To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni sanoat tarmoqlari bo‘yicha samaradorligi tahlili


O'zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli



Download 43,18 Kb.
bet3/3
Sana05.04.2022
Hajmi43,18 Kb.
#530994
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi

1.2.O'zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli
Tartibga solish (iqtisodiy) — bu iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining yo'nalishlarini aniqlash, yo‘lga qo‘yish va ma’lum tizimga solishga qaratilgan maqsadli yo'naltirilgan harakat. Iqtisodiy adabiyotlarda1 investitsiya faoliyatini tartibga solish, deganda huquqiy nuqtayi nazaridan, turli mulkdorlar o'rtasida moddiy va no­moddiy aktivlami takror ishlab chiqarish xususidagi o'ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarni shakllantirish me’yorlarini nazarda tutishi ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosatining natijasi mamlakatdagi investitsiya faoliyatining rivojlanish holati bilan belgilanadi. Shu sababli har qanday investitsiya siyosatining maqsadi investitsiya faoliyatini rivojlantirish istiqboliga qaratiladi. Bu maqsad o'zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasini ham mujassam etadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya faoliyati davlat tomonidan tartibga solinishi zarur bo‘ladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda turli usullar qo‘llaniladi. Birinchi navbatda, davlat quyidagi shakllarda investitsiya faoliyatini tartibga soladi:

  • investitsiya faoliyatiga taalluqli qonunlar va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish;

  • davlat investitsiyalarini bevosita boshqarish;

  • davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish;

  • investitsiya faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy usullari (soliqqa tortish, investitsiya faoliyatida davlat organlarining ishtiroki, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqisimlash, moliya-kredit mexanizmi va boshq.).

O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunda, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqaro­lik kodeksi, Mehnat kodeksi, Yer kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbe- kiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi hamda «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi va boshqa qonun hujjatlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillash­tirish;

  • soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash;

  • asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;

  • me’yorlar, qoidalar va standartlami belgilash;

  • monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash;

  • kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;

  • yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;

  • investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini bel­gilash;

  • O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilish inonitoringini yuritish.

Ta’kidlash joizki, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tar­tibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.
Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini tartib­ga solish, birinchi navbatda, barcha xo'jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi sur’atlarini rag‘batlantirish va iste’mol darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo'lishi kerak. Bunga iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, xorijlik investorlardan undiriladigan soliqlarning tartibga soluvchi funksiyasi amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. In­vestitsiya faoliyatini tartibga solish tizimi doirasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi.
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqaiish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlami egallash, soliqlarning tartiblovchi rolini takomillashtirish, ulaming rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilmoqda. Bunda asosiy vazifa — xorijlik hamkorlarga kapital qo'yishda eng sama­rali yo‘nalishlarni taklif etish, o‘zaro manfaatli sohalarni belgilash, investorlarga kafolatlar berish va ulaming huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat subyektlarini sug'urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo'lida tashkil etiladi.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga va qo‘shma korxonalarga jalb etishga qaratiladi hamda tartibga solish xususiy tadbirkorlik subyektlarining katta qismini investitsiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Shunday qilib, tartibga solishning vazifasi, bir tomondan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishdan, ikkinchi tomondan, milliy iqtisodiyotdagi xususiy mulkchilik subyektlarining qo'yilmalarini kengaytirishdan iborat bo‘ladi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, hozirgi davrda iqtisodiy o‘sish uchun faqat jamg‘arish va investitsiyalaming yuqori sur’atlarigina yetarli emas. Bozorga o‘tish bosqichida jamg'armaning kamligi, yalpi investitsiyalarda aholi mablag'lari hissasining ozligi tufayli investitsiyalarni moliyalashtirishning tashqi manbalarini jalb etish, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish obyektiv zaruratga aylanadi. Bu amaldagi qonunchilikni soddalashtirish va barqarorlashtirish tomon takomillashtirish, mamlakatda yangi loyihalar va qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishni talab qiladi. Rag‘batlantirish mexanizmlari valuta xarajatlarini qoplaydigan loyihalarni va mahalliy xomashyo resurslari bazasidagi loyihalami amalga oshirishga yo‘naltirmog‘i zarur.
O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalar oqimi kengayishi munosabati bilan investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda e’tibor beriladigan muhim jihat jamiyat va xususiy manfaatlar, xorijiy mamlakatlar, kompaniyalar, muayyan investorlar manfaatlarining samarali nisbatini belgilash hisoblanadi. Iqtisodiyot erkinlasha borgani sari investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartiblanishi, ko‘proq, xususiy tadbirkorlik sohiblari va iqtisodning aralash sektorlarining investitsiya faoliyatiga kengroq jalb etilishiga va bu borada ularni rag'batlantirishga qaratiladi.
Bundan tashqari, davlatning investitsiya faoliyatiga qanday vositalar va dastaklar orqali ta’sir ko‘rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsiya faoliyati o‘z-o‘zidan rivojlana olmaydi, unga, albatta, muayyan ta’sir ko'rsatuvchi subyektlarning aralashuvi talab qilinadi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat qo‘Ii bilangina ta’minlash mumkin bo‘ladi. Biroq, bunday vaziyatda davlat investitsiya faoliyatining rivojlanishini bo‘g‘ib qo'ymasligi kerak, aks holda, uning amal qilishi subyektivlik ta’sir kuchiga bo‘ysundirilib qo‘yiladi.
Odatda, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish uning muhim yo'nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'ladi, avvalambor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarini qondirishga qaratiladi.
Har bir davlat investitsiya faoliyatini quyidagi maqsadlarda muvofiqlashtirib boradi:
-bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib borish jarayonida davlat­ning iqtisodiy siyosati amalga oshirilishi;
-davlatning fan-texnika siyosatini o‘tkazish va buning asosida xo‘jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish;

  • mamlakat ijtimoiy siyosatini yuritish.

Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlami qo‘llash, ularni hayotga tatbiq etish asosida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

  • soliq tizimini qulaylashtirish, ya’ni soliq subyektlarini, ob- yektlari va stavkalarini tabaqalashtirish;

  • amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo‘llash;

  • ayrim hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar orqali yordam ko'rsatish;

  • valyuta-kredit siyosatini, davlatning me’yor va standartlari- ning antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish va narx-navo siyosatini o'tkazish;

  • yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart- sharoitlarini aniqlash;

  • investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlarini belgilash va investitsiya loyihalarining monitoringi mexanizmini ishlab chiqish;

  • ayrim hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to'xtatib turish, cheklash yoki tugatish.

Shuni ta’kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy barcha shart-sharoitlarining, qulayliklarining yaratilishiga bog'liq. Bu investitsiya iqlimi sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‘liq bo‘lgan muhitni anglatadi. Bunda investitsiya muhitining ahvoli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlaming mavjud holatidan kelib chiqadi. Shuning uchun iqtisodiy siyosatni olib borish, davlat boshqaruv organlarining investitsiya jarayonlarini tartibga solishi, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etishi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi investitsiya muhitiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat tomonidan investitsiya faoliyatini tartibga solishda soliqlar yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. G'arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda, investitsiyalarni va ilmiy-texnik faoliyatni, shuningdek, ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun joriy qilinadi. Butun mamlakat miqyosida, mintaqa doirasida va alohida faoliyat sohalarida investitsiya, ilmiy-texnika faoliyati va tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari eng barqaror hisoblanadi. Bunda soliq imtiyozlari — soliq krediti (foyda solig‘idan chegirma ko‘rinishida); foydaning soliqqa tortiladigan summasini kamaytirish; soliqdan ma’lum muddatga ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash; jadallashtirilgan amortizatsiyani qo'llash shakllarida beriladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida yuz berayotgan investitsiya jarayonlarida davlatning roli va ahamiyati bir qancha omillar orqali aniqlanadi. Ular ichida bozor munosabatlarining rivojlanganlik darajasi va ayni daqiqada ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat muhim o‘rin tutadi.
Shu bilan bir qatorda, to"g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya harakatlarida tendensiyalarni, inson kapitaliga, texnologik o‘sishi va texnika bilimlari sohalarini rivojlantirishga investitsiyalarni, ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish va boshqalarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun global bilimlami egallash va ularga moslashish, mahalliy darajadagi bilimlar doirasini rivojlantirish, bilimlami o‘zlashtirish va ularni qo‘Ilash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlarida inson kapitaliga investitsiyalar, jahon yutuqlari va bilimlarini o‘zlashtirish va egallashga yordam beradigan texnologiyalarga investitsiyalar talab etiladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘liga o‘tgan mamla­katlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Ular uchun iqtisodi­yotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish hamda bozor munosabatlari o‘rtasida eng maqbul nisbatni о‘rnata olish juda muhimdir.
Shu o‘rinda jahon amaliyotiga nazar solsak, hozirda G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Avstriya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari), Yaponiya, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator tez rivojlanayotgan mamlakatlarida iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish va boshqarishning eng ko‘p rivojlangan mexanizmlari shakllangan. AQSh, Kanada, Avstraliyada xususiy kapital kuchli o'ringa ega bo‘lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan muvofiqlashtirish va boshqarish ularda nisbatan kuchsiz bo‘lib, bozor mexanizmlari yaxshi rivojlangan.
Davlat iqtisodiy boshqaruviga bo‘lgan yondashuvlami asoslash yo‘lida G‘arb olimlari bozor «muvaffaqiyatsizligi», ya’ni «sinish» hamda davlat «muvaffaqiyatsizligi» nazariyasini olg‘a surishadi. Bozor o'z kuchsizligi va kam samaradorligi tufayli resurslarning eng maqbul taqsimotini ta’minlay olmagan hollarda, ya’ni u muvaffaqiyatsizlikka uchragan joylarda davlat boshqaruvining turli shakllaridan foydalanadi. Iqtisodiyotni bunday boshqarish bozor iqtisodiyotiga o'tish davri mamlakatlari uchun xos bo‘lib, inves­titsiya faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning kuchayishi, birinchi navbatda, bozor mexanizmlarining toliq shakllanmaganligi va to'liq ishlamasligi oqibatida yuz beradi.Bozor munosabatlariga teskari bo'lgan bunday proporsiyani yengish uchun hukumat o‘tish davrini qisqartiradigan, iqtisodiyotni tubdan qayta quradigan izchil bozor islohotlarini bosqichma-bosqich amalga oshirib boradi.
Keyingi yillarda bir talay hukumat hujjatlari qabul qilindi, bu hnjjatlarning qabul qilinishida davlatning iqtisodiyotdagi, shuningdek, investitsiya sohasini muvofiqlashtirishdagi roli zarur ekanligini qayd etish mumkin. Ushbu hujjatlarda xususiy ishlab chiqarish sektorida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 1 (XIIK)larni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga yordam berish, investitsiya faolligini rag‘batlantirish kabilar nazarda tutilgan. Shuningdek, bu hujjatlar iqtisodiyotni isloh etish va mamlakatni modernizatsiya qilish bo'yicha ustuvor yo‘nalishlami izchil amalga oshirishni nazarda tutadi. Investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, moliyaviy bozorlar rivoji uchun shart-sharoitlar yaratish, budjet, soliq, pul-kredit siyosatini takomillashtirish kabilar, birinchi navbatda, ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish vositalari bo‘lishi lozim.
Mamlakatda bozor mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli investitsiya faoliyati rivojlanishining ustuvor masalalari bozor boshqaruvi orqali hal qilinishi mumkin emas. Shunday ekan, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishdagi endigi vazifa davlat boshqaruvi va bozor mexanizmlari orqali boshqaruvning birga qo‘shib olib boriladigan maqbul variantlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bunda faqat davlatning investitsiya jarayonlarida ishtirok etishi tamoyiilari va chegaralarini aniqlash muhim hisoblanadi.
Investitsiyalarga davlat va biznes nuqtayi nazaridan baho berish bir-biridan farq qiladi. Aksariyat mamlakatlarda muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bir yoki bir necha davlat muassasalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini talab qiladiki, bu muassasalarni korporatsiya ko'radigan foydadan ko‘ra jamiyat nuqtayi nazaridan qancha xarajat va qancha foyda olish mumkinligi ko‘proq qiziqtiradi.
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, davlat o‘z funksiyalarini bajarishi uchun investitsiya faoliyatini tartibga solishning tashkiliy va bevosita usullaridan foydalanadi. Investitsiya faoliyatini tartibga solishning tashkiliy masalalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi iqti­sodiy aloqalami keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va xorijiy sarmoyadorlarga ishonchli kafolatlarni ta’minlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy firmalar o‘rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi1 farmonida Tashqi iqtisodiy aloqa­lar, investitsiyalar va savdo vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilab berildi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash sohasida yagona davlat siyosati o'tkazilishini ta’minlash;

  • jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollarini hamda samaradorligini hisobga olgan holda ulaming ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlami o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro‘yobga chiqarishga ko'maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan o‘zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash;

  • qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko‘maklashish, investitsiya loyihalari ro'yobga chiqarilishi monitoringini amalga oshirish, xorijiy investorlarga zarur axborot yordamini ko‘rsatish.

Shuni ham ta’kidlash joizi, respublikamiz Prezidentining yuqoridagi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masa­lalari bo'yicha idoralararo Kengash hamda eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika Kengashi tugatilib, ulaming vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi. Albatta, bu ushbu vazirlikning investitsiya faoliyatini tartibga solishdagi ta’sirini yanada kuchaytiradi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan bevosita tartibga so­lish, asosan, davlat dasturlarini bajarishga moliyaviy resurslarni yo‘naltirish bilan amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy ajratmalar har yili qabul qilinadigan davlat Investitsiya dasturida ko‘zda tutiladi.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagilar ko‘zda tutiladi:

  • Investitsiya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish (soliq tizimini va amortizatsiya hisoblash mexanizmini takomillashtirish, investitsiya faoliyati subyektlari uchun maxsus soliq tartiblarini o‘matish, investorlarning huquqlarini himoya qilish, investitsiya faoliyati subyektlari uchun yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha qulay sharoitlar yaratish;

  • axborot-analitik markazlar tarmog‘ini barpo etish va rivojlantirish, monopoliyaga qarshi choralar qo‘llash, moliyaviy lizingni rivojlantirish, inflyatsiya sur’atlariga muvofiq asosiy fondlami qayta baholash va h.k.);

2. Investitsiya faoliyatini amalga oshirishda davlatning bevosita ishtiroki (xorijiy mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va moliyalashtirish, respublika uchun ahamiyatli bo‘lgan qurilish obyektlari ro'yxatini shakllantirish, budjet mablag‘lari bo‘yicha investitsiya loyihalari yuzasidan tanlov asosida davlat kafolatlarini taqdim qilish, investitsiya loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish, investitsiya loyihalari bo'yicha standartlar (me’yorlar, qoidalar) ishlab chiqish va tasdiqlash va ulaiga amal qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, konsessiyalar taqdim qilish).
Investitsiya faoliyatini tartibga solish va boshqarishning xorij tajribalarida davlatning faol aralashuvi muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat quyidagi funksiyalami bajaradi:

  • tartibga solish;

  • nazorat qilish;

  • rag‘batlantirish.

Xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi xalqaro moliya tash- kilotlaridan tashqari ushbu investitsiyalarni kafolatlovchi va tar­tibga soluvchi maxsus xalqaro tashkilotlar ham mavjud. Inves- titsiyalami kafolatlash bo‘yicha xalqaro agentlik (IKXA), Investitsion da’volami tartibga solish bo‘yicha xalqaro markaz (IDTSXM) va Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi (XIMBA) shular jumlasidandir.


II BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatining samaradorligi tahlili
2.1.Sanoat tarmog'ining iqtisodiy mohiyati va uning O'zbekiston iqtisodiyotida tutgan o'rni



Download 43,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish