6 Земельный кодекс РФ.
1 ГК Казахстана.
8 Земельный Кодекс РФ. 23-статья.
127
0 ‘rganishlar asosida shunday xulosaga keldikki, davlat yerga
nisbatan mulkdorlik vakolatidan voz kechishi lozim. Yerga nisbatan
xususiy mulk huquqining joriy etilishi sekin-astalik bilan amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan jarayon va kelajakda yerga nisbatan xususiy
mulkchilikning joriy etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Yer osti boyliklari Konstitutsiyaning 55-moddasi va 2002-yil 13-
dekabrdagi
0 ‘zbekiston
Respublikasining
“Yer
osti
boyliklari
to'g'risida’^gi
qonuni
4-moddasiga
muvofiq,
0 ‘zbekiston
Respublikasining mulki hisoblanadi hamda ulardan oqilona foydalanish
zarur bo‘lib, ular davlat muhofazasiga olingan.
S.S.Hamroev yer va yer osti boyliklarining fuqarolik huquqining
predmeti sifatidagi huquqiy maqomini quyidagilarda ko‘radi:
1)
yer va yer osti boyliklari Respublika mulki hisoblanadi;
2) ushbu mulk huquqining subyekti, ya’ni mulkdori faqat
0 ‘zbekiston Respublikasi davlati bo‘la oladi;
3) yer va yer osti boyliklari ashyoviy huquq predmeti hisoblanadi,
ya’ni servitutlar berish orqali ulami foydalanishga topshirish mumkin;
4) yer va yer osti boyliklari ko'chmas mulklar tarkibiga kiritilgan va
ko'chmas mulklami tartibga soluvchi normalar ularga ham tatbiq etiladi2.
Darhaqiqat, yer osti boyliklarining yagona mulkdori davlat
hisoblanadi. Shu o'rinda yer osti boyliklarining qayta ishlanganidan
keyingi tayyor xom ashyo holatiga nisbatan bunday qoidalar
qo'llanilmasligini aytib o'tish zarur. Zero, yer osti boyliklari qazib olinib,
tovar sifatida sotilganidan so'ng, u yer osti tabiiy boyligi emas, balki
odatdagi ashyo hisoblanadi va har kim tomonidan xarid qilinishi natijasida
xususiy mulk huquqining obyekti sanaladi.
Ma’lumki,
tabiiy
resurslar qayta tiklanmaydigan
ne’matlar
hisoblanadi. Shunday ekan, davlat ularga nisbatan xususiy mulkchilikni
belgilamasdan, ulardan xalq manfaatlari yo'lida foydalanishni asosiy
maqsad qilib qo'ygan.
Yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqi faqat davlatga tegishli
bo'lganligi sababli, fuqarolik huquqining boshqa subyektlari yer osti
boyliklariga nisbatan xuddi yerga nisbatan bo'lgani kabi ashyoviy
huquqlarga ega bo'ladilar.
Shu o'rinda yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqiga doir
S.S.Hamroevning fikri bahsli ekanligini aytib o'tish joiz. Uning
1 O ’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, №1, 5-modda.
2 Хамраев C.C. Гражданско-правовые проблемы концессионной деятельности и регламентация договора в
Республике Узбекистан: Автореф. дис. ...канд. юрид. наук. -Тошкент: 1999. -15 с.
128
ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda xalq va millatlaming mamlakatdagi tabiiy
boyliklarga va xususan yer osti boyliklariga, ulaming manbalariga egalik
qilish, ulardan foydalanish va ulami tasarruf etish huquqiga har bir
mamlakat suverenitetining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda. Mazkur
qoida bugunga kelib keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan xalqaro
normaga aylandi.
Shunday qilib, yer osti boyliklariga xususiy mulk sifatida ham, davlat
mulki sifatida ham egalik qilish mumkin1. Yer osti boyliklariga
S.S.Hamroev ta’kidlaganidek2, xususiy mulk sifatida egalik qilib
bo‘lmaydi. Zero, yer osti boyliklarini tartibga soluvchi 0 ‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari yer osti boyliklariga nisbatan qat’iy
ravishda davlatning mutlaq mulk huquqini mustahkamlaydi.
Davlat mulkining obyektlari doirasi xilma-xil va ko‘pligini hisobga
olib va mazkur mavzu doirasidagina ulami ifodalashning imkoni yo'qligini
nazarda tutib, biz faqat davlat mulki tarkibidan chiqarilishi va
xususiylashtirilish mumkin bo'lmagan mol-mulklar ro'yxati mavjudligini
ta’kidlab o'tishimiz mumkin. Aynan mana shu ro‘yxatda belgilangan
obyektlar ham davlatning mutlaq mulk huquqi obyektlari sanaladi.
Shu bilan birga, davlat mulkining bir ko‘rinishi bo‘lgan munitsipal
mulk xususida ham to‘xtalib o ‘tish lozim. O'zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 215-moddasiga muvofiq, davlat hokimiyati
mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari,
munitsipal uy-joy fondi, kommunal xo'jalik, korxonalar va boshqa mulkiy
komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari,
shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo'ladi.
Munitsipal mulk bo'lgan mol-mulkni agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, davlat hokimiyati mahalliy
organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar.
Shu o'rinda hozirgi kunda davlat mulkining ikki ko'rinishi
hisoblangan Respublika mulki va munitsipal mulkning o'zaro nisbati,
ulami biridan ikkinchisini ajratib turuvchi mezonlar mavjud emasligini
ta’kidlab o'tish joiz.
H.Rahmonqulovning fikricha, amaliyot shuni ko'rsatadiki, FKda
Respublika mulki va munitsipal mulk subyektlaming o ‘zlariga tegishli
mulkni egallash, foydalanish va tasarruf etish vakolatlaridagi farqlar
1 Hamroev S.S. Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish muammolari. -
Toshkent: TDYI,2003.-57 b.
2 Ajablanarli jihati shundaki, S.S.Hamroev o’zining ushbu fikrlarini asoslantirishga harakat qilmagan. Qarang: Hamroev
S.S. Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish muammolari. -Toshkent:
TDYI,2003.-B.45-71.
129
belgilanmagan, davlat mulk huquqini bir subyektdan ikkinchi subyektga
o ‘tkazishning belgilangan tartibi va aniq shartlari mavjud emas, bu esa
ulaming mulk huquqi subyekti sifatidagi o ‘z mulkiy huquqlariga
befarqliklami vujudga keltirmoqda. Bu, ayniqsa, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda o ‘z echimini kutayotgan
muhim masaladir. Zero, aynan shu jarayonda davlat mol-mulki kimga
tegishli ekanligini aniqlash zarurdir1.
Darhaqiqat, hozirgi kunda mamlakatimizda Respublika mulki va
munitsipal mulk subyektlari vakolatlarini farqlovchi chegara mavjud emas.
To‘g ‘ri, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-
iyuldagi №355-sonli “0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini
Respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalaming mulkiga (kommunal
mulkka) bo‘lish tartibini tasdiqlash to‘g ‘risida”2gi Qarori va unga ilova
qilingan “0 ‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini Respublika va
ma’muriy-hududiy tuzilmalaming mulkiga (kommunal mulkka) bo‘lish
Tartibi” Respublika mulki va munitsipal mulkni bir-biridan ajratuvchi
holatlami normalasa-da, bu jarayonni aniq ifoda etmaydi va to'liq qamrab
olmaydi. Ushbu tartibda O ‘zbekiston Respublikasining davlat mulkini
Respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalaming mulkiga bo‘lish mol-
mulkni 0 ‘zbekiston Respublikasining balansidan Qoraqalpog'iston
Respublikasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining balansiga bepul
o'tkazish asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Bunday bo'lish vaqtida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar
hokimligi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa ma’muriy-hududiy
tuzilmalar balansida bo'lgan mol-mulk nizosiz tartibda ulaming mulkiga
aylanadi.
Bunda masalaning echimiga doir bir qancha ijobiy jihatlar mavjud,
biroq mulkni topshirish jarayoni bu o'rinda muhim holat hisoblanadi.
Zero, busiz mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari o'z-o'zidan mol-
mulkning
(hattoki
o'z
balanslaridagi
mol-mulkning)
mulkdori
bo'lmaydilar3.
Shu sababli hozirgi kunda Respublika mulki va munitsipal mulkni
bir-biridan ajratib tumvchi huquqiy qoidalami belgilaydigan qonun hujjati
zarur.
3 Рахманкулов X. Законодательные источники гражданского права РУз и задача по их совершенствование /
Бозор иктисодиёти шароитида савдо муносабатларини хуку кий таъминлаш муаммолари мавзусидаги
конференция материаллари туплами. -Тошкент: ТДЮИ, -10 б.
2 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 1992 yil, №7, 20-modda.
3 Те А., Рахманкулов М., Убайдуллаев 3. Вопросы правосубъектности в законодательстве о государственной
собственности. Книга «Право и рынок: теоретические проблемы развития». -Тошкент: Фан, 1994. -27 с.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |