To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

I; 
Agar  mulk  bepul  qo'lga  kiritilgan  bo'lsa,  u  chinakamiga  asrab-

avaylanmaydi.  Undan  samarali  foydalanishda  xuddi  ishlab  topilgan  pulga 

sotib  olingan  mulkka bo'lgani  kabi  haqiqiy  manfaatdorlik bo'lmaydi.  Shu 
I 
tufayli davlat mulki kim oshdi savdosi bo'yicha xususiylashtirilmoqda.
Islohotlar davom  eta  borib,  so'nggi  paytlarda  sohada jiddiy  huquqiy 
o'zgarishlar  kuzatilmoqda.  Jumladan,  2001-yil  9-martda  O'zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
“2001-2002-yillarda  xorijiy 
investorlami jalb etgan holda korxonalami davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish  bo'yicha  kelgusidagi  chora-tadbirlar  to'g'risida”gi  119- 
sonli  Qarori1  qabul  qilindi.  Unda  qator  obyektlar  va  korxonalaming 
aksiyalarini potentsial xorijiy  investorlarga  sotish  masalasi nazarda tutildi.

Ammo  bu  qaroming  ijrosi  amalda  ijobiy  natija  berdi,  deya  olmaymiz. 
2003-yilning  23-yanvarida PF-3202-sonli  Prezident Farmoni  e’lon qilindi. 
Unda,  aytish  mumkinki,  xususiy  mulk  sohasida  jiddiy  qoidalar  nazarda 
tutildi.  Jumladan,  “Xususiy  korxona  to'g'risida”gi  qonun  qabul  qilish, 
ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  minimal  ustav  fondini  50  ming  AQSh 
dollarining  Markaziy  bankning  ushbu  AJni  davlat  ro'yxatidan  o'tkazish 
paytidagi  ekvivalentiga  teng  bo'lishi  nazarda  tutildi.  Oradan  bir  oz  fursat 
o'tib,  aniqrog'i,  2004-yilning  23-aprelida  Vazirlar  Mahkamasining  185- 
sonli qarori ham qabul qilindi va u ikki yil muqaddam qabul qilingan  119- 
sonli  qaroming  ko'plab  bandlarini  bekor  qildi.  Bugungi  kunda  aytish 
mumkinki,  xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarish  sohasida 
qabul qilingan qonunlami mazkur sohaning huquqiy bazasini tashkil etadi,
-  deyish mumkin.
1 //O ’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2001  yil, № 3 ,17-modda.
137


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  14-martdagi 
“2005-2006-yillarda  korxonalami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  dasturi  to‘g ‘risida”‘gi  PQ-29-sonli  Qarorining  qabul 
qilinishi  sohada  amalga  oshirilayotgan  islohotlaming  navbatdagi  huquqiy 
bazasi  bo'ldi  va  shu  munosabat  bilan  avval  qabul  qilingan  ko'plab 
Hukumat qarorlari bekor qilindi.
Iqtisodiyotda xususiy mulk rolini  oshirishga,  xo'jalik jamiyatlarining 
ustav  jamg'armalarida  davlat  ulushini  tubdan  qisqartirishga  qaratilgan 
iqtisodiyotning  etakchi  tarmoqlari  korxonalarini  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirish  jarayonlarini  yanada  chuqurlashtirish, 
shuningdek korxonalami rivojlantirish va modemizatsiyalashga to'g'ridan- 
to'g'ri investitsiyalar,  shu jumladan xorijiy investitsiyalami keng jalb etish 
maqsadida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  10-iyulda 
№PQ-407-sonli  “2006-2008-yillarda  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish jarayonlarini  chuqurlashtirish to'g'risida”2gi  Qarori e’lon 
qilindi.
Unga ko'ra,  davlatning joylashtirilmagan aktivlari to'laligicha xususiy 
mulk  qilib  sotiladigan  korxonalar  va  obyektlar  ro'yxati,  davlatning 
joylashtirilmagan  aktivlari  2006-2007-yillarda  investorlar  tomonidan 
olinadigan investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan korxonalar 
va  obyektlar  ro'yxati,  ustav  jamg'armasida  joylashtirilmagan  davlat 
aktivlari 
(xo'jalik  birlashmalarining  ustav  jamg'armalariga  avval 
berilganlarini  ham  hisobga  olgan  holda)  2006-2008-yillar  mobaynida 
Davlat  tender  komissiyasi  qarori  bo'yicha  investitsiya  majburiyatlarini 
qabul  qilish bilan xususiy  mulk qilib  sotiladigan  strategik ahamiyatga  ega 
korxonalar ro'yxati tasdiqlandi.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O'zbekiston  Respublikasi 
Davlat  mulki  qo'mitasi  faoliyatini  takomillashtirishga  doir  chora-tadbirlar 
to'g'risida”3gi  2006-yil  26-apreldagi  PQ-335-sonli  Qarorini  bajarish 
yuzasidan,  shuningdek  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
jarayonlarini  takomillashtirish  maqsadida  O'zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  2006-yil  21-iyuldagi  №145-sonli  Qarori  bilan 
“Davlat  mulki  bo'lgan  obyektlami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish tartibi to'g'risida”4gi Nizomni tasdiqladi.
Ushbu  Nizom  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksiga, 
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to'g'risida”gi
1 //O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 yil,  10-11-son, 73-modda.
2 //O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 28-29-son, 264-modda.
3 //O ’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil,  17-son,  140-modda.
4 // O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2006 yil, 30-son, 292-modda.
138


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga,  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
ishlab  chiqilgan  hamda  davlat  mulki  bo'lgan  obyektlami  davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartib-taomillarini belgilaydi.
Nizomga  muvofiq,  O'zbekiston  Respublikasida  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  (xususiylashtirish)  bugungi  kunda  quyidagi  shakllarda  amalga 
oshirilishi mumkin:
davlat  korxonasini  xo'jalik  jamiyatiga  (aksiyadorlik  jamiyatiga, 
mas’uliyati  cheklangan  va  qo'shimcha  majburiyatli  jamiyatga)  yoki 
boshqa tijorat tashkilotlariga aylantirish;
davlat  mulki  bo'lgan  obyektlami  va  (yoki)  davlatga  tegishli 
aksiyalami,  ulushlar  va  mulkiy  paylami  jismoniy  va  nodavlat  yuridik 
shaxslarga,  shu jumladan  O'zbekiston  Respublikasi  norezidentlariga  birja 
va biijadan tashqari savdolarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
sotish.
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  (xususiylashtirish)  shakllarini  tanlash 
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining,  Vazirlar  Mahkamasining  yoki 
Davlat 
mulki 
qo'mitasining 
(Davlat 
mulki 
qo'mitasi 
hududiy 
boshqarmasining)  qarorlariga  muvofiq,  ishlab  chiqarish  xususiyatlarini, 
korxonalar  faoliyati  samaradorligini  oshirish  maqsadlarini  va  ishlab 
chiqarish  ko'lamlarini,  asosiy  fondlar  qiymatini  hamda  potentsial 
investorlaming takliflarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Nizom  10  bo'limdan  iborat  bo'lib,  unda  quyidagilar  o'z  aksini 
topgan:
1) Umumiy qoidalar;
2) Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) jarayonlari 
bo'yicha tashabbus ko'rsatish;
3) 
Korxona 
(obyekt)ni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish  bo'yicha  komissiyani  tuzish  va  uning  faoliyatini  tashkil 
etish;
4) Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) to'g'risida 
qaror qabul qilish;
5) Davlat aktivini baholash va uning boshlang'ich (dastlabki) 
narxini belgilash;
6) Korxonalami sotishdan oldin tayyorlash;
7) Davlat aktivlarini sotish;
8)  davlat  korxonalarini  xo'jalik jamiyatlariga  aylantirishda va davlat 
aktivlarini birjadan tashqari savdolarda sotishda shartnomalar tuzish;
9) davlat korxonalarini qayta o'zgartirish natijasida tashkil etiladigan 
xo'jalik jamiyatlarini ta’sis etish xususiyatlari;
139


10) 
mulkka egalik qilish huquqini  tasdiqlovchi  dalolatnomani  berish 
tartibi.
Shuningdek, Nizomda 12 ta ilova ham mavjud. Ular:
- Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) uchun 
Buyurtmanoma;
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
(xususiylashtirish) 
uchun 
Buyurtmanoma;
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
(xususiylashtirish) 
uchun 
Buyurtmanoma;

Xususiylashtirilayotgan 
korxonada 
ulushni 
sotib 
olishga 
Buyurtmanoma;
-  4a-ilova.  Xususiylashtirilayotgan  korxonada  ulushni  sotib  olishga 
Buyurtmanoma;
-  Emissiya  qilingan  aksiyalaming  bir  qismini  o ‘z  mablag'lari 
hisobiga  nominal  qiymati  bo'yicha  sotib  olish  xohishini  bildirgan  davlat 
tasarrufidan chiqarilgan  (xususiylashtirilgan) korxonaning mehnat jamoasi 
a’zolarining imzolash Varaqasi;
-  Asosiy  fondlami  xatlash  va  baholash  qiymatini  aniqlash 
Dalolatnomasi;
- Ijtimoiy  infratuzilma va  atrof-muhitni muhofaza qilish  obyektlarini 
xatlash va baholash qiymatini aniqlash Dalolatnomasi;
- Tugallanmagan qurilishni xatlash va baholash Dalolatnomasi;
O'matilmagan 
asbob-uskunalami 
xatlash 
va 
baholash 
Dalolatnomasi;
- Yer uchastkasi (yer uchastkalari, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy 
resurslardan foydalanish huquqlari) qiymatini baholash Dalolatnomasi;
- Korxona (obyekt) mol-mulkini baholash Yig'ma dalolatnomasi;
- Mulkka egalik qilish huquqini bemvchi davlat Dalolatnomasi.
O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007-yil  20-iyuldagi  PQ-
672-sonli  “2007-2010-yillarda  xususiylashtirish  jarayonlarini  yanada 
chuqurlashtirish  va xorijiy  investitsiyalami  faol jalb  qilish  chora-tadbirlari 
to ‘g ‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Muhim  strategik  tarmoqlar  korxonalarining  ustav  jamg'armalarida 
davlat 
ulushini 
keskin 
kamaytirish, 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishda  xususiy  mulkchilikning  robini  oshirish,  shuningdek  ishlab 
chiqarishni  modemizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash 
uchun  to'g'ridan-to'g'ri  xorijiy  investitsiyalami  keng  jalb  qilish,  shu 
asosda  sifatli,  raqobatbardosh  va  eksportbop  mahsulot  ishlab  chiqarishni 
ko'paytirishni  ta’minlash  maqsadida,  mazkur  Qarorga  ko'ra,  davlat
140


aktivlari  ochiq savdolarda xususiy mulk sifatida  to'liq  sotiladigan korxona 
va  obyektlar  ro'yxati,  Davlat  tender  komissiyasining  qaroriga  asosan 
davlat  aksiyalari  paketlari,  jumladan  nazorat  paketlari  ishlab  chiqarishni 
modemizatsiya 
qilish, 
texnik 
va 
texnologik 
qayta 
jihozlash, 
raqobatbardosh  va  eksportbop  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo'yicha  aniq 
investitsiya  majburiyatlarini  olish  sharti  bilan  ochiq  savdolarda  sotilishi 
lozim 
bo'lgan 
iqtisodiyotning 
etakchi 
tarmoqlari 
aksiyadorlik 
jamiyatlarining  ro'yxati,  barcha  zarur  muhandislik  kommunikatsiyalariga 
ega, joylashtirilmagan davlat aktivlari  aniq investitsiya loyihalari va yangi 
investorlar  mablag'lari  hisobidan  to'liq  moliyalash  majburiyatlarini  olish 
sharti  bilan  bepul  berilishi  lozim  bo'lgan  faoliyat  ko'rsatmayotgan, 
samarasiz,  shu  jumladan  qurilishi  tugallanmagan  korxona  va  obyektlar 
ro'yxati tasdiqlandi hamda hayotga tatbiq etildi.
Har  bir  soha  faoliyatining  o'ziga  xos  tamoyillari,  ya’ni  tamoyillari 
bo'lganidek  xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan  chiqarishni  ham 
tamoyillari  ham  mavjud.  Mazkur  tamoyil  qonunning  3-moddasida  o'z 
ifodasini topgan bo'lib, quyidagilardir:
- davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat 
jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda ta’minlash;
-  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  vaqtida  mulkni 
sotish va pulsiz topshirishni qo'shib olib borish;
-  pulli  va pulsiz  xususiylashtiriladigan  mulkni  olishda  fuqarolaming 
huquqlari tengligi;
-  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  sharoitida barcha 
fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash;
-  oshkoralik  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
tadbirlarini  amalga  oshirish  ustidan  davlat  va  jamoat  nazoratini  yo'lga 
qo'yish;
- monopoliyaga qarshi qonun talablariga rioya etish.
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to'g'risida”gi 
qonunning qabul qilinishiga quyidagilar obyektiv sabablar bo'ldi:
-  totalitar  tuzumda  shaxsning  mulkdan  begonalashuvi  oqibatlarini 
tugatish;
- davlat mulkining  tarkibiy markazlashuvining haddan ortishi,  undan 
samarali 
foydalanish, 
boshqarish 
va  nazorat 
qilishni 
ta’minlay 
olmaganligi;
-  davlat  mulkiga  nisbatan  tashmachilik  va  xo'jasizlikni  barham 
berish;
141



bozor  iqtisodiyoti,  tadbirkorlik  faoliyatini  yulga  qo‘yish  mulkning 
davlat  qo‘lida  haddan  ortiq  markazlashuviga  zid  ekanligi  davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishda  xuddi  mana  shu  holatlar 
hisobga olinib, islohotlar amalga oshirildi.
Xususiylashtirish  usuliga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin: 
xususiylashtirish  usuli  -   bu  qonun  hujjatlarida  mustahkamlangan  va 
vakolatli  davlat  organi  tomonidan  xususiylashtirishni  amalga  oshirish 
vaqtida 
muayyan 
afzalligi 
bo'yicha 
tanlanadigan 
yo'l-yo'riqlar 
yig'indisidir.  Qonunda ko'rsatib  o'tilgan  xususiylashtirish  usullari  mutlaq 
xarakterga  ega bo'lib,  xususiylashtirish  usuli hisoblangan tegishli  bitimlar 
qonunda  ko'rsatilganidan  farq  qilishi  mumkin  emas.  Aks  holda,  bu  bitim 
haqiqiy hisoblanmaydi.
Xususiylashtirishning  aksariyat  usullari  aksiyalami  sotish  bilan 
bog'liq. 
Xususiylashtirish 
usullari 
tavsifi 
shuni 
ko'rsatadiki, 
xususiylashtirish  korxonani  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatiga  aylantirishdan 
boshlanadi.  Chunki,  davlatga  tegishli  bo'lgan  aksiyalami  xususiy  mulk 
qilib  topshirish uchun  avval,  davlat korxonasi bazasida ochiq  aksiyadorlik 
jamiyatini  tashkil  qilish  kerak  bo'ladi.  Davlat  korxonasini  aksiyadorlik 
jamiyatiga aylantirish Fuqarolik kodeksining 49-moddasi ko'rsatib o'tilgan 
yuridik  shaxsni  qayta  tashkil  etishdan  farq  qiladi.  Fikrimizcha,  FK 
qoidalari  asosida  qayta  tashkil  etish  yuridik  shaxsning  tashkiliy-huquqiy 
shakli  o'zgartirilib,  mulkchilik  shakli  o'zgarmaydi.  Xususiylashtirish 
jarayonida  davlat  korxonasi  aksiyadorlik  jamiyatiga  aylantirilganda 
yuridik  shaxs  sifatida  tugatilib,  uning  mulkiy  bazasida  aksiyadorlik 
jamiyati  tashkil  qilinadi.  Davlat  mulkini  xususiylashtirish  bo'yicha 
komissiya FKda ko'rsatilgan topshirish aktini emas, balki xususiylashtirish 
rejasi  loyihasini  tayyorlaydi.  Natijada  mulkiy  kompleksga  nisbatan  mulk 
shakli  o'zgarib,  aksiyadorlik  jamiyati  mulkning  rasman  mulkdori  bo'lib 
qoladi.
Xususiylashtirish aksariyat hollarda qonunosti  aktlari asosida amalga 
oshiriladi.  Bu  holat  MDH  tarkibiga  kiruvchi  ko'pgina  mamlakatlarda 
kuzatilib,  o'zining  o'miga  va  afzalliklariga  ega.  Chunki,  ommaviy  mulk 
huquqi  subyekti  bu  davlatdir.  Davlat  esa  o'z  mulk  huquqini  ijro  etuvchi 
hokimiyat  -   O'zbekiston  Respublikasining  Hukumati  orqali  amalga 
oshiradi.  U  esa  o'z  navbatida  davlat  mulki  obyektlarini  xususiylashtirish 
bo'yicha  qonunosti  hujjatlari,  dasturlar,  rejalar  qabul  qilish  yo'li  bilan 
ta’minlaydi.  Lekin,  huquqiy  demokratik  davlatda  har  qanday  huquqiy 
munosabat  oliy  yuridik kuchga  ega bo'lgan  qonun  bilan  tartibga  solinishi 
e’tiborga  olib  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish
142


to‘g ‘risida”gi qonunni xususiylashtirishni bir butun  holda huquqiy tartibga 
soladigan qilib qabul qilish maqsadga muvofiqdir.  CHunki,  uning bir qator 
normalari turli xil qonunosti hujjatlariga sochilib ketgan.
Xususiylashtirish  obyekti  sifatida  birinchidan,  korxonalar  va boshqa 
mulkiy  komplekslar,  ikkinchidan,  binolar,  inshootlar,  noturarjoy  binolar, 
qurilishi  tugallanmagan  obyektlar,  uchinchidan, 
yer  uchastkalari, 
to‘rtinchidan  turar  joylar,  beshinchidan,  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlari 
aksiyalari  kiradi.  Demak,  bu  yerda  gap  ommaviy  mulk  huquqi  asosida 
tegishli  bo'lgan  ko‘chmas  mulk  yoki  aksiyalami  begonlashtirish  haqida 
ketayapti. 
К о‘char 
mulk 
ommaviy 
mulkdan 
xususiy 
mulkka 
xususiylashtirish tartibida emas, balki oddiy oldi-sotdi shartnomasi asosida 
yoki mulkni begonalashtirishga qaratilgan boshqa fuqarolik-huquqiy bitim 
asosida o ‘tadi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish