To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni sanoat tarmoqlari bo‘yicha samaradorligi tahlili.
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati
1.1.Investitsiya faoliyati,uning mohiyati va mazmuni
1.2.O'zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli
II BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatining samaradorligi tahlili
2.1.Sanoat tarmog'ining iqtisodiy mohiyati va uning O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni
2.2.Sanoat tarmoqlarida investitsion faoliyatni moliyalashtirish tahlili
2.3.Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyati tahlili
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH
Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisoblanadi. Investitsiya (lot. investio - o'rash) - iqtisodiyotni rivojllantirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo 'yish) dir. An'anaviy tarzda investitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalami amalga oshirish tushuniladi. Investitsiya mohiyatiui tavsiflashdagi bunday yondashuvga milliy, shu bilan birga, xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda birlamclti e'tibor beriladi. Investitsiyalaming iqtisodiy mohiyati va mazmuni to'g'risida iqtisodchi olimlar o'rtasida xilma-xil qarashlar va flkrlar mavjud.
Bu so'zning ham keng ma'nosidan, ham tor ma'nosidan foydalanish mumkin. «lnvestitsiya» tushunchasining ma'no-mazmuniga hozirgacha yakuniy bir ta'rif berilmagan va iqtisodiy fanning turli sohalarida invcstitsiyaning maqsadi, vazifalari, manbasi, mablag' kiritish sohalari va obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha ta'rif berilmoqda. Investitsiyaning mazmuni 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasiniug «Investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonunida: "Iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar" sifatida ta'riflanadi.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxabov,Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.G'ozibekov, D.Tojiboyeva, Maxmudovalar tomonidan investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar tomonidan investilsiyalaming mazmun-mohiyati bo'yicha bayon etilgan ta'rifda: "investitsiyalar - foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo'yiladigan pul mablag'lari, banklarning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qimmatli qog'ozIar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar" deb ta'riflangan.
Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablaglar va resurslaming kelgusida ko'payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalash- tiriJgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ulaming safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, Kempbeh R.Makko- nell, Stanli, L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflami bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo'yicha laureati (1990-yil) U.Sharp ta’kidlashicha: «Investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir»1. «Investitsiyalash» atamasining ma’nosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablag‘Iami yoki real yoxud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmun ini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko'radilar.
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko'payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin».2 «Investitsiyalar — qo'yilmaning kelgusida o'sish maqsadida bugungi iste’moldan voz kechish»3. «Investitsiya — ishlab chiqarish davri davomida paydo bo'lgan kapital qo‘yilma qiyma- tining joriy o‘sishi. Bu o'sha davrdagi foydaning iste’mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi»4. «Investitsiyalar — pul mablag‘- lari, maqsadli bank jamg‘armalari, qimmatli qog'ozlar, texnologi- yalar, mashima, asosiy vositalar va boshqa mulk ko'rinishidagi kapital qo'yilmalar, shuningdek, pul qiymatiga ega bo‘lgan mulkiy va nomulkiy huquqlami investorlaming strategik maqsadlarini ko‘zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat obyektlariga kiritish»5.
Iqtisodchi olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlayditor, ya’ni «investitsiya (investment) — bu moddiy zaxiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg'arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»1. Ushbu ta’rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko'proq, «kapital qo‘ yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta’kidlab o‘tish joiz.Ma’lumki, markazlashtirilgan rejali tizim davrida, iqtisodiy adabiyollarda «investitsiya» va «kapital qo‘yilma» tushunchalari tor ma’noda va bir xil mazmunda talqin qilinib kelingan va bunda asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga qiliagan xarajatlar (ularni ta’mirlashga qilingan xarajatlarni ham qo‘shgan holda) tushimilar edi. Bunday hollarda investitsiyalar asosiy kapitalga mablaglar qo‘yish, asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarish, mavjud quwatlarni ta’mirlash va ularni kengaytirishga mablag‘lar joylashtirish ma’nosida talqin qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida «investitsiya» va «kapital qo'yilma» tushunchalari o‘rtasida qator farqlar yuzaga keldi. Awalo, investitsiyalar kapital qo‘yilmalarga qaraganda ancha keng tushunchaga ega. Investitsiyalar asosiy kapitalga mablag‘ qo'yish bilan birga, nomoddiy aktivlarga ham, intellektual mulkka ham, aylanma aktivlarga ham, moliyaviy vositalarga (qimmatli qog‘ozlar) ham yo‘naltiriladi.Investitsiyalarning mana shunday xususiyatlaxi uning iqtisodiy mohiyatini iqtisodchi olimlar hozirga qadar ham turlicha talqin qilib kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayrim iqtisodchilar uni «tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boyliklar», deb tushunsalar, ayrimlari, lotincha «invest» so‘zining aynan taijimasi «solish», «joylashtirish», degan ma’noni anglatishidan kelib chiqqan holda «kapital solish» bilan birday qilib ta’riflaydilar.
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida kapital qo'yilmaдar quyidagicha ta’riflangan: «kapital qo‘yilmalar — bu asosiy kapitalga investitsiyalar, shu jumladan, yangi korxonalar qurish va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish va ta’mirlash, kengaytirish, mashina va asbob-uskunalar sotib olish, loyiha- qidiruv ishlari va boshqalarga safarbar etiladigan xarajatlar»2. Ushbu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, aylanma mablag‘larga safarbar etilgan investitsiyalar kapital qo‘yilmalar hisoblanmaydi. Bu yerda ham investitsiyalarning keng tushunchaga ega ekanligini va bir vaqtning o‘zida kapital qo‘yilmalar investitsiyalarning asosini tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |