mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tut- gan o‘rni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mus- taqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning
rivojlanishida tutgan o‘rni ko‘rsatib berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asoslash imkonini berdi.
Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoi- dalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ularni amalga oshi- rish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib berilgan.
Sharq allomalarining ta'lim-tarbiyaga doir fikr va g‘oyalari
Xalqi uchun, uning ma'naviy kamoloti yo‘lida riyozat chekkan Muso Muxammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Lutfiy, So‘fi Ollayor, Binoiy, Koshifiy, Ogahiy, Avaz O‘tar, Uvaysiy, Nodira, Furqat, Ahmad Donish, Xamza, Munavvarqori Abdurashidxon, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, CHo‘lpon, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov, Xamid Olimjon, Zulfiya, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Sharof Rashidov, Ibrohim Mo‘minov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi allomalarimiz insoniyat kamolotining yo‘lchi yulduzlari bo‘lganliklari uchun, biz bilan yonma-yon yashayotgandek ishimizga, o‘ylarimizga, orzularimizga hamkor, hamnafas, ruhi-poklari xotiramizda abadiydir. Ular o‘z asarlarida dono fikrlari, go‘zal va betakror satrlari bilan ma'naviyat, ma'rifat va madaniyat, yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor beradilar. Ularning ta'lim-tarbiya mazmun-mohiyati va usullari haqidagi qarashlari bilan pedagogika nazariya va amaliyotida o‘ziga xos buyuk hayot maktabini yaratdi. Ular komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga ham katta ahamiyatga ega.
Buyuk olim, butun jahon oliy matematikaning asoschisi, astronom, geograf, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Muso Muhammad al-Xorazmiy (783-850) (olimning “al-Xorazmiy” nomi “algoritm” shaklida jahon fanida abadiy o‘rnashib qoldi, “Algebra” so‘zining o‘zi esa uning “Al-kitob al-jabr” nomli risolasidan olingan) nafaqat taniqli olim, balki murabbiy hamdir. Uning shogirdlari matematika, mexanika, astronomiya, geometriya va boshqa ilmlarda mashhur olim va ilm homiylari bo‘lib yetishadi. Olim - ustozning asosiy o‘qitish usullari - bu o‘quvchini evristik vaziyatga qo‘yish (savolni shunday qo‘yish kerakki xulosa va natijaga tinglovchi o‘zi yetsin), muammolik metodi (o‘rtaga tashlagan muammoni o‘quvchi oldingi bilimlarini ishga solingan holda yechishidan iborat), suhbat metodi (savol - javob orqali mavzuni aytib berishi bilan hal qilinadi), tadqiqot metodi (o‘quvchining mustaqil ravishda ishlashi bilan nazariya amaliyotda ko‘riladi va tajriba orqali yechiladi) Hozirgi davrda donishmandning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan e'tirof etilgan. U o‘z asarlari, ixtirolari bilan nafaqat o‘zbek Vatanimizni, balki butun aqli inson ilmiy yutug‘i, o‘z davri madaniyatining yuksak natijalarini butun dunyo va barcha asrlarga mashhur etdi.
Musulmon xalqlari ma'naviyat va ma'rifati rivojiga benazir hissa qo‘shgan o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti Imom Ismoil al-Buhoriy (810-875) Payg‘ambarimiz (MRSAV) hadislarni topib va to‘plab 7275 hadisdan iborat “Al-Jomi as-sahih” (“Ishonarli to‘plam”) nomli asarni yaratdi. Bunda har bir kishining halol, odobli, ozoda, xushmuomala bo‘lish, hulq-atvorini to‘g‘irlash, mehnatga loiq va mehnatsevar bo‘lishi bilan oilasini hursand va ota-onasini rozi qilishga chaqiradi va Payg‘ambarimiz (MRSAV) hayotidan, ish va so‘zlaridan, xatti-harakatlaridan misollar keltiradi. Bu asar hozirgacha ham o‘qigan odamga katta ta'surot qoldirmoqda va muallimlar tomonidan yoshlar ta'lim-tarbiya ishlariga keng foydalanilmoqda. mazkur kitobdan bir rivoyatni misol tariqasida keltiramiz: “Sohibi Amir aytganlar: Uchta xislatni o‘ziga mujassam qilgan kishining iymoni mukkamal bo‘lg‘aydur: insofli va odobli bo‘lmoq; barchaga salom bermoq; kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq”. Bir kishi so‘radi: “Islomda eng yaxshi xislatlar qaysilar? ”. Dedilar: “Ilm egallang. Ochlarga taom bering. Tanigan va tanimaganlarga salom bering”.
Buyuk qomusiy aqli, olim, mutafakkir, jahon ilm-fan va madaniyatning namoyondasi, hozirgi zamonaviy tibbiyot fani va amaliyotining asoschisi, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog Abu Ali ibn Sino (980-1037) (olimning “Abu Ali ibn Sino - Avitsenna” nomi “meditsina” shaklida jahon fanida abadiy o‘rnashib qoldi) kamolotga erishish uchun ilmu-ma'rifatni egallashga chaqiradi. Bola tug‘ilganidan boshlab ma'lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o‘z vaqtida yuvinish va cho‘milish, jismoniy va aqliy mashqlar qilish, mehnat qilish va dam olish, uy-ro‘zg‘or ishlarida faol qatnashish, ovqatlanishlarni ma'lum qoidalar asosida amalga oshirishi bilan to‘g‘ri ta'sir qiladi. Bolalarning o‘spirinlikka o‘tish davri tarbiyasi payti ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulqini mo‘tadillikda saqlashga u yoshlikdan boshlab yaxshi hulqda o‘sishi va keyinchalik ko‘p mashqlar orqali bu unga malaka bo‘lib qolishi darkor. Kishi bilimga ega bo‘lishi kerak, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmaydi. Bilim haqiqiyligini bilish uchun kishi har bir ishiga aqlini, xotira va irodasini, mantiqiy tafakkurini, shaxsiy tajribasini va odob-ahloqiy fikrlarini ishga solish kerak va har mahal o‘ziga savollar berishi kerak: Nima uchun bu ishga qo‘l urayapman? Menga shu kerakmi? B) Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiyning ma'rifatparvarlik g‘oyalari.
Bahovuddin Naqshband (1318-1390) - buyuk mutafakkir, faylasuf, islom dini nazariyotchisi, o‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk faylasuf va pedagog o‘z ta'limotida inson olamni bilishi va ahloqiy mukamallikka erishishi, gunohlardan holi bo‘lishiga intilishi kerak deb ta'qidlab o‘tgan. Olim fikricha yaxshi va yomonga, katta-yu kichikka yaxshilik qilish, barcha xaloiqqa nisbatan o‘zini kamtar tutish, barchaga xizmat xuzurida bo‘lish Ollohimizning so‘zini bajo keltirishdir. Hatto farzand, xodim yoki o‘quvchingiz gapingizni qaytarsa, odobsizlik qilsa, ularga yumshoq va chuchuk til bilan nasihat qilish odobga mansub. Faylasufning quyidagi hikmatli so‘zlari butun jahon hamma qomuslarda keltirilgan: “Qalbim - xudoda, qo‘llarim - ishda”.
O‘zbek halqining o‘g‘loni va ulug‘ zoti, buyuk davlat arbobi, sarkarda, faylasuf va pedagog Amir Temur (1336-1405) ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Sarkarda hind, xitoy, turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha chuqur o‘zlashtirgani taqidlanadi. Shuningdek, o‘zining “Temur tuzuklari”da jamiyatga, ijtimoy-siyosiy hayotga qarashi, inson axloqiy qoidalari, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi haqida gap boradi. Davlat va har bir inson ishlarini har doim islom va shariat hukmlari asosida olib borilganligini bir necha bor taqidlanadi. Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat-madaniyat ahliga e'tibor, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, ibn Arabshoh yozganidek: “Temur olimlarga mehribon, sayiddu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu-ikromini unga izhor qilardi”. O‘z saroylarida ko‘plab ilm-ma'rifat allomalarini to‘plab va davlat uchun ishlatib, Sohibqiron ilm-fan riyoziyot, handasa, me'morchilik, turli kasb-hunarlar, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e'tibor berdi. Uning fikricha, yosh avlod yorqin hislatlarga ega, xotirasi o‘tkir, shijoatli va qat'iyatli, birso‘zli, zo‘r qudrat egasi, salobat ison sifatida o‘sishi uchun har ikki tomonda barcha ashroitlarni yaratish darkor.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan. O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan. O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
―Mahmud Qoshg‘ariy ―Devoni lug‘atit turk asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir, deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi. Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l ko‘yilmagan. Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va manaviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. CHunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, ―Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |