidagi resurslarga nisbatan belgilangan soliq hisoblanadi. Mazkur soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy budjetlarga tushadi va u budjetning barqaror daromad manbalaridan biri hisoblanadi.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat. Chunki, korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi ishlab chiqarilayotgan tovarlarning bahosini arzonlashtiradi va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat budjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. Hozirgi vaqtda ushbu soliqning tushumi O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining soliqli daromadlarida 3,4 – 4,0 foiz oralig‘ini tashkil etmoqda (8.2-jadvalga qarang).
Jadval ma’lumotlari ko‘ra jami mulkiy soliqlar ulushi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 0,8 punktga kamayganini ko‘rish mumkin. Bu holatni soliqqa tortish tartiblarini yanada takomillashib borayotganligi bilan izohlamoq kerak. Bunga bir xil ahamiyatli va samarasiz bo‘lgan imtiyozlarni bekor qilinayotganligini misol keltirish mumkin.
Download 19,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish