To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

Uy-joyli  bo'lish  qadim  zamonlardanoq  kishilar  uchun  eng  muhim 
hayotiy  masalalardan  biri  bo'lib  kelgan.  Uy-joy  bilan  bog'liq  ijtimoiy 
munosabatlar  o'sha  qadim  zamonlardanoq  huquqiy  jihatdan  tartibga 
solingan.  Hozirgi  kunga  kelib,  uy-joyga  oid  bo'lgan  munosabatlami 
huquqiy  tartibga  solinishi  ancha  mukammal  darajada  ishlab  chiqilgan. 
Ushbu  sohaga  taalluqli  qator  qonun  hujjatlari  mavjud  bo'lib,  bu  qonun 
hujjatlarida  uy-joyga  nisbatan  mulk  huquqini  vujudga  keltirishning 
asoslari  sanab  o'tilgan.  O'zbekiston  Respublikasi  Uy-joy kodeksining  22- 
moddasiga  muvofiq,  fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  quyidagi  yo'llar  bilan 
turar-joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:
-yakka tartibda uy-joy qurish;
-yakka tartibda quruvchilaming shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; 
-uy-joy obligatsiyalarini olish;
-uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish;
-oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalari;
-umrbod  ta’minlash  sharti  bilan  uy  (kvartira)  ni  boshqa  shaxsga 
berish;
65


-meros olish;
-qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish1.
Ko‘rinib  turibdiki,  turar-joyni  xususiy  mulk  qilib  olishning  birinchi, 
ya’ni  dastlabki  asosida  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  hisoblanadi.  Yakka 
tartibda  uy-joy  qurish  bilan  bog‘liq  munosabatlar  asosan,  ma’muriy- 
huquqiy  xarakterdagi  me’yorlar  bilan,  yer  huquqi  va  qisman  fuqarolik 
huquqi  me’yorlari  bilan tartibga  solinadi2.  Yakka  tartibda  qurilgan  uy-joy 
ushbu uy-joy joylashgan hududning  ahamiyatiga qarab turli xil tartibda va 
asoslarda  rasmiylashtiriladi  hamda  davlat  ro'yxatidan  o'tkaziladi  va 
shundan so‘ng uy-joyga nisbatan mulk huquqi vujudga keltiriladi.
Qishloq  joylarida  uy-joyni  yakka  tartibda  qurish  uchun  dastlab, 
yakka tartibda uy-joy qurish va xo'jalik yuritish uchun yer berishni so'rab, 
ariza  bilan  tegishli  mahalla  qo'mitasi  orqali  shirkat  xo'jaligining 
boshqaruv  kengashiga  murojaat  qilinadi.  Kengash  yakka  tartibda  uy-joy 
qurish  uchun  yer  berish  to'g'risida  qaror  chiqargach,  belgilangan 
miqdordagi  yer  uchastkasi  (bu  tegishli  hududdagi  aholi  migratsiyasiga 
qarab  0,6  gektardan  0,8  gektargacha  bo'lishi  mumkin)  o'lchab  beriladi. 
Ajratib  berilgan  yer  uchastkasi  shu  hududning  joylashuv  kartasiga 
kiritiladi  va ariza bergan shaxs nomiga biriktiriladi.  Shundan  so'ng fuqaro 
uy-joyni  o'z  mablag'i  hisobiga  yoki  kredit  hisobiga  yoxud  o'zga 
mablag'lar hisobiga quradi.
Umumiy  qoidaga  ko'ra,  fuqaro  o'ziga  ajratib  berilgan  yer 
uchastkasiga  ikki  yil  mobaynida  uy-joy  qurishni  boshlamasa,  yer 
uchastkasi  kim  tomonidan  ajratib  berilgan  bo'lsa,  o'sha  organ  tomonidan 
olib qo'yiladi.
Shahar  joylarida  yakka  tartibda  uy-joy  qurishda  yer  uchastkalari 
qishloq joylaridagi kabi  tartib  asosida ajratib berilmaydi.  Chunki  shaharda 
yer  uchastkalari  cheklangan  va  odatda  deyarli  barcha  yer  uchastkalari 
tegishli  shaxslarga  mulk  huquqi  asosida  biriktirilgan  bo'ladi.  Shuning 
uchun  ham  shahar  joyda  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  uchun  yer 
uchastkalari  sotiladi.  Yakka  tartibda  uy-joy  qurish  uchun  yer  uchastkalari 
hududning ahamiyatiga qarab,  oddiy va kim oshdi savdosi asosida sotilishi 
mumkin.  Shundan  so'nga  yer  uchastkasi  uni  sotib  olgan  shaxsga  yakka 
tartibda  uy-joy  qurish  uchun  ajratib  beriladi.  Ajratib  berilgan  yer 
uchastkasiga  uy-joy  qurib  bo'lingandan  so'ng  u  shahar  uy-joy  ro'yxatiga 
kiritiladi va uy-joy rejasi tuziladi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish