Konstruksiyalar puxtaligi faniga kirish va uning asosiy tushunchalari. Reja: - Fanga kirish.
- Konstruksiyalar puxtaligining muammolari.
- Konstruksiyalar puxtaligining asosiy tushunchalari.
Fanga kirish.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan turli texnologiya jihozlarining xalqaro bozorda raqobatbardoshligi ularning puxtaligiga bog‘liq. Har qanday konstruksiya (texnologik mashina) puxta ishlashini ta’minlash uchun ularning tuzilishini muntazam ravishda takomillashtirish, ishlash qobiliyatini kerakli darajada tutib turish tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Konstruksiyalar puxtaligi fanining asosiy vazifasi loyihalash jarayonida qaralyotgan konstruksiyaning mustahkamlik darajasini (qoldiq mustahkamligi) mexanikaning turli hisoblash usullarni qo’llab baholash va shu bilan birga ishlamay qolish qonuniyatlarini o‘rganib, kam xarajat qilgan holda, konstruksiyalarning belgilangan vazifalarini bajarishini ta’minlashga qaratilgan fandir.
Fanni o‘zlashtirishda davlat ta’lim standartlari talablari darajasida konstruksiyalarni hisoblashda mexanikaning turli usullari (analitik, CHEU) va puxtalik nazariyasining asosiy tushunchalari va qoidalari o‘rganiladi, puxtalikning tabiiy hamda matematik asoslari, miqdoriy ko‘rsatkichlarining xususiyatlari, mashinalarni puxtalikka sinash, puxtalik ko‘rsatkichlarini oldindan aniqlash usullari va puxtalikni oshirish asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Puxtalik - odatda buyumlarning, shu jumladan mashinalarning ham sifati turli ko‘rsatkichlar: puxtalik, texnologiyaboplik, tejamlilik, birxillashtirish darajasi, qulaylik, patent talablariga javob berishi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Puxtalik konstruksiyaning xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning sifatini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Mashinalar, jihozlar, dastgohlar va boshqa texnika qurilmalarining sifatini aniqlovchi alohida xossalar bo‘ladi. Masalan, dastgohlar uchun aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirish darajasi muhim bo‘lsa, tezlik, yuk ko‘tarish qobiliyati, yonilg‘i sarfi muhim ahamiyat kasb etadi. Mashinaning xossalari faqat ish jarayonida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dastgoh dastlab qanchalik a’lo tavsifga ega bo‘lmasin, uning aniqlik, unumdorlik ko‘rsatkichlari qanchalik yuqori bo‘lmasin, ular dastgohning sifatini to‘liq ta’riflab bera olmaydi, faqat uning texnikaviy imkoniyatlarini ko‘rsatadi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |