I BOB.Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati
1.1.Investitsiya faoliyati,uning mohiyati va mazmuni
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiyotning bir tomonlama xomashyoviy yo‘nalishga tayanilishiga qat’iy barham berish, mustaqil milliy iqtisodiyotni yaratish va uni rivoj- lantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, xorijiy investitsiyalarni samarali jalb qilishga kuchh ehtiyoj tug‘iladi.
«Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlaming eng muhim sharti va manbai bo’lmog’i kerak».1
Investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, belgilangan maqsadlarga erishish hamda iqtisodiy siyosat- ning qisqa muddath va uzoq istiqbol uchun belgilangan vazifala- rini bajarishga xizmat qiladi. Investitsiya jarayonlarini faollash- tirish va iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorhgini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida iqtisodiy subyektlar uchun qulay xo'jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuyi investitsiya siyosatini anglatadi. Investitsiya siyosatiga iqtisodiyotning ustuvor tarmoq- larini rivojlantirish, qo‘llab-quwatlash, investitsiya faohyatining o‘rta va uzoq muddatli maqsadlari hamda ularga erishish yo‘lla- rini belgilash, markazlashtirilgan investiyatsiyalash jarayonidan markazlashtirilmagan investitsiyalashga o‘tish, investitsiya strategiyasini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar tizimi, ustuvor investitsiya loyihalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi sifatida ham qaraladi. Ushbu siyosat O'zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini davlat tomonidan boshqarish shakllari, yo‘nalishlari va maqsadlarini belgilab beradi.
Ma’lumki, mamlakatimizning jahon maydonidagi raqobatdoshligini, eng avvalo, puxta ishlab chiqilgan va oqilona yuritilayotgan investitsiya siyosati orqaligina ta’minlash mumkin. Milliy mahsulotlarimiz raqobatdoshligini ta’minlash uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash bo‘yicha katta va kichik loyihalarni ishlab chiqish, buning uchun zarur mablag' va manbalarni topish — bu birinchi navbatdagi eng muhim vazifa bo'lishi zarur. Shu bilan birga, investitsiya siyosatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoq kerak.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarda hududiy investitsiya siyosatini оlib borish o’ta muhim masalalardan sanaladi. Davlat doimiy ravishda har bir hududning iqtisodiy imkoniyati, rivojlanish darajasini e’tiborga olgan holda investitsiya siyosatini olib boradi. AQShda federal darajada maxsus xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish dasturlari ishlab chiqilmagan. Xorijiy investitsiyalar uchun tavsiya etiladigan barcha imtiyoz va engilliklar shtatlar darajasida ishlab chiqilgan. Bu, o’z navbatida, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha shtatlar o’rtasida erkin raqobatni vujudga keltiradi. Barcha 50 ta shtat milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo’yicha o’zining maxsus dasturiga ega. Har bir shtat aniq maqsadga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha bir necha xil dasturlami ishlab chiqadi. Ular quyidagi maqsadlarda bo’lishi mumkin: ish joylarini tashkil etish; shtatni va alohida shtat hududlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni rag’batlantirish; zamonaviy ilg’or texnologiyani joriy etish va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga erishish va hakozo.
Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik xorij kapitali va investitsiyani maxsus qonunlarsiz ham yetarlicha himoyalash imkoniyatini beradi. Bu yerda xorijiy investitsiyalar ham ichki investitsiyalar kabi umumiy qonunlar asosida muvofiqlashtiriladi. Bu mamlakatlardagi aniq ishlab chiqilgan qonuniy baza xorijiy investorlaming to‘laqonli faoliyatini, ya’ni yangi kompaniyalarni tashkil etishda erkin faoliyatni (ro'yxatdan o‘tkazish jarayoni, mulk huquqi kafolati), foyda olish (soliq siyosatidagi yengillik va imtiyozlar), nizolami tartibga solish (mehnat qonunlaridagi shaffoflik, monopohyaga qarshi aniq tadbirlar) kabilarni kafolatlaydi.
G‘arb mamlakatlarida hukumat kapital qo‘yilmalami faollashtirish strategiyasida, ko‘proq, xorijiy investitsiyalarni muvofiqlashtirishning egri usulidan (soliq, amortizatsiya, moliya- kredit siyosati) foydalanishni afzal ko‘radi. So‘nggi ikki o‘n yillikda G'arbda investitsiya qarorlarini qabul qilishda va amalga oshirishda mahalliy hududlaming javobgarligi va roli oshib bormoqda. Qator mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) mahalliy organlar xorijiy investitsiyalarni va investorlar faoliyatini muvofiqlashtirishda yetarhcha mustaqillikka egadirlar. Bu yerda investitsiya bozorini muvofiqlashtirishning asosiy vositasi sifatida daromad solig'i (foyda solig‘i) qo‘llaniladi. Bu soliq stavkasining o‘zgarishi firma va kompaniyalaming investitsiya faoliyatiga bevosita ta’sir etadi.
Umuman, so‘nggi 20 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda investitsiya faoliyati keng kompyuterlashtirish, resurslami tejash, yangi zamonaviy texnologiya, shuningdek, mahalhy hoki- miyatning roh va javobgarligini oshirish asosidagi yangi boshqaruv tizimiga tayangan iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga yo'naltirilgan. Mahalliy hokimiyatlarga investitsiya dasturlarini boshqa- rishda, ekologik siyosatni yuritishda va hududiy rejalashtirishda asosiy rol berilgan. Jahon tajribasi shundan guvohlik beradiki, investitsiya dasturi va loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshishi uning ishtirokchilari o'rtasida optimal proporsiyani ta’minlashga bog‘hqdir.
Davlat ham bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, uning funksiyasiga, asosan, quyidagilami kiritish mumkin: huquqiy muvofiqlashtirishni ta’minlash, munitsipial tashkilollar bilan shartnomaviy munosabatlami rasmiylashtirish; moddiy va moliyaviy resurslami birlashtirish uchim sharoit yaratish, soliq yengilliklarini va boshqa moliyaviy imtiyozlarni belgilash; loyihani hayotga tatbiq etishda va uning noxush oqibatlari (ekologiya buzilishi, hududiy yer uchastkasining buzilishi va boshq.) uchun mahalliy organlaming javobgarligini aniqlash; loyiliani amalga oshirish uchun aholini, ijlimoiy tashkilotlami jalb etish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqah loyihani hayotga tatbiq etishning maqsadga muvofiqhgini keng targ‘ib etish.O’zbekistonning eksport imkoniyatini keskin oshirishda qimmath xom ashyoni qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan qo’shma korxonalami rivojlantirish, xorijlik sheriklar bilan zamonaviy, ixcham korxonalar tashkil etish, ularni, birinchi navbatda, mehnat resurslari va xom ashyo manbalariga, avvalambor, qisliloq joylariga yaqinroq joylashtirish zarurdir.
Globallashuv ishlab chiqarishning ko'chishiga va uning oqibati sifatida mahalliy darajada murakkab iqtisodiy vaziyatlaming (ishsizlik, budjetga sohq tushumlarining kamayishi) yuzaga keli- shiga sabab bo'ladi. Oxir-oqibat, globallashuv mohya operatsiyala- rining erkinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotiga, millatlararo korporatsiyalarning paydo bo‘lishiga, xalqaro raqobatning kuchayishiga olib keladi.
Xalqaro kapital migratsiyasi1 jahon xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlaming tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor-mamlakatlar texnik salohiyatini o‘stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasi bu ma’lum manfaatli maqsadga qaratilgan pul mablag‘lari (boyliklarni)ning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘chishini ifodalaydi. Kapital migratsiyasi ikki shaklda yuz beradi:
xorijga tadbirkorlik kapitalini chiqarish yoki xorijda iqtisodiy faoliyatini investitsiya qilish;
ssuda kapitalini chiqarish yoki xalqaro kredit.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni, biz, ko‘proq, tovar eksporti va importi tarzida ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Lekin hozirgi zamon iqtisodiyotida tovar-kapital eksporti va importi muhim o'rin tutadi.
Chetga kapital chiqarishning asosiy sababi xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi va chetdan olinishi mumkin bolgan foydaning yuqori bo‘lishi bo‘lsa, kapital import qilayotgan mamlakat uchun chetdan kelgan mablag‘ evaziga iqtisodiy faoliyatini jadallashtirishdir. Kapitallarning mamlakatlar bo‘ylab kо‘chib yurishidagi asosiy harakatlantiruvchi sabab (motiv) ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni xorijga chiqarishning kuchayishini, xorijiy investitsiyalaming milliy iqtisodiyotga kirib kelishini, iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallash- tiradigan jarayon tarzida baholash kerak.
Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o'sish sur’atlarining barqaror saqlab turilishi;
jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar;
ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasining chuqurlashuvi;
jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi;
ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlaming rivojlanishi;
bozorlaming o‘ta to‘yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi;
rivojlangan mamlakatlarga xos sotuvchilar o‘rtasidagi keskin raqobat;
milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi;
harakatdagi texnologiyalami takomillashtirish imkoniyat- larining qolmasligi;
sanoati rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, bandlik darajasini, ilg‘or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli miqdorda kapitallarni jalb qilishga yo'naltirilgan iqtisodiy siyosati;
xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo‘shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
mamlakatlar o‘rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida xalqaro kelishuvlar, ular o‘rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi va investit- siyalaming jalb qilinishiga ko‘maklashadi.
Xorijiy investitsiyalar migratsiyasini milliy investitsiya siyosatini оlib borishda va ulami amalga oshirishda, albatta, hisobga ohshga to‘g‘ri keladi. Ulami jalb qilish importyor mamlakat budjetiga soliq, ijara va boshqa tushumlami ko‘paytiradi. Ular yangi ish o‘rinlarini tashkil qilishga, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, jahon bozorlarida mustahkam o'rnashib olishga yordam beradi.
Xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotga kiritilishi ikkala tomonga ham manfaat keltirishni ko'zlaydi. Aks holda, bunday munosabatlar yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lar edi. Kapital qabul qiluvchi iqtisodiyot uchun xorijiy investitsiyalar daromad keltirmaganda edi, u kapitalni qabul qilmagan bo‘lar edi. Kapitalni joylashtiruv- chi (xorijiy investor) uchun kapitalni safarbar etishda kutiladigan daromad kapital evaziga olish mumkin bo'lgan bank foiz stavkasidan yuqori bo'lmaganda edi, u o‘z kapitalini o‘zga iqtisodiyotga safarbar etmagan bo‘lar edi.
Chetga kapitalni tadbirkorlik kapitali tarzida chiqarish ikki xil: to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel shaklida chiqariladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri kapital chiqarish bu investitsiya miqdori xorijiy korxonalami nazorat qilish huquqini beradigan darajada kapital qo'yishdir. Buni nazariy jihatdan qarasak, 50 % dan ortiq bo'lishi kerak. Lekin amaUyotda bu miqdor turli mamlakatlarda turlicha bo‘lib, kompaniyalar kapitaU 20-25 % va undan ham kam miqdomi tashkil etishi mumkin. Masalan, AQShda nazorat paketi aksiya- dorlik kapitalining 10 % igacha qismini tashkil etishi mumkin.
To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kapitalni joylashtirish shakli bо‘lib, investorning qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bolgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat yoki uning xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan investitsiyalaming kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilmasdan turib jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faolligini oshirish, modemizatsiya qilish, jahon bozoriga qaratilgan eksportbop mahsulotiar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi samaradorligini tubdan oshirish, qolaversa, iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o‘sishini ta’minlash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash vazifalarini hal etish qiyin.
Globallashuv kuchayishi tufayli butun dunyo bo‘ylab qisqa muddatlarda kapital, ishlab chiqarish, tovarlar, intellektual salohiyat, mehnat resurslari, axborotlar va boshqalaming ko'chish jarayoni jadallashadi. Shuning uchun ham investitsiya siyosatini yuritishda bu vaziyatlami hisobga olishi zarur boladi.
Kapital migratsiyasi makro va mikro kolamda yuz beradi, ya’ni mamlakatlar o‘rtasida yuz berganda mamlakatning statistik hisoboti va tolov balansida aks ettiriladi. Mikro kolamda, ya’ni korporatsiyaning ichki kanallari orqali, ko‘proq, transmilliy korporatsiyalarning bosh kompaniyalaridan filiallari, ikkilamchi kompaniyalariga, shaxobchalari tomon kapital harakati tarzida yuz beradi. Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtiroki darajasi qator ko'rsatkichlarda ifodalanadi. Ulardan biri kapital importi koeffitsiyentidir. Bu ko‘rsatkich import qilingan xorijiy kapitalning mamlakat YalMdagi ulushini ko‘rsatadi. Yevropa mamlakatlari o‘rtasida bu koeffitsiyentning eng yuqori darajasi Belgiya va Luksemburgda qayd etilgan. Ikkinchisi, kapital eksporti koeffitsiyentidir. Bu ko'rsatkich eksport qilinadigan xorijiy kapitalning YalMdagi ulushini aks ettiradi, Yevropa mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkichning maksimal miqdori Niderlandiyada qayd etilgan. Boshqa nisbiy ko'rsatkichlarga: xorijiy yoki qo'shma kompaniyalaming milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti-importining oldingi davrga nisbatan o‘sish sur’atlari, mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xorijiy investitsiyalar summasi kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |