To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


kafolati  va  uni  himoyalashda fuqarolik  huquqining  roli,  mulk  huquqini



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

kafolati  va  uni  himoyalashda fuqarolik  huquqining  roli,  mulk  huquqini 
fuqarolik huquqi normalari bilan  qo ‘riqlash  tushunchasi  va  usullari,  mulk 
huquqini  vindikatsion  d a ’vo  q o 'zg ’atish  yo'li  bilan  himoya  qilishning 
xususiyatlari, 
mulkdan 
foydalanishda 
mulk 
egasiga 
qilingan 
to'sqinliklam i  bartaraf  etish  (negator  d a ’volari),  mulkdor  b o ‘Imagan 
eganing  huquqlarini  himoya  qilish,  shuningdek,  hozirgi  vaqtda  mulk 
huquqini  himoya  qilish  usul  va  vositalarini  kengaytirish  to'g'risidagi 
ilmiy-nazariy munozaralar va g 'oyalar у oritiladi.
1. Mulk huquqini himoya qilish usullari
Mulk  huquqini  himoya  qilishda  Fuqarolik  huquqi  normalari  muhim 
rol  o‘ynaydi.  Fuqarolik  huquqi  yo‘li  bilan  mulk  huquqini  himoya 
qilishning  asosiy  usullari  quyidagilardir:  mulkni  birovning  qonunsiz 
egallashidan  talab 
qilib 
olish 
(vindikatsion 
da’volar); 
mulkdan 
foydalanishda mulk egasiga qilingan to‘sqinliklami bartaraf etish (negator 
da’volar);  mulk  huquqini  buzishga  qaratilgan  g ‘ayriqonuniy  bitimlar 
(shartnomalar)ni  haqiqiy  emas  deb  topish  to ‘g ‘risida  qarorlar  chiqarish 
bilan qo‘riqlash; asossiz olingan mulkni qaytarish yo‘li bilan qo‘riqlash.
Mulk  huquqini  himoya  qilishning  yuqorida  ko‘rsatilgan  usullaridan 
birinchi  va  ikkinchisi  ashyoviy  huquq  normalariga  asoslanib  qilinadigan 
da’volar  bo‘Isa,  uchinchi  va  to‘rtincha  usullari  majburiyat  huquqi 
normalariga asoslanib qilinadigan da’volar hisoblanadi.
Ashyoviy  huquqqa  asoslangan  da’volar  -   ashyoning  (mulkning)  asl 
holida 
qaytarilishiga 
yoki 
mulkdan 
foydalanishda 
qilinayotgan 
to'sqinliklami yo‘qotishga qaratiladi.
299


Majburiyat huquqiga  asoslangan da’volar esa bitimda  (shartnomada) 
ishtirok  etuvchi  mulk  egasining  (kreditoming)  manfaatini  qo‘riqlashga 
g'ayriqonuniy  ravishda  tuzilgan  shartnoma  yuzasidan  olingan  narsani 
mulk egasiga qaytarishga,  zarar ko'rgan  shaxsning  (jabrlangan  shaxsning) 
zararlarini  to‘latishga,  asossiz  olingan  narsalami  qaytarish  yoki  uning 
qiymatini 
qaytarishga 
qaratiladi. 
Bundan 
tashqari 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi  FKning  233-moddasida  mulkdorning  huquqiy  qonuniy 
ravishda to‘xtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish kafolatlari 
belgilab  qo‘yilgan.  Ayni  vaqtda  qonunda  mulkdor  huquqini  buzuvchi 
hujjatlarmng  qabul  qilinishi  huquqiy  oqibatlari  ham  o ‘z  ifodasini  topgan. 
Binobarin, yuqoridagi asoslar mulk huquqini himoya qilishning o‘ziga xos 
mustaqil  turi  sifatida  qaralishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  mulkdor 
huquqining  buzilishi  davlat  idorasi  tomonidan  normativ  yoki  huquqni 
qo‘llovchi hujjat qabul qilinishi orqali ro‘y beradi. Bunda mulk huquqining 
bekor bo‘lishi qonuniy asoslarga ega bo'lishi yoxud g'ayriqonuniy bo‘lishi 
mumkin.  Lekin  har  ikkala  holatda  ham  mulkdorning  qonuniy  manfaatlari 
kafolatlanadi.  Masalan,  mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar,  inshootlar, 
dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini  olib  qo'yish haqida qaror  qabul 
qilinishi  munosabati  bilan  yoki  davlat  idorasining  mulkdor  mol-mulkini 
bevosita  olib  qo‘yishga  qaratilmagan  boshqa  qarori  munosabati  bilan 
mulkdor  huquqini  to ‘xtatib  qo‘yishga  qonunda  belgilangan  hollarda  va 
tartibdagina yo‘l qo‘yiladi.  Bunda mulk huquqi bekor bo‘lishi  munosabati 
bilan  mulkdorga  yetkazilgan  barcha  zararlar  mulkdorga  batamom 
to‘lanadi.  Agar  mulkdor bunday  qarordan  norozi bo‘lsa,  u  holda  nizo  sud 
tomonidan hal etilmaguncha mulk huquqini bekor qilishga sabab bo‘luvchi 
qarori ijrosi to'xtatiladi.
Davlat  boshqaruv  idorasi  yoki  davlat  hokimiyati  mahalliy  idorasi 
tomonidan  qonunga  xilof  bo‘lgan  hujjatning  qabul  qilinishi  natijasida 
mulkdorning  mulkiy  huquqlari  buzilgan  taqdirda,  bunday  hujjat 
mulkdorning  da’vosiga  ko‘ra  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb  topiladi. 
Mazkur  hujjatni  qabul  qilgan  davlat  organi  o‘z  ihtiyoridagi  mablag' 
hisobidan mulkdorga yetkazilgan zararlami to'lashi lozim.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish