Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomini
olmagan dehqon xo‘jaIiklari mulkining o‘ziga xos xususiyatlari.
FKning 24-moddasiga asosan fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat
ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanishga haqlidir. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan
fuqaro o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga qarashli butun mol-mulki bilan
javob beradi, qonunga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo'lmagan
mol-mulk bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to'g'risida”gi 2000-yil 25-may qonuniga ko'ra, yakka tartibdagi
tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan xolda jismoniy shaxs
tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi tushuniladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan
xodimlami yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan
mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq, tufayli o'ziga
tegishli bo'lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan
biri er-xotinning ufnumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan
hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin o'rtasidagi
o'zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, eming
(xotinning) roziligi talab qilinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkomi davlat ro'yxatidan o'tkazish jismoniy
shaxs ariza bergan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan kechiktirmay
amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaxs ro'yxatdan o'tkazilganlik
yig'imini to'langanligi to'g'risidagi hujjatni taqdim etganidan keyin unga
arizasida ko'rsatilgan muddatga yakka tartibdagi Tadbirkor davlat
ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma beriladi. Ro'yxatdan
113
o‘tkazilganlik yig'imi bank muassasalari yoki aholidan to'lovlami kabul
qiluvchi boshqa kredit tashkilotlari orqali to'lanadi.
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o ‘z mol-mulki
asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi
mumkin. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishiga asos va vosita bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy
huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlaming
belgilanishi, o'zgartirilishi va bekor bo'lishi bilan bog'liq oldi-sotdi,
garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining “Dehqon xo'jaligi to'g'risida”gi 1998-
yil 30-aprel qonuniga ko'ra, dehqon xo'jaligi oilaviy mayda tovar xo'jaligi
bo'lib, oila a’zolarining
shaxsiy mehnati asosida, meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig'iga berilgan
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtiradi va
realizatsiya qiladi.
Dehqon xo'jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi
hamda dehqon xo'jaligi a’zolarining istagiga ko'ra yuridik shaxs tashkil
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xo'jaligi o'ziga qarashli uy-joylar, xo'jalik imoratlari,
qishloq xo'jalik ekinzorlari va ko'chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor
chorva mollar, parrandalar, qishloq xo'jalik texnikasi, asbob-uskuna va
ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag'lari, intellektual mulk
obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga; ishlab chiqarish faoliyati
natijasida etishtirilgan mahsulotga; olingan daromadga (foydaga) va
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo'lingan boshqa mol-mulkka
mulkdordir.
Dehqon xo'jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o'rtasidagi
kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan
bo'lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli
bo'ladi. Dehqon xo'jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish xo'jalik a’zolarining o'zaro kelishuvi
asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo'jaligi qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko'paytirish, olish, uni ijaraga yoki
vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
Dehqon xo'jaligining
mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari
normalariga muvofiq meros qilib qoldirilishi mumkin.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |