3. Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazmuni
Fuqarolik huquqi nazariyasida mutlaq huquqlar deyilganda bunday
huquqlar sohiblari (egalari)ni turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat
mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish va sh.k.) bo'yicha haqdorligi,
vakolatliligini, ayni vaqtning o'zida boshqa har qanday shaxslarga bunday
yuqorida
ko‘rsatilgan
harakatlami
sodir
etishning
taqiqlanishini
ta’minlovchi subyektiv mutlaq tushuniladi2. Mutlaq huquqlar huquqiy
mexanizmi odatdagidek egallab turishi mumkin bo‘lmagan, bir vaqtning
o ‘zida nomuayyan doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin bo'lgan
obyektlarga nisbatan huquq sohibi mulkiy huquqlarining amalga
oshirilishini ta’minlovchi muhim vositadir, biroq mulk huquqi va mutlaq
huquqlar aslo ayniy tushunchalar emas, ulaming farqlari haqida yuqorida
mufassal to‘xtab o'tilgan edi.
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlami aks ettiruvchi
vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk
obyektidan o ‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda, har qanday usulda
mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi.
Ushbu mutlaq huquqlar o'z xarakteri va mazmuniga ko'ra mulkiy
huquq hisoblanadi.
Intellektual mulk obyektidan o'z xohishiga ko'ra foydalanish
deyilganda huquq sohibining o'z erki, irodasi bilan, hech qanday
majburlashsiz, tazyiqlarsiz foydalanish tushuniladi.
Obyektlardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish
deyilganda undan turli obyektiv shaklda ~ qo'lyozma, bosma asar, apparat,
qurilma, etiketka, har xil yorliqlar, maket, inshootlar, haykallar va shu
kabilarda hamda turli vositalar yordamida qo'lyozma shaklida tarqatish,
nashr etish, og'zaki o'qish, reklama prospektlariga joylashtirish,
qurilishlarda mujassamlashtirish va hokazo usullarda ekspluatatsiya qilish,
foydalanish tushuniladi.
1 Afsuski, JK fuqarolik huquqi, mulk huquqi va intellektual mulk huquqi bilan tartibga solinidagina va
mustahkamlanadigan “intellektual mulk” iborasini “tafakkur mulki” deb nomlanishi aytish mumkinki, birmuncha
g ’alizliklami keltirib chiqaradi.
Qarang: Гражданское право. -М .: БЕК. 1994. T .l. 314-бет.
214
Obyektdan foydalanish shakllari va usullari qonun yo‘l qo‘ygan
asoslarga to‘la muvofiq bo‘lishi shart. Buning uchun mutlaq huquq sohibi
belgilangan talablarga rioya qilmog‘i shart. Masalan, yangi ixtiro asosida
avtomobil yasagan ixtirochi bu avtomobilni tegishli davlat idoralarida
(masalan, Davlat avtomobil inspeksiyasida) qayd ettirgan boiishi shart.
Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga nisbatan tovar belgilari bolalar
muassasalarida reklama prospektlari orqali joylashtirilishi mumkin emas.
Yangi dori-darmonlar yaratgan shifokor undan foydalanishda qonunda
belgilangan talablarga rioya qilishi shart. Aks holda intellektual mulk
obyektidan foydalanish qonuniy foydalanish hisoblanmaydi.
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo‘lgan intellektual
mulk obyektlaridan boshqa shaxslaming foydalanishiga faqat huquq egasi
ruxsati bilan yo‘l qo'yiladi.
Agarda mutlaq huquq bir necha shaxsga tegishli bo‘Isa (masalan,
mualliflarga) uchinchi shaxslar mutlaq obyektdan foydalanish uchun
barcha huquq sohiblaridan ruxsat olmog'i shart.
Uchinchi shaxslaming mutlaq huquq sohibidan olinadigan obyektdan
foydalanishga roziligi ochiq - yaqqol ifodalangan bo‘lishi, tegishli
huquqiy shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Indamaslik, sukut rozilik
alomati hisoblanmaydi.
Ko‘pgina intellektual mulk obyektlaridan bir vaqtning o ‘zida cheksiz
doirada uchinchi shaxslaming foydalanishi imkoniyati mavjud bo‘ladi,
biroq uchinchi shaxslar bunday imkoniyatdan har doim faqat mutlaq
huquq sohibining roziligi asoslaridagina foydalanishlari shart.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasi roziligini olmasdan
foydalangan uchinchi shaxslar tegishli fuqarolik-huquqiy tartibda javobgar
bo‘ladilar. Huquq egasi o ‘z huquqlarini sud tartibida himoya qilishga,
uchinchi shaxslardan huquq buzarli harakatlarini to'xtatishga, keltirilgan
hamma zarami, shu jumladan, ma’naviy zarar qoplanishini uchinchi
shaxslar huquqbuzarlik natij asida olgan barcha daromad va foydalami
o ‘ziga undirib berilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni
boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o ‘tkazishga, intellektual mulk
obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va agar FK
hamda boshqa qonunlaming qoidalariga zid boim asa, ulami boshqacha
tarzda tasarruf etishga haqli.
Umumiy qoidaga ko‘ra, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq
huquq mulkiy huquq sifatida fuqarolik muomalasida faol harakatda
bo‘ladi. U turli bitimlar va shartnomalar predmeti bo‘lishi mumkin.
215
Binobarin, intellektual mulk obyektiga bo'lgan mutlaq huquq egasi bu
huquqni haq evaziga yoki tekin holda boshqa shaxslarga to'liq yoki
qisman o'tkazish (sotish, hadya qilish, ma’lum cheklangan qoidada
foydalanishga ruxsat berishga va hokazo) ga haqli.
Mutlaq huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi mutlaq huquqni to'liq
hajmda uchinchi shaxsga o'tkazadi, demak, bu huquqni o'zidan to'la
begonalashtiradi, natijada uchinchi shaxs mutlaq huquq egasi hisoblanadi.
Mutlaq huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi o'z huquqining
ma’lum qismini o'zida saqlab qolgan holda, qolgan qismini uchinchi
shaxslarga o'tkazadi.
Mutlaq huquqlami boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman o'tkazishni
huquqiy rasmiylashtirish shartlari va tartibi FKning 1035-moddasida
belgilab qo'yilgan.
Intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslaming foydalanishiga
ruxsat berish bu obyektga nisbatan mutlaq huquq sohibining vakolatiga
kiradi. Obyektdan foydalanishga ruxsat berishda mutlaq huquq shu huquq
sohibining o'zida qoladi, undan begonalashtirilmaydi, bunda uchinchi
shaxslarda obyektdan foydalanish huquqigina vujudga keladi. Foydalanish
shartlari, tartibi mutlaq huquq va foydalanuvchi o'rtasidagi kelishuv
asosida belgilanadi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasi o'z
huquqini FK va amaldagi qonunlarga zid bo'lmagan har qanday tarzda
tasarruf etishga haqli. Masalan, mutlaq huquqlar egasi bu huquqlami o'z
majburiyati yoki uchinchi shaxslar majburiyatlarining bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida garovga qo'yishi mumkin.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi o'z
huquqini qonunda man etilgan tarzda tasarruf qilishga haqli emas.
Huquqni tasarruf etishning qonun man etgan usuli FKda yoki amaldagi
qonunlarda bevosita ko'zda tutiladi. Masalan, konstitutsiyaviy tuzumga
qarshi, urush, millatlararo adovat, behayolikni targ'ib etuvchi asarlami
tarqatish (haq evaziga yoki tekin) qonunga asosan man qilinadi. FKning
1101-moddasiga asosan yuridik shaxs qayta tashkil etilmagan yoki boshqa
shaxsga o'tkazilmagan hollardan tashqari, yuridik shaxsning firma nomiga
bo'lgan mutlaq huquqi boshqalarga o'tkazilishiga mxsat berilmaydi.
Mutlaq huquqlami cheklashga, shu jumladan, intellektual mulk
obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo'li bilan
cheklashga, bu huquqlami haqiqiy emas deb topishiga ulami tugatishga
(bekor qilishga) FKda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda,
doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
216
Quyidagi intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq sohibining
mutlaq huquqlarini cheklash hollari, tartibi qonunlarda nazarda tutilgan:
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan (“Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalari to ‘g ‘risida”gi qonuni);
seleksiya yutuqlaridan (“Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonuni);
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan (“EHM uchun
dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g ‘risida”gi
qonuni);
mualliflik huquqi obyektlaridan (FKning 1058-1061-moddalari)
hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida”gi qonun.
Mutlaq huquqlar intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslaming
foydalanishga imkoniyat berish orqali qonunlarda nazarada tutilgan
hollarda cheklanishi mumkin. Bunday holatlar quyidagi obyektlarga
nisbatan mavjud:
sanoat mulki obyektlaridan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to‘g ‘risida”gi qonunning 2-moddasida belgilangan hollarda va
tartibda uchinchi shaxslar foydalanishi uchun majburiy litsenziya tartibida;
sanoat mulki obyektlaridan avvaldan foydalanib keluvchi shaxslarga
(“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuni);
oshkor etilmagan axborotlardan foydalanish (FKning 1096-moddasi
4-qismida belgilangan hollarda);
mualliflik huquqi obyektlaridan (“Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‘g ‘risida”gi qonuni);
firma nomi, tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan mutlaq
huquqlami cheklash qonunlarda nazarda tutilmagan.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlami haqiqiy
emas deb topish asoslari ham amaldagi qonunlarda aniq belgilab
qo‘yilgan;
Sanoat mulki obyektlariga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza
yorliqlari huquqiy muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan
obyektlarga nisbatan yoki huquqiy muhofaza yorlig‘i olishga haqli
bo‘lmagan shaxs nomiga berilgan hollarda;
seleksiya yutuqlariga nisbatan mutlaq huquq “Seleksiya yutuqlari
to ‘g ‘risida”gi qonunida ko‘rsatilgan hollarda;
tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan “Tovar belgilari, xizmat
ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g ‘risida”gi
qonunida belgilangan hollarda va tartibda.
217
Boshqalaming asarlarini o'zlashtirish orqali ushbu asarlarga nisbatan
mutlaq huquqqa ega bo'lgan shaxslaming bunday o'zlashtirilishi natijasida
olgan huquqi ham haqiqiy hisoblanmaydi.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlami haqiqiy
emas deb topish bunday huquqlaming vujudga kelishi uchun asos bo'lgan
huquqiy muhofaza yorlig'i bergan vakolatli davlat organi, Appelyatsiya
kengashlari yoki sud tomonidan (mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan)
amalga oshiriladi. Bunda mutlaq huquq avval boshdan (qaror chiqarilgan
paytdan emas) haqiqiy emas deb topilib shaxsning bunday huquqdan
foydalanish natijasida olgan barcha daromadlari mutlaq huquqning haqiqiy
egasi foydasiga undirilishi mumkin.
Ba’zi intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
boshqa asoslarda muddatdan oldin bekor bo'lishi ham mumkin. Masalan:
seleksiya yutuqlariga nisbatan (“Seleksiya yutuqlari to'g'risida”gi
qonuni);
ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan (“Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalari to‘g'risida”gi qonuni);
tovar belgilariga nisbatan 'Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari
va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida”gi qonuni);
mualliflik huquqlari obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi bu
huquqdan ixtiyoriy voz kechgan hollarda;
oshkor etilmagan axborotlar ulaming huquqiy muhofaza qilinishi
shartlaridan (FKning 98-moddasi) biri mavjud bo'lmay qolgan hollarda
unga nisbatan mutlaq huquqlar ham bekor bo'ladi.
Mutlaq huquqni haqiqiy emas deb topishda mutlaq huquq ilgaridan
mavjud emas deb hisoblanadi. Mutlaq huquq muddatidan oldin bekor
bo'lganda esa u bekor qilingunga qadar mavjudligi tan olinadi va faqat
keyingi davr uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi.
Mutlaq huquqlami cheklashga bunday cheklash intellektual mulk
obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan va huquq egalarining
qonuniy tnanfaatlarini kamsitmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
Qonunlarda intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq
huquqlami cheklash, eng avvalo, ijtimoiy va davlat manfaatlarini nazarda
tutib belgilangan. Lekin bu cheklashlar qonunda qat’iy belgilangan
hollarda, shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. Bunday cheklashlar
natijasida uchinchi shaxslar intellektual mulk obyektidan vaqtinchalik,
qisman va ma’lum bir maqsadlardagina foydalanishga haqli bo'ladilar
(ba’zi holatlarda faqat haq evaziga). Bunday cheklashlar asosida uchinchi
shaxslarda mutlaq huquq aslo vujudga kelmaydi.
218
Intellektual mulk obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazish,
eng avvalo, mutlaq huquq sohibining bu obyektdan foydalanish
imkoniyatlari cheklanishida, turli to‘sqinliklarda namoyon bo'ladi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasining qonuniy
manfaatlari kamsitilishi uning obyektidan kelayotgan yoki oladigan
daromadlarining kamayishida, shaxsiy huquqlarining buzilishida namoyon
bo‘ladi. Agar mutlaq huquqni cheklashlar yuqoridagi oqibatlarga olib
kelsa, huquq egasi o ‘z huquqining sud orqali himoya etilishini talab
qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga
tegishli mulkiy huquqlar, agar FKda yoki boshqa qonunda boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma
bo‘yicha boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o ‘tkazilishi mumkin,
shuningdek, bu mutlaq huquqlar meros bo‘lib va yuridik shaxs bo‘lgan
huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o ‘tadi.
Ushbu belgilangan qoidaga intellektual mulk obyektiga nisbatan
mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar huquq egasi tomonidan
shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o ‘tkazilishi
mumkin. Bunda nazarda tutilgan huquqlar faqat mulkiy xarakterga ega
bo'ladi, shaxsiy huquqlarga nisbatan ushbu qoida taalluqli emas.
0 ‘tkazilayotgan mulkiy huquqlar mutlaq huquqlardan kelib chiqishi va
faqat huquq egasiga tegishli bo‘lishi shart. Mulkiy huquqlar deganda
intellektual mulk obyektidan shaxsan foydalanish yoki uni haq evaziga
foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha huquq egasiga tegishli vakolatlar
tushuniladi.
Mulkiy huquq to'liq o ‘tkazilganda huquq egasi bu huquqlardan
mahrum bo‘ladi va bunday huquq uchinchi shaxslarda vujudga keladi.
Mulkiy huquq qisman o ‘tkazilganda huquq egasi uning ma’lum qsimini
o ‘zida saqlab qolib, qolgan qismini o ‘tkazadi. Mulkiy huquqlar faqat
shartnoma asosida o ‘tkaziladi. SHartnoma mulkiy huquq egasi va huquq
to‘liq yoki qisman o ‘tkazilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Bunday
shartnomalarga nisbatan agarda qonunlarda boshqacha nazarda tutilmagan
bo‘Isa, Fkning 26-bobi (SHartnoma tushunchasi va shartlari), 28-bobi
(SHartnoma shartlarini o ‘zgartirish va shartnomaning bekor bo‘lishi)da
belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnoma tuzuvchi taraflar - intellektual mulk obyektiga nisbatan
mutlaq huquq egasi va mutlaq huquqdan vujudga keluvchi mulkiy
huquqlar o ‘ziga o ‘tkazilayotgan shaxs nomlari, agar mutlaq huquq
vakolatli davlat organi tomonidan intellektual mulk obyektiga nisbatan
219
berilgan huquqiy muhofaza yorlig‘i asosida vujudga kelgan bo‘Isa, ushbu
yorliqnoma va qayd ro‘yxati raqami, uning amal qilish muddati,
o ‘tkazilayotgan mulkiy huquq mazmuni va hajmi, undan foydalanish
shartlari, muddati, agar shartnoma haq baravariga tuzilayotgan bo'lsa,
to'lanadigan haq miqdori va to'lash tartibi, mulkiy huquq qisman
o'tkazilganda undan foydalanish ustidan huquq egasining nazorat qilish
bo'yicha vakolatlari, taraflaming boshqa huquq va majburiyatlari,
shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflaming javobgarhgi va
hokazolar ko'rsatilishi lozim. Shartnoma taraflar tomonidan imzolanib,
tegishli rasmiylashtirilishi shart. Shartnoma shakli turli intellektual mulk
huquqi obyektlari uchun turlicha bo'lishi qonunlarda belgilab qo'yilgan.
Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlar o'tkazilganda
shartnoma yozma ravishda tuzilib, notarial guvohlantirilishi lozim. Mutlaq
huquq intellektual mulk obyektlariga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza
yorlig'i (patent, guvohnoma) asosida vujudga kelgan bo'lsa, bunda mulkiy
huquqni
o'tkazish
haqidagi
shartnoma
yozma
tuzilib,
notarial
guvohlantirilib vakolatli davlat idorasining ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Ushbu qoida nou-xauga nisbatan ham amal qiladi. Aks holda shartnoma
haqiqiy sanalmaydi.
FKda va amaldagi qonunlarda ayrim intellektual mulk obyektlariga
nisbatan mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi mulkiy huquqlaming huquq
egasi tomonidan boshqa shaxslarga o'tkazish malasida yuqoridagi
qoidalardan istisnolar mavjud. Masalan, FK 1110-moddasi 3-qismiga
asosan tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa
shaxsga berishga, uni boshqa shaxsga o'tkazish haqidagi boshqa
bitimlarga va uni litsenziya asosida foydalanish uchun berishga yo'l
qo'yilmaydi. FKning 1101-moddasida firma nomiga bo'lgan huquqni
boshqa shaxsga o'tkazish tartibi va shartlari belgilangan bo'lib, u
yuqoridagi umumiy qoidalardan farq qiladi. FKning 1105-moddasi 2-
qismiga asosan tovar belgisiga bo'lgan huquqni, basharti u tovar yoki
uning tayyorlovchisi haqida chalg'ishga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa,
boshqa shaxsga berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar huquq egasi
vafotidan keyin meros tartibida qonuniy merosxo'rlarga yoki vasiyat
asosida
boshqa
shaxslarga
o'tadi.
Bunda
vujudga
keladigan
munosabatlarga nisbatan FKning vorislik haqidagi belgilangan normalari
qo'llaniladi. Intellektual mulk obyektlariga mutlaq huquqlar egasi yuridik
shaxs bo'lsa, bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda (uni
boshqa bir yuridik shaxs bilan qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish,
2 2 0
ajratib chiqarish, o ‘zgartirish - FKning 49-moddasi) mutlaq huquq vorislik
tartibida yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga o ‘tadi. Qayta tashkil
etishning bo‘lish, ajratib chiqarish, o'zgartirish hoJlarida yangi vujudga
kelgan yuridik shaxslaming qaysi biriga mutlaq huquq o‘tishi ulaming
o ‘zaro kelishuvi asosida, bunday kelishuvga kelishilmagan taqdirda sud
tomonidan belgilanadi.
Meros tartibida va huquqiy vorislik tartibida mutlaq huquqlaming
o‘tish fakti notarius tomonidan berilgan meros guvohnomasi, huquqiy
muhofaza yorlig‘i mavjud bo‘Isa, ushbu yorliqni mutlaq huquqni yangi
egasi nomiga rasmiylashtirish haqida vakolatli davlat idorasining tegishli
hujjati olinishi va u davlat ro‘yxatidan o'tkazilishi shart.
Mulkiy huquqlaming shartnoma bo‘yicha o ‘tkazilishi yoxud ulaming
universal huquqiy vorislik tartibida o ‘tishi mualliflik huquqlarining va
boshqa begonalashtirilmaydigan hamda o ‘zgaga o ‘tkazilmaydigan mutlaq
huquqlaming o ‘tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo‘lmaydi. Bunday
huquqlar o ‘tkazilishi yoki cheklanishi to‘g‘risidagi shartnoma shartlari
haqiqiy emas.
Ushbu qoida ijodiy faoliyat natijasining yaratuvchisi bo‘lgan
muallifning bu natijalarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan
holatiga taaluqlidir. Bunday holda agarda muallif mutlaq huquqdan kelib
chiquvchi mulkiy huquqlami shartnoma asosida boshqa, uchinchi
shaxslarga o ‘tkazsa yoki muallif vafoti tufayli bunday mulkiy huquqlar
universal
vorislik
tartibida
huquqlar
(uning
o ‘zidan
begonalashtirilmaydigan va boshqa birovga o ‘tkazilmaydigan) aslo bekor
bo‘lmaydi, cheklanmaydi yoki ulaming ham shartnoma asosida uchinchi
shaxslarga yoki vorislarga o ‘tishiga olib kelmaydi. Hatto huquq sohibi
muallifning o ‘zi bo'lmay, boshqa shaxs bo‘lgan taqdirda ham, mutlaq
huquqlardan kelib chiquvchi boshqa mulkiy huquqlar bu huquqlar egasi
tomonidan shartnoma asosida uchinchi shaxsga yoki universal vorislik
tartibida vorislarga o ‘tgan taqdirda ham bu holat muallifning huquqini
hamda boshqa o ‘tkazilmaydigan va begonalashtirmaydigan huquqlaming
o'tishiga, bekor bo‘lishiga yoxud cheklanishiga olib kelmaydi.
Ijodiy faoliyat natijasi yaratuvchisi bo‘lgan muallifning faqat
o'zigagina tegishli bo‘lgan, boshqa birovga o'tkazilmaydigan va
begonalashtirilmaydigan mutlaq huquqlari doirasi, turlari va mazmuni
FKning 1033-moddasida belgilab qo‘yilga.
Bunday huquqlaming o ‘tkazilishi yoki cheklanishi haqidagi shartlar
ko‘zda tutilgan shartnoma muallifning o ‘zi bilan uchinchi shaxs o ‘rtasida
yoki intellektual mulk obyektining yaratuvchisi bo‘lmagan mutlaq huquq
221
sohibi va uchinchi shaxs o ‘rtasida tuzilganligidan qat’i nazar,
shartnomaning o'sha shartlari nazarda tutilgan qismi haqiqiy sanalmaydi
va hech qanday huquqiy obyekt vujudga keltirmaydi. Bunday shartnoma
o‘z-o‘zicha haqiqiy sanalmaydi va unga nisbatan FKning 113-moddasi 3-
qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Shartnomaning yuqoridagi shartlarini haqiqiy emas deb topish haqida
sud tomonidan qaror chiqarilishi talab etilmaydi.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mualliflik huquqlari bu
obyektga nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida qancha
shaxslarga o'tkazish orqali harakatda boiganidan qat’iy nazar, muallifning
o'zida saqlanib qoladi. Boshqacha aytganda, obyektga nisbatan mutlaq
huquqlar necha martalab boshqa uchinchi shaxslarga o'tganligi fakti
muallifning o'ziga tegishli bo'lgan va undan begonalashtirilishi mumkin
bo'lmagan huquqlaming amal qilishiga biror-bir darajada to'sqinlik
qilmaydi.
Shartnoma bo'yicha o'tkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab
qo'yilishi lozim. Shartnomada boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquq
sifatida ko'rsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hoi isbotlanmagan
bo'lsa, o'tkazilmagan hisoblanadi.
Ma’lumki, mutlaq huquq mulkiy huquqlar majmui sifatida huquq
egasi intellektual mulk obyekti bo'yicha o'zi sodir etishga haqli bo'lgan,
boshqalarga sodir etishga ruxsat bera oladigan yoki sodir etishni taqiqlab
qo'ya olishga haqli bo'lgan xilma-xil vakolatlami o'z ichiga oladi. Shu
sababli ham mutlaq huquqlar shartnoma asosida huquq egasi tomonidan
boshqa shaxsga o'tkazilganda aynan qanday huquq (masalan, ma’lum
hudud doirasida shaxsan tanho foydalanish, boshqa foydalanuvchilar ham
mavjud bo'lgan asosda foydalanish, boshqa hudud doirasida bu huquqni
amalga oshirishga taalluqligi yoki taalluqli emasligi) o'tkazilayotganligi va
bu huquqdan kelib chiquvchi vakolatlami aniq belgilab, shartnomada aks
ettirish lozim. Shartnomada nazarda tutilmagan barcha huquqlar (mutlaq
huquqqa oid) toki buning aksi isbotlanmaguncha shartnoma bo'yicha
o'tkazilmagan deb hisoblanadi, degan prezumpsiya amal qiladi. Buning
ma’nosi shundan iboratki, agar shartnoma asosida mutlaq huquqlardan bir
qismini o'ziga olgan shaxs bu huquqlarda oid qo'shimcha boshqa
huquqlardan mutlaq huquqlar egasi roziligi yoki ruxsati asosida amalga
oshirilganligini tegishli dalil bilan isbotlab bermog'i shart. Aks holda, u
qo'shimcha huquqlami o'zlashtirib olgan hisoblanadi. Qo'shimcha
huquqlar mutlaq huquqlar egasi roziligi yoki ruxsati asosida olganligini
isbotlash majburiyati faqat uchinchi shaxs zimmasiga bo'ladi. Masalan,
2 2 2
ixtiroga nisbatan mutlaq huquqlar egasi engil mashinalar ishlab
chiqaruvchi korxonaga ma’lum markadagi engil mashinani ishlab
chiqarishda foydalanish uchun shartnoma asosida ixtirodan foydalanish
huquqini
o'tkazgan
bo‘lsa,
korxona
boshqa
markadagi
engil
avtomobillarga nisbatan ushbu ixtironi qo‘llay olmaydi (agar bu to‘g ‘rida
mutlaq huquqlar sohibining maxsus ruxsatini olmagan bo‘lsa).
Mutlaq huquqni uni amal qilish davri bo‘yicha cheklangan
muddatlarda foydalanish uchun boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi
shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar
qo‘llaniladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, FKning 1035-moddasi 1-3-
qismlarida ko'zda tutilgan qoidalar mutlaq huquqlar shartnoma asosida
yoki universal vorislik tartibida bunday mutlaq huquqlar amal qilishning
barcha qolgan muddati bo‘yicha uchinchi shaxsga utishga nazarda tutilgan
hollarga nisbatan taalluqlidir. Agar mutlaq huquqlar egasi bu huquqlami
boshqa shaxslarga vaqtinchalik o'tkazsa (ma’lum chegaralangan muddat
davomida), u holda bunday shartnoma litsenziya shartnomasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |