Aksiyalar ham boshqa qimmatli qog'ozlar singari fuqarolar xususiy
mulk huquqining obyekti hisoblanadi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunning 24-
moddasiga muvofiq, aksiyalaming xillari va turlari (toifalari) bo'yicha
farqlanadi. Aksiyalaming xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan.
Aksiyalaming turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy. Aksiyada ko'rsatilgan va
jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik
shaxsgina egasi yozilgan aksiyaning sohibi bo'lmish aksiyador deb e’tirof
etiladi. Egasi yozilmagan aksiyani saqlovchi shu aksiyaning egasidir.
68
Egasi yozilmagan aksiyalar jamiyat aksiyalarining reestriga kiritilmagan
holda boshqa shaxslarga mulk qilib beriladi. Oddiy (odatdagi) aksiyalar
ovoz beruvchi bo'lib, ulaming egalariga dividendlar olish, jamiyatning
umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini
beradi. Shuningdek, mazkur Qonunning 21.12.2007-yilgi tahririda “Oltin
aksiya” (24-l-modda)ga bag'ishlangan norma kiritildi. Unga ko‘ra, oltin
aksiya - ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining
maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat
korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining
davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va
mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Shuni
aytish kerakki, oltin aksiya qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi
hamda garovga qo‘yilmaydi, ustav fondi miqdorini belgiiashda va
dividendlami hisoblashda inobatga olinmaydi. Oltin aksiya ustav fondida
davlat ulushi bo'lmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan
aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning oltin
aksiyadan
foydalanish
tartibi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oltin aksiya aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga
davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi)
tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili ushbu Qonunda
nazarda tutilgan hollarda tegishli masalalar bo'yicha veto qo‘yish huquqi
bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qo'yish ushbu qarorlar qabul
qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Aksiyalar - aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki
jismoniy shaxs muayyan hissa qo'shganidan guvohlik bemvchi, aksiya
egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga
dividend olish va qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda
qatnashish huquqini bemvchi, amal qilish muddati belgilanmagan
qimmatli qog‘ozlardir. Aksiyalar chiqarish to'g'risidagi qaror aksiyadorlik
jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlamig umumiy yig'ilishi
tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik
jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo'lsa,
sotilishi mumkin emas. Davlat korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatiga
aylantirilganda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni
qo'llab-quvvatlash
davlat
qo'mitasi
O'zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar va fond
biijalari davlat komissiyasi bilan birgalikda emissiya risolasini tasdiqlashi
aksiyalar chiqarish to'g'risidagi qaror hisoblanadi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |