\ munosabatlaridagi monopoliyaga barham berish va iqtisodiyotda ko'p
| ukladli sog'lom raqobatga asoslangan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga
• erishish eng asosiy vazifalardan biri edi. O'zbekistonda mulkni davlat
j f
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim
j xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan
;■ iborat2ligidadir.
?
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning
I dastlabki bosqichida, davlatga tegishli bo'lgan uy-joylar shu uylarda
, ijarada turuvchilarga xususiylashtirilib berildi hamda mayda maishiy
xizmat ko'rsatish korxonalari savdoga qo'yildi.
Garchi hozirgi kunda xususiylashtirishning uchinchi bosqichi davom
etayotgan bo'lsa-da, mazkur munosabatlami takomillashtirish zaruriyati
yuzaga kelmoqda. Bu holat, ayniqsa, xususiylashtirish jarayonida xorijiy
investorlaming ishtiroki masalasida yaqqol sezilmoqda. Nazarimizda, shu
; munosabat bilan xususiylashtirishda ishtirok etish istagidagi xorijiy
j
investorlarga
imtiyoz
va
kafolatlar
berish,
shu
bilan
birga,
| xususiylashtirishni amalga oshirayotgan davlat organlarining bu boradagi
f huquqlari va vakolatlari aniq ko'rsatilishi zarur. Ko'pchilik mutaxassislar
! ta’kidlaganlaridek, hozirgi kunda “Davlat tasarrufidan chiqarish va
s xususiylashtirish tp‘g'risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish
| lozimligiga biz ham qo'shilamiz.
I
Amaldagi qonun hujjatlarida va yuridik adabiyotlarda “davlat mulk
; huquqi” tushunchasi iborasi uchramaydi. Davlat mulkini tadqiq etgan
; deyarli barcha yuridik adabiyotlarda davlat mulkining zamriyati, davlat
1 mulkining subyektlari va obyektlari hamda boshqa holatlar yoritilsa-da,
' aynan davlat mulk huquqi tushunchasi (aynan tushunchasi yoki ta’rifi
berilmaydi) bayon etilmaydi. Nazarimizda, davlat mulk huquqi
1 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: O ’zbekiston, 1995. -44 b.
2 Alimov P., Mansurov S. Mulkni davlat tasarruiidan chiqarish va hususiylashtirish / O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi - fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni shakllantirishning asosi: Ilmiy-amaliy anjuman materiallari-
Toshkent: TDYI, 2003. -B.280-281.
121
tushunchasiga ta’rif mulk huquqiga berilgan ta’rifdan kelib chiqadi va
shuning uchun ham alohida tadqiq etilmaydi.
FKning 164-moddasiga muvofiq, mulk huquqi shaxsning o'ziga
qarashli mol-mulkka o'z xohishi bilan va o'z manfaatlarini ko'zlab egalik
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o'zining mulk
huquqini, kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni
talab qilish huquqidan iborat. Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, davlat mulk
huquqi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
-
davlat mulk huquqi qonun hujjatlari asosida davlatga qarashli
bo'lgan mol-mulkka davlat organlarining va davlat tomonidan tuzilgan
yuridik shaxslaming aniq yo'naltirilgan, oldindan belgilab qo'yilgan
maqsadni ko'zlab egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf tasarruf
etishi hamda davlat mulk huquqini kim tomonidan bo'lmasin, har qanday
buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. Garchi ushbu ta’rif
amaliy jihatdan uncha ahamiyatli hisoblanmasa-da, nazariy va ilmiy
jihatdan muayyan ma’no kasb etadi. Zero, tushuncha va iboralaming
ta’riflanishi ulaming ma’lum ma’noda bir-biridan farqlanishiga yordam
beradi.
Davlat mulki ham boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat
(qonun) himoyasidadir (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-
moddasi 2-qismi). Davlat mulkining himoyalanganligini uning boshqa
mulk shakllari kabi bir xil huquqiy maqomga ega ekanligida ko'rish
mumkin. Zero, davlat mulkdor sifatida o'z mulkining daxlsizligini o'ziga
qarshi turgan barcha subyektlaming mulk huquqini buzishdan o'zlarini
saqlashlarini talab qilish huquqiga ega bo'ladi.
Umumiy qoidaga ko'ra, har qanday mulk shaklining huquqiy
maqomi mazkur mulkning obyekti va subyekti orqali ifodalanadi. Davlat
mulk huquqining maqomi ham davlat mulk huquqining subyektlari va
obyektlari orqali aniqlanadi.
Davlat mulkining mulkdori, ya’ni subyekti umume’tirof etilgan
qoidaga ko'ra, shu davlatning xalqi hisoblanadi, shu jumladan,
O'zbekiston Respublikasi mulkining mulkdori ham Respublika xalqidir.
Zero, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida o'zining ushbu
huquqini (Ya’ni, mulk huquqini) davlat hokimiyatiga beradi va u orqali
amalga oshiradi. Bu holat davlatning mulkdorga tegishli barcha vakolatlar
- egallash, foydalanish va tasarruf etishga ega bo'lishini hamda davlat bu
vakolatlardan omma manfaatlari
yo'lida foydalanishi lozimligini
ifodalaydi.
122
|
FKning 214-moddasi 2-qismiga muvofiq, Respublika mulki bo'lgan
I mol-mulkni
O'zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi,
O'zbekiston
j Respubliksi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular
| maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, tasarruf qiladilar.
|
Sobiq Ittifoq davrida davlat mulkining bitta va yagona mulkdori
[ Sovet davlati hisoblanardi. Zero, davlat mulki bo'linmas va yagona fond
j (jamg'arma) ni tashkil etar va bu fondning yagona mulkdori ham davlat
’ hisoblanardi. Garchi davlat mulkini boshqarishni amalga oshiruvchi
maxsus organlar mavjud bo'lsa-da, sobiq Ittifoq davridagi mulkning bu
' darajada
markazlashuvi
va
mulkdoming
bunday
ko'rinishda
; mavhumlashtirilishi mulkka nisbatan mutlaqo noto'g'ri yondashuv edi.
Zero, davlat mulkining xo'jasizlikka uchrashiga va talon-taroj bo'lishiga
aynan shu omillar sabab bo'ldi. To'g'ri, davlat mulki har doim yagona va
bo'linmas fond (byudjet, davlat zahirasi, davlatning asosiy va aylanma
mablag 'larining majmui) ga birlashtirilgan (hozirgi kunda O'zbekistonda
ham shunday) va bunday birlashuv o'zini oqlagan1.
Davlat mulkini tasarruf etishda yuqorida sanab o'tilgan davlat
organlari qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan o'z vakolatlari doirasida
faoliyat yuritadilar.
Ma’lumki, fuqarolik huquqining obyektlari muomalada bo'lishiga
ko'ra: fuqarolik muomalasidan chiqarilgan obyektlar, muomalada bo'lishi
cheklangan obyektlar va fuqarolik muomalasidagi obyektlarga bo'linadi.
Lekin obyektlaming bunday harakat asosida subyektga tegishli bo'lishi
holati davlatga taalluqli bo'lmaydi. Obyektning muomalada erkin
harakatda bo'lishi yoki uning harakati cheklanganligi yoxud harakatdan
! chiqarilganligidan qat’iy nazar, davlat mulki bo'ladi. Buni quyidagicha
■
asoslash mumkin:
1) fuqarolik huquqi obyektlarining muomalada bo'lishi, cheklanishi
j>
yoki muomaladan chiqarilishini davlat va uning organlari belgilaydi;
2) obyektlaming muomalada bo'lishi davlat tomonidan muayyan
maqsadlarda (umumxalq manfaatlarini ko'zlab) cheklab qo'yiladi yoki
muomaladan
chiqariladi.
Masalan,
o'qotar
qurollar,
portlovchi
moddalaming erkin fuqarolik muomalasidan chiqarilishi aholining va
fuqarolaming xavfsizligini o'ylab amalga oshirilgan bo'lsa, ov miltig'ining
harakati cheklanishi (tegishli ruxsatnoma asosida harakatda bo'lishi)
bunday ashyoga egalik qilishdan oldin maxsus xavfsizlik choralarini
1 Mulkdor bir shaxs (davlat) bo’lganidan so’ng unga tegishli mulk ham umumiy ma’noda birlashtirilish, yagona va
boshqarilishda oson va qulay holatga keltirilishi zarur. Shu ma’noda davlat mulkining yagona va bo’linmas fonddan
iborat bo’lishi mantiqiy asosga ega.
123
o'rgatish va obyektdan qanday foydalanish lozimligini mulkdorga
tushuntirish uchun amalga oshiriladi;
3) davlat tabiat tomonidan ato etilgan yoki inson mehnati bilan
yaratilgan har qanday moddiy ne’matlar (ashyolar) ning yagona va yakka
mulkdori sifatida ulaming jamiyatdagi kishilar o'rtasidagi taqsimoti va
harakatlanishini nazorat qiladi;
4) fuqarolik muomalasidan qat’iy nazar, obyektning davlat mulki
bo'lishi holati davlatning xalq hokimiyatini amalga oshiravchi
subyektliligi bilan xarakterlanadi.
Ushbu qoidalar faqatgina Respublika mulki obyektlariga taalluqlidir.
Umumiy qoidaga ko'ra, davlat mulki Respublika mulki va ma’muriy-
hududiy tuzilmalar mulkidan iborat bo'ladi. Lekin ko'pchilikning
tasavvurida davlat mulki deganda, odatda, Respublika mulki tushuniladi.
Zero, davlat mulki xususiy mulkka qaraganda ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligi bilan ajralib turadi1 hamda davlat mulki obyektlarining doirasi
aynan ijtimoiylik asosida aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi va FKning
214-moddasiga muvofiq, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i,
o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat
hokimiyati va boshqaravi respublika organlarining mol-mulki, davlat
ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika
byudjetining mablag'lari, oltin zahirasi, davlatning valyuta fondi va
boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshka
mulkiy komplekslar, o'quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va
tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki
davlatning o'zga mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan
bo'lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo'lishi mumkin.
Sh.M.Asyanovning ta’kidlashicha, davlat mulki obyektlari bo'lib...
mamlakat milliy boyligining asosini tashkil etuvchi obyektlar e’tirof
etiladi2. Darhaqiqat, davlat mulki obyektlari aynan ulaming milliy boylik
ekanligi bilan ifodalanadi. Barcha makon va zamonlarda, har qanday
davlat mulkining birlamchi va asosiy obyekti shu davlatga tegishli hududni
tashkil etadigan yer maydoni, tabiiy boyliklar, turli ma’danlar va
qimmatbaho toshlami qazib olish bilan shug'ullanadigan konlar, shu
davlat hududidan oqib o'tuvchi daryolar, o'simlik va hayvonot dunyosi,
bir so'z bilan aytganda, tabiiy boyliklar hisoblangan. Garchi Oktyabr
to'ntarishidan ilgari O'zbekiston Respublikasi hududida ham yer, yer osti
1 Черникова E.B. Реформа государственной собственности // Право. Политика. Экономика. 1998. -№ 2. -3 с.
2 Асьянов Ш.М. Право публичной собственности / Материалы практической конференции Совершенствование
законадательства в условиях рыночной экономики. -Тошкент: ГТЦ, 1995. -21 с.
124
boyliklariga nisbatan xususiy mulk mavjud bo'lgan bo‘lsa-da, bunday
yerlar va yer osti boyliklari judda kam miqdorda edi. Oktyabr inqilobidan
,
keyin sobiq Ittifoq Hukumatining qarorlari bilan boshqa mulklar qatori yer
va yer osti boyliklari natsioanalizatsiya qilinishi oqibatida tabiiy
j
resurslarga nisbatan ham davlat mulki joriy etildi va hozirga qadar bu
obyektlarga nisbatan davlat mulk huquqi saqlanib turibdi.
O ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan
yer, yer osti boyliklari, suv, o ‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur
va ular davlat muhofazasidadir. 1998-yil 30-apreldagi Yer kodeksining 16-
f
moddasiga muvofiq esa, yer davlat mulki - umummilliy boylikdir, undan
oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda
f
oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga
I
qo‘yilmaydi, 0 ‘zbekiston Rspublikasining qonunlarida belgilangan hollar
|
bundan mustasno.
Darhaqiqat, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Yer
;
kodeksi yerga nisbatan davlatning mutlaq mulk huquqini o ‘matadi hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |