Tohiriylar davlati.Ayrim manbalarning guvohlik berishicha,813- yilda Mamun xalifalik markazi Bog'dodni egallaydi,hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida uzoq xizmat qiladi.821- yilda esa noib etib tayinlanadi.Nishopur shahrini o'zining qarorgohi etadi.Noiblikka o'tirgandan so'ng xutbadan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi.Bu esa xalifa Mamunga qarshi ochiqdan ochiq isyon edi.Manbalarda qayd etilishicha,822- yilda ibn Husayn xalifa Mamun tomonidan o'ldiriladi.Talxa ibn Tohir (822-830) noib etib tayinlanadi.lX asrning 60-79- yillarida tohiriy hukmdorlariga qarshi xalq harakatlari kuchaydi.Bu harakatni Yoqub va Amir binni Lays boshqaradi.Ular dastlab,Seyistonda hokimiyatni qo'lga olgach,873- yilda toxiriylarga katta zarba berib Nishopurni egallaydi.shundan boshlab toxiriylar sulolasi barham topadi va hokimiyat safforiylar qo'liga o'tadi. Somoniylar davlati.Sominiylar davlatiga Qishloq oqsoqoli somonxudot avlodlari asos soladi.Sulola o'rta osiyoda 875-899 yillarda hukm surgan.Somoniylar sulolasi kelib chiqishi,Sosoniylar davlatining sarkardasiBahrom Chubinning avlodlaridan bo'lgan.Bahrom Chubinga davlat oldidagi xizmati uchun Balx va Termiz iqto sifatida beriladi.Somonxudot Balx atrofining yirik mulk aslzodalaridan bolib,uning nabiralari xalifa Xorun ar Rashidning xurosondagi noib o'g'li Mamunga sadoqat bilan xizmat qiladi.Mamun 813- yilda xalifalik taxtini egallab,819- yilda Sominxudotning nabiralariga Movarounnahr viloyatlarini boshqarishni topshiradi.Buxoro shahri davlat poytaxtiga aylantiriladi.992- yilda Qoraxoniy turklari Buxoroni bosib oladi,996- yili somoniylarning Zarafshon havzasidagi yerlarning hammasi turklar qo'liga o'tadi,999- yil turklar Buxoroni ishgol etib,somoniylar davlatini tugatadi va hokimiyatni to'liq qo'liga oladi G'aznaviylar davlati.Asoschisi Alp tegin .U 962- yilda qo'l ostidagi g'ulomlarga tayanib,G'azna viloyatida o'z hokimiyatini o'rnatadi.Uning vorisi Sobuqtegin va Mahmud G'aznaviy davrida o'rta sharqning qudratli davlatiga aylangan.Mahmud G'aznaviy 1030- yilda vafot etadi.Taxtni uning o'g'li Masud egallaydi. Xorazm shohi Xorun ibn o'tintosh 1034- yilda Xorazmni butunlay mustaqil deb elon qiladi va Xurosonga yurish qiladi.Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g'aznaviylar saljuqiylarga katta zarba bersada,Saljuqiyning nevarasi,To'g'rul va Chag'rilbek boshchiligidagi turkmanlar g'aznaviylar qarorgohuga hujum qiladi va g'alaba qozonadilar.shu tariqa xurosonning shumoliy sharqiy qismida saljuqiylar davlatiga asos solinadi. Saljuqiylar davlati. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni To'g'rulbek (1038-1063) katta istilichilik yurishlari olib borilib,Balx,Iroqning shimoli,Kurdiston,Qo'histonni bosib olishga erishadi.Saljuqiylar davlatini poytaxti Ray bo'ladi.keyinchalik,Sulton Sanjar davrida potaxt Marvga ko'chiriladi.1141- yili qoraxitoylar bilan qoraxoniy Mahmudxon o'rtasida Samarqand yaqinida Qatvon cho'lida bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylarning g'alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zaiflashtiradi.Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani ko'chmanchi guz qabilalari beradi.Sulton Sanjar 1156- yili asirlikdan qochishga muvaffqa bo'lsa ham davlatni oldindan tiklay olmaydi va bir yildan keyin vafot etadi.Bir tomondan qoraxoniylar ,g'aznaviylar va xorazmshohlar davlatidan zarbaga uchragan turkman qavmlarining qolgan qismi Eron,Iroqning shimoliy sharqiy taraflari orqali Kichik osiyoga o'tib ketadilar. Xorazmshohlar davlati.4 ta xorazmshohlar sulolasi hukmronlik qilgan.Afrig'iylar (305-995) Mamuniylar (995-1017) oltintish sulolasi (1017- 1034) va Anushteginiylar sulolasi (1077- 1231) .996 yilgacha Xorazm ikki qismga shimoliy va janubiy xorazmga bo'lingan edi.995- yilda Mamun ibn Muhammad har ikkala xorazmni birlashtirib,xorazmshoh unvoni bilan idora qila bishlaydi.Saljuqiylarning Xorazmdagi noibi Anushtegin (1077- 1097) saljuqiylarga itoatgoylik bilan xizmat qiladi.lekin uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) o'ziga xorazmshoh unvonini olib saljuqiylardan mustaqil holda yurtni idora qiladi.Otsiz (1127-1156) ,El Arslon (1156- 1172) ,Takash (1172-1200) va Muhammad davrida (1200-1221) Xorazmshohlar davlati Sharqning yirik davlatiga aylandi. Jaloliddin Manguberdi (1221-1231) mog'ul bosqinchilariga qarshi 10 yil kurashgan bolsada ,uning urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi shu bilan Xorazmshohlar sulolasi barham topdi. Bayt ul hikma.lX asrda Bog'dodda bayt ul hikma Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.Xuddi shunga monand x asr oxiri xl asr boshlarida Xorazmda Mamun akademiyasi tashkil etildi. Al Xorazmiy.(783-850) Mashur matematik va astronom.xivada tug'ilib Bog'dodda vafot etgan.bayt ul hikmada mudirlik qilgan .20 dan ortiq asar yozib bizgacha 10 tasi yetib kelgan.,,Kitob al Jabr va al Muqobala " asari matematikaning alohida bo'limi bo'lib ,algebra deb atala bishlandi.Shuningdek,,,Quyosh soati haqida risola,Kitob surat ul arz,Usturlob haqida risola ,Tarix risolasi,Musiqa risolasi " asarlari muallifidir. Ahmad al Farg'oniy(797-865) .Farg'onada tavallud topgan ,buyuk astronom,geograf va matematik.xalifa Mamun davrida Bogdod va Damashq yaqinidagi rasadxonalar uning yordamida qurilgan.812- yilda ,,quyosh tutilishini oldindan aytib bergan,yerning dumaloqligini isbotlagan.Nilni o'lchaydigan miqyosi jadidni yaratdi.,,Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob,Astrolyabiya sanati haqida,Majastiyga kirish fasllari,oy yer ustida yoxud uning ustida bo'lgan paytlarda vaqtni o'rganish haqida risolalari,Yetti iqlim hisobi,Marmarning xizmati haqida kitob" asarlarining muallifidir. Abu Nasr Forobiy(873-950) buyuk mutafakkir va faylasuf.Sirdaryo yaqunida Farob shahrida tug'ilgan.Sharqda Farobiy Muallim us Soniy nomini olgan.160 dan ortiq asar yozgan bo'lib bizgacha 119 asari yetib kelgan.,,Aristotelning metafizikasi maqsadlari haqida,Musiqa kitobi,Baxt saodatga erishuv haqida,siyosat ul Madoniya,Jamiyatni o'rganish haqida kitob" uning mashhur asarlaridir. Abu Rayhon Beruniy.(973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug'ilgan.995- yilda o'zining mashhur asari ,,Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozdi.Beruniyning ilmiy merosi 152 kitob va risoladan iborat. Bularning bizgacha yetib kelgani 28 tasi malum.Eng yirik asarlari: ,,Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar,Hindiston,Qonun al Masudiy,Mineralogiya,Geodeziya,Saydona" . Abu ali ibn Sino.980-1037.Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlogida tugilgan.uning 450 dan ortiq asari bo'lib bizgacha 242 tasi yetib kelgan.G'arbda Avitsenna ,Sharqda esa Shayx ur rais nomlari bilan atalgan.u 17 yoshida olim sifatida shakllanib,tabib nomini chiqargan.u 1037 yilda 57 yoshida vafot etadi. Rudakiy.950-1041. Taxminan 869- yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog'ida tug'ilgan.Rudakiy fors tojik sheriyatining asoschilaridan biri hisoblanadi.Xl asr Rashidiyning aytishicha,Rudakiyning bir million uch yuz sheri borligi aniqlangan.bizgacha ming bayt,ikki qismda ellik ruboiy ,sherlari yetib kelgan xolos.Bizgacha ,,Kalila va Dimna,Davroni oftob,Sindnoma " kabi poemalari yetib kelgan. Mahmud Qoshg'ariy.1029- 1038- yillar oraligida Qashg'arda tug'ilgan.Ko'p izlanishlar natijasida, ,,Devoni lug'ati turk",Javohiri nahv,Turk tili sintaksisi asoslari" ni yozdi.Uni ilm olamiga tanitgan asari " Devoni lug'gati turk" asaridir.Asarda turli qabilalar,xalqlar haqida shuningdek,turkiy tildagi hikmatli so'zlar berilgan Umar Hayyom.1048 yil 18 mayda Nishopurda tug'ilgan.,,Risolat ul kavn vat taklif,Risola fi kulliyot vujud" kabi asarlarida ibn sinoning izdoshi sifatida namoyon bo'lgan.1077 yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan.,,Risola fi sharhi moashkala min musodarat kitob ul iklids" asarida butun sonlarning ildizini topish yo'llarini ko'rsatib bergan.XIl asrda ,,Navro'znoma " asarida Navro'zning kelib chiqishi,sharq xalqlarining bu bayram bilan bog'liq an'ana va marosimlari keng yoritilgan,ko'plab hikoya va rivoyatlar keltirilgan. Islom dini,so'fiylik,quron.lslom so'zi ,, itoat etish ,bo'ysunish" manolarini beradi.Uning asoschisi Muhammad payg'ambar.Jahonda 1,9 mlrd kishi islomga etiqod qiladi.lslom Vll asrda Hijozda paydo bo'lgan.lslom manbalariga asoslangan diniy manbalarda u ilohiy hodisa ,insonlarni to'g'ri yo'lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi talimot deb uqtiriladi. Quroni Karim musulmonlarning muqaddas kitobidir.Uning sahifalarini jamlash va kitob holiga keltirish Muhammadning vafotidan keyin boshlangan.Bu ish xalifa Abu Bakr davrida boshlanib Usmon davrida yakunlanadi.U hozir Hazrati imom majmuasida saqlanmoqda .Quroni Karimda 114 sura ,6236 ta oyat bor. So'fiylik islom dini asosida shakllangan bo'lib poklangan ,zohid,taqvodo manosini beradi.Tasaffuvda ruhni kamolitga allohga erishuv yo'llari 4 bisqichdan iborat.Shariat,tariqat,marifat,haqiqatdir.Tasavvufning ijtimoiy asosi shaharlardagi hunarmandlar,mayda savdogarlar bo'lgan.lX X asrlarda lroq va Eronda uning yirik vakillari vujudga keladi.Mivarounnahrda X asrdan yoyila boshlagan. Yusuf Hamadoniy.1043-1049 yilda Eronning Hamadon qishlog'ida tug'ilgan.Hamadoniy umrining katta qismini o'rta osiyoda o'tkazgan .U hunarmandchilik,kosibchilik bilan shugullangan.shuning uchun ham uning talimoti hunarmandlar orasida keng tarqalgan.Uning talimotida vatanparvarlik g'oyalari oz ifodasini topgan.Hamadoniy talimotidan O'rta osiyoda ikki talimot Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqadi.Bu oqimga 1105 yil Yassa shahrida tug'ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan.Yassaviy talimotining asoslari turkiy tilda yozilgan ,,Devoni hikmat" asarida bayon etilgan.Ahmad Yassaviyning fikricha,shariatsiz tariqat,tariwatsiz marifat ,marifatsiz haqiqat bo'la olmaydi. Abduxoliq G'ijduvoniy .1103 yil G'ijduvonda tug'ilib ,1179 yilda o'z vatanid vafot etadi.Bizga uning ,,Risolayi sohibiya,Risolayi shayxshshuyuk Hazrati Abu Yusuf Hamadoniy" asarlari meros bo'lib qolgan.u zikr aytish bo'yicha ,,Zikri xufiya" zikri dil amalini targ'ib qila boshlagan.u Naqshbandiya tariqatining asosiy qonun qoidalarini ishlab chiqqan buyuk allomadir. Najmiddin Kubro (1145- 1221) tasavvuf talimotining O'rta osiyodagi yirik allomalaridan biri.Kubroviya oqimining asoschisidir.Urganchda shu talimotga asos solgan.U ,,Favoix al Jamol ,as Usul al ashara " nomli risola va asar yozib talimotini takomillashtirgan.Kubroviya tariqatining asosini 10 dan ortiq qonun qoidalar tashkil etadi.Ularga asosan tavba,zuhd,tavakkal,qanoat,uzlat,doimiy zikr,tavajjuz,sabr,muroqaba va rizo kabi qoidalar kiradi.Kubroviya tariqati Yassaviya tariqatidan farq qilib tarki dunyochilikni rad etadi. Al Buxoriy.810 yil 20 iyunda Buxoroda tavallud topgan.lmom Buxoriy 600 ming hadisni to'plagan.shundan 100 ming sahihga ,200 ming nisahihga ajratgan.U 20 dan ortiq asar yozgan.,,al Adab Al Mufrad", At Tarix As Sagir", ,,At Tarix al Kabiyr" ," Kitob al lal" "Asomi us Sahoba" " Kitob al Kuna" shoh asari ,, Al Jome as Sahih" asari 4 jilddan iborat bo'lib,islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadislari orasida eng mukammalidir.Bu asarning yozilganiga 1200 yil bo'ldi.u Quroni Karimdan keyin ikkinchi o'rinda turuvchi manba asari hisoblanadi. At Termiziy.824-894. U Termiz shahri yaqinida Bug' qishlogida tug'ilgan.Olimning 10 dan ortiq asari bor.,,al Jome as Sahih" " Ash Shamoyil an Nabaviya " va boshqalar.At Termiziy ijodida ,,Al Jome as Sahih " asari alohida o'rin egallaydi.unda tahorat,roza,zakot,namoz,haj ,haqida so'z boradi.uning Ash Shamoyil an Nabaviy asarida paygamabarimizning shaxsiy hayoti,u kishining surati va siyrati,ajoyib fazilat va odatlariga oid 408 hadisni ozida jamlagan qimmatli manbadir. 1990 yil sentabr oyida at Termiziy tavalludining 1200 yilligini tantanali nishonladi Xulosa.Somoniylar,saljuqiylar ,g'aznaviylar,xorazmshohar va boshqa davlatlarning boshqarish tartibi uning ahamiyati,ular o'tasidagi janglar haqida menda malumot shakllandi .IX Xll asrlarda ilm fan,arab fors,turk tillarining ijtimoiy hayotdagi o'rni ,buyuk mutafakkirlarning fan va madaniyatga qo'shgan hissalari haqida bilim va tushunchaga ega bo'ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |