Tmg25: Zentralwelle, Hohlradwelle


Konstruksiyalar puxtaligining muammolari



Download 361,04 Kb.
bet4/10
Sana03.06.2022
Hajmi361,04 Kb.
#633464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Ma\'ruza-Kirish

2. Konstruksiyalar puxtaligining muammolari.


Mashinalar puxtaligi haqidagi fan ikki yo‘nalishda: puxtalikni ta’minlash va uni hisoblash yo‘nalishlarida rivojlandi. Puxtalikni ta’minlash yuqori sifatli mashinalarni yaratish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga doir an’anaviy konstruktorlik va texnologiya usullariga tayanadi, puxtalikni hisoblash esa asosan matematika usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. Puxtalik haqidagi fan rivojlanishining boshlang‘ich davrida konstruktor va texnologlar ishlamay qolishga olib keluvchi tabiiy jarayonlarni chuqur tushungan holda, mashinalarning buzilmasdan ishlash miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqishni foydasiz ish deb hisoblashgan. Puxtalik nazariyasini ishlab chiquvchi matematiklar esa texnik masalalarining o‘ziga xos xususiyatlarini yetarlicha to‘liq tasavvur qilmas va ba’zan hisoblash usullarini qo‘llashni mashinalarning puxta bo‘lishini ta’minlovchi birdan-bir yo‘l, deb qarar edilar. Ana shu ikki yo‘nalishni birgalikda ko‘rib chiqishgina puxta mashinalar yaratilishiga olib keladi.
Mashinalarning ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi.
Ishlatish va saqlash paytida har qanday mashina turli xil ichki va tashqi ta’sirlarga duchor bo‘ladi. Natijada uning asosiy parametrlari va xususiyatlari buziladi. Mashinaning boshlang‘ich xususiyatlari buzilishiga asosiy sabablar sifatida uning ish sharoiti buzilishini, unga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmasligini, tuzatish sifatining pastligi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mashinani ishlatish qoidalarining buzilishi detallarning egilishi va bukilishi, ishchi sirtlarining tirnalishi, darz ketishi, uvalanishi va sinishi kabi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Asta – sekin ishlamay qolishga olib keladigan sabablar material va konstruktsiyalarda turli davrlarda sodir bo‘luvchi fizik – kimyoviy jarayonlar bilan bog‘liqdir.

2. Konstruksiyalar puxtaligining muammolari.


Konstruksiyalarning detallarida (tutashmalarda) eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri ularning yeyilishidir. Bu nuqson material, buyumning yeyilishi, qatlamlarga ajralishi yoki qoldiq deformasiyalanishi natijasida paydo bo‘ladi. Odatda, detallarning shikastlanishi mashinalarni ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi natijasida va ayrim hollardagina metallning toliqishi yoki undagi yashirin nuqsonlar (darzlar, bo‘shliqlar va hokazo) oqibatida yuz beradi. Ishlatish qoidalariga amal qilinganda, tutash detallarning yeyilishi ularning ishlash vaqtiga bog‘liq ravishda asta–sekin ortib boradi. Eng oxirgi statistika ma’lumotlari mashinalar detallarining 15 % gacha sinishi mumkinligini, 85 % dan ortig‘i esa yeyilish natijasida ishdan chiqishini ko‘rsatmoqda.
Mashinalarning puxtaligi tez aylanuvchi detallari – kardanli va tirsakli vallari, maxoviklari, shkivlari, ilashish muftalarining disklari ishlaganda mashinalarning titrashiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Katta burchak tezlik bilan aylanadigan va anchagina og‘ir bo‘lgan bunday qism hamda detallar traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarida juda ko‘p. Bundan tashqari, ayrim detallarni tuzatish va almashtirish chog‘ida ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga keluvchi titrash turli detallarda, shu jumladan, podshipniklarda ham qo‘shimcha yuklanishlar hosil qiladi, natijada mashina ishlamay qolishi mumkin.
Detallarning muvozanatlanmaganligi bir qancha sabablarga: ularning o‘lchamlari noto‘g‘riligiga, materialning zichligi notekisligiga, yig‘ish paytidagi xatoliklarga (bu xatoliklar detallarning valga o‘tkazilishi buzilishida, qiyshayishlar, siljishlar va hokazolarda namoyon bo‘ladi) bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘qdoshlikning buzilishi oqibatida vallarning podshipniklarida yuklanish keskin ortib ketadi, ilashish muftalarining disklari va burilish muftalari shataksiraydi, bu esa detallarning foydali ish koeffisientining kamayishiga hamda ularning ortiqcha yeyilishiga olib keladi.

Download 361,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish