9. Kernlarni chiqarishga ta’sir qiluvchi kuchlar va burg‘ilash boshchalari. - Gidrotransport bilan namunalarni burg‘ilash rejimining parametrlari aylanish chastotasiga, о‘qli yuklanmaga, yuvish suyuqligining sarfiga va koronkaning kо‘tarish balandligiga bog‘liq.
- Jihozning aylanish chastotasi 100-250 ay/daq chegarasida. Kо‘p hollarda aylanish chastotasini 150 ay/min atrofida ishlatish tavsiya etiladi, bundan katta aylanish tezligida salnik va tiqilib qolish holatlari bо‘lishi kuzatiladi. Aylanish chastotasi yaxlit va kuchsiz yoriqlangan jinslarni burg‘ilashda 200-250 ay/daq atrofida tavsiya etiladi. Yuvuvchi eritmalarni quduqqa 140-160 l/daq berish tavsiya etiladi, yoriqli jinslarda 200-250 l/min. Kernlar suv sarfi 60-70 l/daq bо‘lganda chiqariladi, chunki 100 l/daq bо‘lganda quyqumlashish (kukunsimon jinslarning kо‘yishi) quvur va markaziy burg‘ilash birikmasining tizmasida kuzatiladi hamda markaziy kanalda kernlarning tiqilib qolish holatlari bо‘lishi mumkin.
- Normal burg‘ilash jarayonida nasos manometridagi bosimning kо‘rsatkichi 0,5 dan 2,5-3,0 MPa va burg‘ilash qudug‘ining chuqurligi 100 metrdan katta bо‘lganda kuzatiladi. Bosimning tez pasayib ketishi natijasida ichki tizmaning germetik holatining yо‘qotilishi, bosimning kо‘tarilishi va namunalarning yopishib qolish holatlari sodir bо‘ladi.
- Kernilarni tо‘liq chiqishini ta’minlash uchun tо‘rt metrli quvurdan foydalanilganda bir metr chuqurlikka yetganda tо‘xtatish kerak.
- Namunalarning koronkaga tiqilib qolishi murakkab jarayon, ular kо‘p holatlarda kukunsimon mahsulotlar hosil bо‘lganda tiqiladi. Bu yopishib tiqilib qolishni bartaraf qilishda, о‘qli yuklanma oshiriladi, kernni kolonkaning ichkarisiga itarish yoki kо‘tarilgan snaryad aylantiriladi. Suvning gidravlik zarbasini jо‘mrak yordamida tez yopish yoki ochish bilan bartaraf etiladi. Kernlarni tiqilib qolishini bartaraf etishda yuvish tо‘g‘ri va teskari usullarda yoki jihozlar 0,5-1 metr yuqoriga kо‘tarilgan holatda amalga oshiriladi
- Jinslarning fizik–mexanik xossasiga bog‘liq holda namuna va shlamning materiali uchta kо‘rinishga ega:
- 34 – 38 mm diametrli ustunlar bilan har xil balandlikdagi gilli, zich bо‘rlar va boshqa qatlamlarni burg‘ilashda;
- bо‘lakcha shaklidagi va qisman aylana shaklida, tuproq–о‘simlik qatlamiga, qum, soz tuproq, shamollagan kristall va sochiluvchan gruntlarga mos;
- tekis kо‘rinishda uzunligi 30–70 mm, qalinligi 5–10 mm, kuchsiz plastik jinslarni burg‘ilashda;
- Kernlarni sifatli chiqishiga va ularning tuzilishini saqlab qolishda quyidagi burg‘ilash sharoitlari ta’sir qiladi:
- kolonkali jihozning mexanik ta’sirida hosil bо‘ladigan titrash (tebranish) va zarbali kuch ta’sirida parchalanishi, о‘zi tiqilib qolishi, qirilishi va namunaning maydalanib ketishi;
- yuvuvchi eritmaning gidromexanik kuchi ta’sirida, parchalanish va kernni qisman yuvilishi;
- yuvuvchi eritma bilan bir necha turdagi tog‘ jinslarni mayda bо‘lakchalarini aralashib ketishi;
- kernni qoniqarsiz darajada yopishishi va uni kо‘tarishda quduqni tagiga tushib ketishi;
- burg‘ilash texnologiyasini buzilishi va tashkiliy-texnik tadbirlarni talab darajasida olib borilmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |