Askaridaning zarari. Askarida bilan kasallangan kishi ozib ketadi, rangi siniq bo‘ladi. Uning qorni muntazam og‘rib turadi. Ichakdagi askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtirmaslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya qilish zarur. To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jara yonida qadimgi yassi chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo‘lgan, ulardan to‘garak chuvalchanglar kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |