To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bosqichlari



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

1.2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bosqichlari
O ‘zbekiston  Respublikasi  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishning  asosiy 
yo‘nalishlaridan  biri  bu  iqtisodiy  islohotlami  bosqichma-bosqich  amalga 
oshirilishidir.  Bu  holat  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  ham  huquqiy  nuqtai 
nazardan 
asoslantirilgan. 
Shu 
ma’noda 
mamlakatimizda 
davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  dasturlar  asosida  bosqichma- 
bosqich amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
albatta  tabiiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  omillarga  asoslangan  holda  amalga 
oshirildi.  Respublikamiz,  qolaversa,  sobiq  Ittifoq  tizimida  bo'lgan  boshqa 
Respublikalarda  ham  har  bir  kishining  mulkdor  bo‘lish  his-tuyg‘usi 
shakllanib  bordi,  sababi  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  har  bir  kishining 
tadbirkor,  ijodkor  hamda  mulkdor bo‘lish  manfaati,  shunga  o‘xshash turli 
ehtiyojlari  endilikda  mulkni  butun  davlat  qo'lida  markazlashtirmay,  bir 
qismini  davlat  tasarrufidan  chiqarib boshqa  shakllarga o'tkazish,  ular teng 
mavqega  ega  bo‘lishi  va  ko'paytirilishi  zarur  ekanligini  ko‘rsatadi.  Bu 
holatlaming  hammasi  mulkka  nisbatan  bo'lgan  munosabatlami  boshqa 
shakli  uchun  o'zgartirishni  taqozo  etadi.  Shu  maqsadda  davlat  o'z 
mulkining bir qismini o'z tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirishga e’tibor 
qaratdi.
G.D.Otnyukova  xususiylashtirishni  uchta  bosqichda  o'rganadi. 
Xususiylashtirishni  amalga  oshirish  bosqichi  xususiylashtirishni  amalga 
oshirish  to'g'risidagi  tashabbus  asosida  boshlanadi.  Ikkinchi  bosqichda 
xususiylashtirish  rejasi  ishlab  chiqiladi  va  tasdiqlanadi.  Uchinchi
143


bosqichda  esa,  xususiylashtirish  to‘g ‘risidagi  qaror  va  u  bilan  birga 
xususiylashtirish rejasi ijro etiladi1.
Biz  quyida  mamlakatimizda  xususiylashtirishning  har  bir  bosqichi 
xususida to‘xtalib o ‘tishni joiz deb topdik.
Xususiylashtirishning  birinchi  bosqichi  Vazirlar  Mahkamasining 
1992-yil  23-sentyabrdagi  “Mahalliy  sanoat,  aholiga  maishiy  xizmat 
ko'rsatish,  davlat  savdosi  hamda  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  va 
tashkilotlarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishni  tashkil 
etish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”gi  443-sonli  Qarori  bilan  boshlab  berildi 
hamda  1994-yilning  o ‘rtalarigacha  davom  etdi.  Mazkur  bosqich  kichik 
xususiylashtirish  bo'lib,  unda  umumiy  uy-joy  fondi,  savdo,  mahalliy 
sanoat,  xizmat  ko'rsatish  korxonalari  va  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlarini 
tayyorlash 
tizimlari 
xususiylashtirildi. 
Masalan, 
“O'zbeksavdo”, 
“O'zmaishiyxizmat”  uyushmalari  tarkiblariga  kiruvchi  korxonalar  va 
tashkilotlar.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994-yil  21-yanvardagi 
“Iqtisodiy islohotlami yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini 
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 
hamda  1994-yil  15-martdagi  “O'zbekiston  Respublikasida  mulkni  davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
jarayonini 
yanada 
rivojlantirishning 
ustuvor 
yo'nalishlari 
to'g'risida”gi 
Farmonlari 
xususiylashtirishning  navbatdagi  bosqichiga  o'tish  uchun  turtki  bo'ldi.
1994-yil 
21-yanvardagi 
Farmon 
bilan 
Vazirlar 
Mahkamasiga 
xususiylashtirish  bo'yicha  davlat  dasturini  ishlab  chiqish  vazifasi 
yuklatildi. 
Mazkur 
dasturda 
sanoat 
va 
qurilish 
tarmoqlarida 
xususiylashtirishni 
amalga 
oshirilishiga, 
shuningdek 
fuqarolarni 
xususiylashtirish  jarayonida  faol  ishtirokini  ta’minlash  maqsadida  yopiq 
aksiyadorlik  jamiyatlarini  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirish 
masalalariga ko'proq e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O'zbekiston 
Respublikasida  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
jarayonini  yanada  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlari  to'g'risida”gi 
PF-789-sonli  Farmonida  qimmatbaho  qog'ozlar  bozorini  rivojlantirish  va 
ochiq  usuldagi  aksiyadorlik  jamiyatlarini  tashkil  etish  bilan  bir  vaqtda 
davlatga  tegishli  aksiyalar  ulushini  qisqartirish  orqali  aholini  iqtisodiy 
islohotlar  jarayoniga  keng  jalb  etish;  ko'chmas  mulk  bozorini,  birinchi 
navbatda  savdo,  maishiy,  kommunal  xizmat  ko'rsatish  obyektlarini  va
1  Отнюкова Г.Д. Предпринимательское (хозяйственное) право. /  Отв.ред.  О.М.Олейник. Т.1. -М .: Юристь,  1999. 
-550 б.
144


tugallanmay  qolgan kurilish  inshootlarini  tanlov  asosida  sotish  yo‘li  bilan 
shunday 
bozomi 
shakllantirish; 
ulguiji 
savdo 
korxonalarini 
xususiylashtirish  jarayoniga  jalb  etish  orqali  ishlab  chiqarish  vositalari 
bozorini  vujudga  keltirish,  shuningdek  tovar-xom  ashyo  biijalari  tizimini 
rivojlantirish;  tarkib  topgan  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  tuzilmalari 
yakka  xokimligini  tugatish,  xususiylashtirish  cheklab  qo‘yiladigan 
korxonalar  sonini  kamaytirish;  tenderlar  va  kimoshdi  savdolarini, 
sarmoyalarga oid savdolami o'tkazish,  shuningdek mol-mulkni to‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri sotish yo‘li bilan respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalami jalb 
etish;  korxonalami xususiylashtirilgandan keyin davlat tomonidan qo‘llab- 
quvvatlashni ta’minlash masalalari o‘z aksini topgan.
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishga  talluqli  bo‘lgan 
qonun  hujjatlarini  ulaming  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda  ikki 
guruhga 
ajratish 
mumkin. 
Birinchisi, 
bevosita 
davlat 
mulkini 
xususiylashtirishga  oid  qonun  hujjatlari  bo'lsa,  ikkinchisi  ana  shu  qonun 
hujjatlarini  samarali  ijrosini  ta’minlashga  qaratilgan  normativ  hujjatlar. 
Misol uchun,  1995-yil  12-iyunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Davlat  mulki  bo‘lgan  korxonalami  aksiyalashtirishni  jadallashtirish  va 
qimmatli 
qog'ozlar 
bozorini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g ‘risida”gi  PF-1164-sonli  Farmoni1  qabul  qilindi.  Mazkur  Farmonda 
davlat  boshqaruvi  organlarining  mansabdor  shaxslari  hamda  korxona  va 
tashkilotlaming 
rahbarlari 
orasida 
hanuzgacha 
saqlanib 
qolgan 
boshqaruvning  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimi  paydo  qilgan  boqimandalik 

kayfiyati  davlat  korxonalarini  aksiyalashtirish  muddatlarini  cho‘zib 

yuborishayotgani tanqid ostiga olingan.
Iqtisodiy 
islohotlaming 
birinchi 
bosqichida 
asosan 
kichik 
xususiylashtirish  amalda  tugallandi.  Davlat  mulkini  boshqarish  va  uni 
mulkchilikning  boshqa  shakllariga  aylantirishi  uchun  kerak  bo‘lgan 
muassasalar tizimi, maxsus idoralar tuzildi.
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  islohotlami  chuqurlashtirish,  bunda 
asosiy  e’tibomi  kichik  va  o ‘rta  biznesni,  xususiy  tadbirkorlikni 
rivojlantirishga 
qaratgan 
mustaqil 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
avvalboshdanoq  bu  masalaga  jiddiy  e ’tibor  qaratgandi.  Iqtisodiy 
islohotlaming  muhim  tarkibiy  kismi  hisoblangan  mulkka  davlat 
I  hukmdorligini  tugatish  va  xususiylashtirish  jarayoning  muayyan  dastur

 
asosida bosqichma bosqich amalga oshirish ко‘zda tutildi.
Iqtisodiy  islohotlaming  “kichik  xususiylashtirish”  deb  nom  olgan 
dastlabki bosqichida savdo obyektlarini davlat uy joy fondi, mayda va urta
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari.  1995-1999. 4-tom. -Toshkent:  Adolat, 2000.  -23 b.
145


korxonalar,  asosan  xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi  korxonalar  fuqarolarga 
mulk qilib berildi, ushbu faoliyatni tartibga  solishda va muofiklashtirishda 
Davlat  mulki  qo'mitasi  tashkil  topdi.  Bir  qator  vazirliklar  tugatilib,  ular 
o'mida  xujalik  hisobida  turli  boshqaruv  shakllari  (“O'zbeksavdo”, 
“0 ‘zbekbirlashuv”) qaror topdi.
Kichik  xususiylashtirish  asosan  1994-yilda  deyarli  tugallandi. 
Hozirgi  kunda  xususiylashtirish  jarayoni  chuqurlashdi,  ko‘lami  esa 
kengaydi.  “Bozor islohotlari natijasida xalq xo'jaligida band bo‘lgan aholi 
umumiy  miqdorining  Va  hosil  qilingan  umumiy  miqdorining  70  foizi, 
sanoat mahsulotining  53,5  foizi  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotining  97,7  foizi 
davlatga aloqasi bo'lmagan sektor hissasiga to‘g ‘ri keldi”1.
Yuqoridagi 
Farmonlar 
xususiylashtirish 
jarayonini 
yanada 
chuqurlashtirish  va  uning  sifatli  utishiga  asos  yaratdi.  Natijada  davlat 
mulkini  faqat  yangi  mulkdorlarga  sotish,  ya’ni  mulkchilikning  boshqa 
shakliga aylantirish yo‘li ma’qul ekanligi ayon bo‘ldi.
Xususiylashtirishning  ikkinchi  bosqichi  (1995-1996-yiIlar)  ochiq 
aksiyadorlik 
jamiyatlarini 
yaratish, 
korxonalaming 
aksiyalarini 
muomalaga chiqarish, ko'chmas  mulk hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini 
shakllantirish,  sanoat,  qurilish  va  transport  sohasidagi  hamda  agrosanoat 
kompleksining  go‘sht-sut,  oziq-ovqat  va  paxta  tozalash  tarmoqlaridagi 
o‘rta  va  yirik  korxonalami,  shuningdek  sayyohlik  komplekslarini  davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan xarakterlanadi2.
1995-yilda  1994-1995-yillarda  0 ‘zbekiston  Respublikasida  Davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish 
dasturi 
bilan 
belgilangan 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirishni  o'tkazish  ko'lamlarini  kengaytirish,  monopolistik 
ishlab  chiqarish-xo‘jalik  tuzilmalarini  kichiklashtirish  va  raqobat  bozori 
muhitini 
yaratish, 
davlat 
mulkini 
xususiylashtirish 
jarayonida 
respublikaning  keng  aholi  qatlamlarining,  xorijiy  yuridik  va  jismoniy 
shaxslaming  ishtirok  etishlarini  ta’minlashga  oid  maqsadlami  amalga 
oshirish  davom  ettirildi.  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ish  sharoitlari 
yaratish,  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlash,  nodavlat  sektorlarini  yanada 
kengaytirish, 
qimmatli 
kog'ozlar  bozorini 
shakllantirish, 
xorijiy 
investorlami jalb qilish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Natijada  3800  dan  ortiq  davlat  korxonalari  negizida  ochiq 
aksiyadorlik  jamiyatlari  tashkil  etildi.  Respublikada  yuzlab,  minglab 
dehqon  va  fermer  xo'jaliklari  paydo  bo‘ldi,  aksiyadorlik  jamiyatlari
1 Ibratov B. Tadbirkorlik huquqi. -Toshkent: Moliya, 2001. >26 b.
2 Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -Toshkent: O’zbekiston,  1998. -221 b.
146


“0 ‘zmaishiyxizmatuyushma”, 
“0 ‘zbeksavdo”, 
“0 ‘zmontaj-
maxsusqurilish”  va  boshqalami  kichiklashtirish,  Toshkent  shahar 
Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari tajribasi bo'yicha savdo va aholiga 
maishiy  xizmat  ko‘rsatishdagi  monopol  tuzilmalami  tugatishga  oid  ishlar 
olib borildi, hozirgi vaqtda 5230 obyekt aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidan 
chiqdi,  mingdan  ortiq  aksiyadorlik jamiyatlari  yopiq  turdagi  aksiyadorlik 
jamiyatlaridan ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi.
Ko'chmas  mulk  va  qimmatli  qog'ozlar bozorlari  infrastrukturalarini 
yaratishga  asos  solindi.  Respublika  fond  biijasi,  ko‘chmas  mulk  birjasi, 
Milliy  depozitariylar,  investitsiya  fondlari  tashkil  etildi.  Axborot- 
telekommunikatsiya tizimlarini qurish dasturi tuzildi, brokerlik idoralari va 
fond do'konlari tarmoqlari shakllantirilmoqda.
1995-yil 
oxirigacha 
Respublika 
fond  biijasi, 
depozitariysi, 
Respublika  ko‘chmas  mulk  biijasi  va  Respublika  tovar-xom  ashyo 
biqasining hududiy filiallari tashkil etiladi.
1995-yil  oktyabrida  fond  biijasi  a’zo  sifatida  Evro-Osiyo  fond 
biijalari  federatsiyasiga  qabul  qilindi,  bu  esa  O'zbekiston  qimmatli 
qog‘ozlarining  Federatsiya  a ’zolari  bo'lgan  mamlakatlarga  chiqishiga 
imkon berdi.
Ko‘chmas mulk birjasida yil boshidan buyon 900 dan ortiq kim oshdi 
savdolari,  tanlovlar  va  biija  savdolari  o ‘tkazildi.  Qurilishi  tugallanmagan 
600  obyekt,  xizmat ko‘rsatish  va  savdr sohasi  obyektlari  uchun  -  2 ming, 
yakka  tartibda  uy-joy  qurilishi  uchun  -   2  ming,  avtomobilga  yonilg‘i 
quyish stansiyalari uchun  152 va avtotransport vositalari uchun mingtadan 
ortiq yer uchastkalari sotildi1.
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tashkil  etishning  birinchi  bosqichida 
aholi  keng  qatlamlariga,  yuridik shaxslarga  va xorijiy investorlarga  sotish 
nazarda  tutilgan  qimmatli  qog'ozlar  hajmi  o ‘rtacha  davlat  korxonalarini 
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish hisobiga yuzaga keldi.
Xorijiy  investorlar  tomonidan  qimmatli  qog'ozlarga  mablag‘lar 
qo‘yish  amalga  oshirildi,  aksiyalaming  to'xtatib  qo'yilgan davlat ulushini 
sotish o'tkazildi, ya’ni ular fond birjasida va fond do'konlarida qayta sotila 
boshlandi.  Korxonalar  negizida  yangidan  tashkil  etilgan  aksiyadorlik 
jamiyatlaridagi  davlat  va mehnat jamoasining  ulushi  ustav  sarmoyasining 
jami 49 foizidan oshmaydi.
Respublikada  milliy  investitsiya  fondi  tashkil  etilgan.  U  ta’sischilar 
va aholi o'rtasida tarqatilgan 4 mln so‘mlik birinchi emissiyani chiqarishni
1  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  hususiylashtirish  va  tadhirkorlikni  qo'Uab-quwatlash 
jarayonlarini  chuqurlashtirishning Asosiy  yo’nalishlari.  O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995  yil 4 
dekabrdagi 448-son Qaroriga 1-Ilova.


amalga  oshirib  bo‘ldi.  10  mln  so‘mlik  ikkinchi  emissiyani  ro‘yxatdan 
o'tkazish  va  uni  chiqarish  amalga  oshirildi.  Investfond  huzurida  tashkil 
etilgan fond  do'konlari  orqali  aholiga  naqd pulga  232  ming  so'mlik  1160 
aksiya sotildi.
Tashkil  etilganidan  buyon  Milliy  depozitariy  tomonidan  muayyan 
ishlar  amalga  oshirildi,  jumladan,  ustav  fondining  umumiy  hajmi  8  mlrd 
so‘m  bo'lgan  3352  aksiyadorlik  jamiyati  emissiyasi  tarqatildi  va 
ro ‘yxatdan  o ‘tkazildi,  ulardan  4  mlrd.  so‘mi  saqlab  qo‘yish  uchun  qabul 
qilib  olindi.  Aksiya  egalari  tomonidan  150  ming  hisob-kitob  schyotlari 
ochildi,  ulaming  145  minggi  jismoniy  shaxslarga  tegishlidir.  Aksiya 
egalariga  aksiyalaming  965  ming  sertifikati  berildi.  Respublika  fond 
birjasining  birja  savdolari  orqali  jami  700  mln  so‘mdan  ortiq  qimmatli 
qog‘ozlar  sotildi.  Fond  do'konlari  orqali  aholiga  22  mln  so‘mlik  aksiya 
sotildi.  Aksiyani  sotishning  opsion  (tanlov)  tizimi  tashkil  etildi,  natijada 
20,5 mln so'mlik mablag1 olindi.
Respublikada  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  yanada  faollashtirishga 
to'sqinlik  qilayotgan  omillar  chuqur  tahlil  qilindi,  natijada  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining 
“Davlat  mulki  bo'lgan  korxonalami 
aksiyadorlashtirishni  jadallashtirish  va  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g ‘risida”  1995-yil  12-iyundagi  1164- 
sonli  Farmoni  va  Vazirlar  Mahkamasining  “Davlat  korxonalarini  ochiq 
turdagi  aksiyadorlik  jamiyatlariga  aylantirishga  oid  tashkiliy  chora- 
tadbirlar to‘g ‘risida”  1995-yil  15-iyundagi 221-sonli Qarori qabul qilindi.
Maxsus  investitsiya  loyihalarini  sotishga  oid  xorijiy  sarmoyani  jalb 
qilishga  alohida  e ’tibor  berilgan  iqtisodiyotaing  ustuvor  tarmoqlarida 
qulay  investitsiya  muhiti  yaratish  bo‘yicha  ham  maqsadli  siyosat boshlab 
yuborildi. 
Oldindan 
ko‘rilgan 
chora-tadbirlar 
natijasida 
xorijiy 
investorlaming  0 ‘zbekistondagi  bozor  islohotlari  jarayonlariga  ishtirok 
etishga  qiziqishlari  bir  muncha  oshdi.  1995-yiIda  xorijiy  investitsiya 
ishtirokidagi korxonalar  soni  1500 tadan  oshib  ketdi.  Qo‘shma korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi jiddiy ravishda ko‘paydi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish