to'lanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu
huquq muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini
hisobga olmagan holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
tomonidan qabul qilinadi.
Ta’sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga
(ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-
mulkdan foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun
jamiyat ishtirokchisi tomonidan tovon to'lashning boshqacha tartibi
nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi
tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida
foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha
qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, u qancha muddatga berilgan bo'lsa,
shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.
1996-yil 26-aprelda O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida’^gi
qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 2-moddasida ko'rsatilishicha,
ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik
yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga
oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlami o'z zimmasiga
oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida
hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy
va shaxsiy nomulkiy huquqlami olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga
majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo'lishi mumkin. Jamiyat
davlat ro'yxatidan O'tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini
qo'lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida
belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya
qilish to'g'risida”gi qonunda muassislaming mulkiy huquqlari, mulkiy
huquqlami qo'shish muddati, miqdori, ro'yxatdan o'tguncha saylangan
boshqaruv organlarining vakolati (funksiyasi) va harakat doirasi, ta’sis
etish bilan bog'liq hisobotlar, ta’sis etishni nazorat qilish doirasi, ta’sis
etish to'g'risida ariza, ta’sis etish bilan bog'liq nizolami xal etish bilan
bog'liq masalalar aniq belgilanishi lozim. CHunki, )amiyatning ta’sis etish
Do'stlaringiz bilan baham: