to'g'risida’^gi Qonunda tadbirkorlar huquqlari tizimida bu nazarda
tutilmadi. Amaliyotda esa bundan tadbirkorlik subyektlari xayriya faoliyati
bilan shug‘ullanish ulaming majburiyati sifatida qarashmoqdalar. Shu
sababli ham, yuqoridagi Qonunga qo'shimcha kiritib, xayriya faoliyati
bilan shug'ullanish tadbirkorlik subyektining huquqi ekanligi, bunday
faoliyat
bilan
shug'ullanishga
majburlashga
yo‘l
qo'yilmasligi,
shuningdek, ish haqidan, byudjet oldidagi majburiy to'lovlardan,
kreditorlari oldida qarzlari bo'lgan tadbirkorlik subyektlari xayriya
faoliyati uchun mablag‘lar ajratishi ta’qiqlanishi belgilab qo'yilishi lozim.
Xususiy mulkdor o‘z mol-mulklarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab, o ‘z
xohishiga ko‘ra va erkin ravishda tasarmf qilishning qonuniy va amaliy
imkoniyatlari qat’iy ta’minlanishi shart.
Mulkdoming navbatdagi vakolati u tomonidan o ‘zining mulk
huquqini kim tomonidan bo'lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni
talab qilish huquqi hisoblanadi. Ma’lumki, mulkdoming huquqlari
samarali himoya qilinishdan butun jamiyat manfaatdor. Davlat mulkiy
munosabatlaming barqarorligini, mulkdor huquqlarini har tomonlama
himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk huquqini himoya qilishda huquq
tartibot tizimi va huquq tizimi, uning barcha sohalari asosiy rol o ‘ynaydi.
Mulk huquqiga nisbatan har qanday tajovuzlar jinoyat qonunchiligi bilan
(o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, firibgarlik, har xil boshqa talon-
tarojlar), ma’muriy qonunchilik bilan har tomonlama qat’iy muhofaza
ostiga olingan.
Fuqarolik qonunlarida mulk huquqini himoya qilishda fuqarolik-
huquqiy vositalari tizimi belgilab qo'yilgan. Ayniqsa bunda mulk
daxlsizligi tamoyili muhim ahamiyatga ega. FKning 166-moddasiga ko‘ra
mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi. Mulkning daxlsizligi
mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlaming mulk huquqini buzishdan
o‘zlarini saqlashlaridan iborat. Mulkdoming mol-mulkini olib qo‘yishga,
shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda
tutilgan hollardagina yo‘l qo'yiladi.
Qonunlarda mulk huquqini bekor boiishining barcha asoslari
(mulkdoming majburiyatlari bo'yicha undiruv mol-mulkka qaratilganda,
musodara, rekvizitsiya, natsionalizatsiya) va tartibi qonunlarda belgilab
qo'yilgani bu borada o'zboshimchaliklar bo'lishini istisno etadi.
FKning 19-bobi mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlami
himoya qilishga bag'ishlangan. Unda mulk huquqini himoya qilishning
Do'stlaringiz bilan baham: