BOSH MIYA SHIKASTLANISHLARI
Lat yeyish bosh va yuzning yumshoq toqimalariga tomtoq narsa bilan urilganda sodir boladi. Bunda teri va teriosti toqimasi oziga xos tuzilganligi sababli shikastlangan tomirlardan chiqqan qon har tomonga tarqalmay, lat yegan qismda toplanib qontalashgematoma hosil qiladi.
Klinikasi. Lat yegan sohada osmasimon hosila, bolalarda esa
«gurra» donglik paydo boladi. Yuzning yumshoq toqimalari, ayniqsa, koz kosasi lat yeganda teri kok-qongir tus oladi va, kopincha, u bir tomonlama boladi, buni kalla asosi singanda kuzatiladigan kozoynak simptomidan ajrata bilish zarur. Qontalash keyinchalik kok-sargish, yashilroq-sariq rangga aylanib, asta-sekin sorilib yoqolib ketadi.
Davosi. Davo konservativ usulda olib boriladi. Buning uchun, avvalo, jarohat olgan joy yoki azoga harakatsiz holat beriladi.
Keyin sovuq narsa qoyiladi va bosib turuvchi boglam boglanadi.
Agar gematoma katta bolsa, uni punksiya qilib, toplangan qon shpris bilan sorib olinadi. Agar gematoma sohasida pulsatsiya se-zilsa yoki u kattalashib keta boshlasa, operatsiya qilinib gematoma ochiladi, qonayotgan tomir boglanadi va kesilgan teri tikiladi.
Yuz va boshning yumshoq toqimalari jarohatlarining oziga xos xususiyatlaridan biri sohaning qon bilan yaxshi taminlanishi natijasida kop qon oqishidir. Sochi uzun kishilar sochining bir qismi bironta mexanizmning harakatdagi qismiga tushib qolganda sidirilgan (skalplangan) jarohatlar kuzatilishi mumkin. Bunda boshning yumshoq toqimalari sochlar bilan birga kalladan butunlay sidirilib tushadi.
Birinchi yordam va davosi. Birinchi yordamdan asosiy maqsad hodisa roy bergan joyda zudlik bilan qon oqishini toxtatish hisoblanadi. Buning uchun kichik jarohatlarda bosib turuvchi boglamning ozi kifoya qiladi. Yirik arterial tomirlar shikastlanganda tomirni uning yoli boyicha bosish va shikastlangan kishini xirurgik statsionarga zudlik bilan olib borish zarur. Òashqi chakka arteriyasi shikastlanganda uning quloq suprasi oldi sohasi bosiladi, tashqi jag arteriyasi shikastlanganda paski jag chekkasidan 12 sm oldindan bosiladi. Keyinchalik esa xirurgik statsionarda jarohatga birlamchi ishlov berilib tozalanadi.
Sidirilgan jarohatlarda terining sidirilgan qismini saqlab qolish shart.
Bunda sochlar va majaqlangan toqimalar oz vaqtida olib tashlanadi va sidirilgan terining kop joyidan teshilib oz joyiga tikib qoyiladi.
176
KALLA, YUZ QISMI SUYAKLARI VA JAG
BOGIMLARINING SHIKASTLANISHI
Burun suyaklarining sinishi.
Klinikasi. Bunda ogriq kuchli boladi, burundan kop qon oqadi, burun shakli ozgaradi. Asta-sekin paypaslaganda suyak siniqlarining bir-biriga ishqalanishidan gijirlash (krepitatsiya) paydo boladi. Sinish turini aniqlash uchun ikki proyeksiyada yuz sohasini rentgenogramma qilish zarur boladi.
Birinchi yordam va davosi. Bunda qon oqishini toxtatish uchun bemorni stulga boshini sal burib otqazilib, burniga sovuq kompress qoyiladi va burun yollari steril paxta bilan artiladi. Burun qonaganda bemorning boshini orqaga engashtirib, chalqancha yotqizishga ruxsat etilmaydi. Bunda qon oqishi toxtamaydi, balki qon traxeya va qizilongachga oqib tushadi, natijada bemor yo-
talib, qusib, bazan aspiratsiya holati kelib chiqishi mumkin.
Shuning uchun bunday holatlarda juda ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Agar burundan kop qon oqsa, bint yoki doka tampon yordamida oldingi yoki orqa tamponada qollaniladi.
Pastki jagning chiqishi. Sabablari juda kop va har xil boladi.
U ozgin odamlarda pastki jagga yon tomondan urishda, juda kop kulish, esnash va ashula aytish paytida kelib chiqishi mumkin. Bunda ogizning juda katta ochilishi natijasida pastki jag-
ning boshchasi bogindan oldinga qarab chiqib, bogim dom-boqchasidan oldinda ushlanib qoladi. Pastki jag bir va ikki tomonlama chiqishi mumkin.
Klinikasi. Bunda ogiz ikki tomonlama yarim ochilgan bolib, uni bekitib bolmaydi. Yonoq ravogi pastidagi teri ostidan chiqqan bogim boshchalaridan iborat yumaloq donglik aniqlanadi.
Òashqi eshituv yoliga barmoqni normal holatdagiga nisbatan ancha ichkariroqqa kiritish mumkin. Jag suyagining bir tomonlama chiqishida jag soglom tomonga burilgan boladi va yuzda asimmetriya holati kuzatiladi.
Davosi. Chiqqan jag suyagini joyiga solish uchun bemor stulga otqaziladi va yordamchi orqa tomonda bemor boshini ushlab turadi. Xirurg bosh barmoqlariga sochiq yoki doka salfetka orab bemorning roparasida turadi va bosh barmoqlarini bemorning ogziga tiqib, pastki jag tishlari ustiga qoyadi va qolgan barmoqlari bilan jagning pastki qirrasini tashqi tomondan ushlaydi. Bosh barmoqlarni asta-sekin qattiqroq bosib, ozgina oldinga kotarib, 177
70-rasm. Pastki jagning chiqishi va uni joyiga solish.
jag pastga tortiladi, songra uni orqaga surib, suyak boshchalari joyiga solinadi (70-rasm). Pastki jag boshchasi bogim xaltasiga sirgalib tushganda jaglar kuch bilan yumilib jag suyagini joyiga solayotgan kishining qolini bemor bexosdan tishlab olishi mumkin.
Yuqori jagning sinishi. Yuqori jagning tipik sinishlari Lefor boyicha uch turga bolinadi.
Birinchi turda (Lefor-1) sinish chizigi alveolar osiq bilan jag tanasi chegarasida noksimon oyiqdan jag domboqchasiga tomon gorizontal otadi.
Ikkinchi turda (Lefor-2) sinish chizigi qanshar sohasida koz kosasining ichki devori va qisman orbita tubi boylab kondalang otadi. Koz kosasi osti chetidan otib, jag-yonoq choki boylab deyarli vertikal pastga tushadi, songra alveolar osiqning orqa tomonidan asosiy suyakning qanotsimon osigigacha boradi.
Uchinchi turda (Lefor-3) sinish chizigi avvaliga ikkinchi tur-ning sinish chizigiga mos keladi, yani qanshardan boshlanadi, koz kosasining ichki devoriga otib, koz kosasining tubi bo-
yicha koz kosasining pastki yorigigacha boradi, songra peshona-yonoq choki boyicha yonoq ravogi orqali jag domboqchasiga va ponasimon suyakning qanotsimon osiqlariga otadi.
Klinikasi kop jihatdan suyak siniqlarining siljish turiga bogliq.
Deyarli hamma holda yuqori jag uzilgan qismining pastga osilib tushishi kuzatiladi. Buning natijasida yuz chozinchoq bolib qoladi, kozlar kirtayib qolgandek tuyuladi. Leforning ikkinchi va uchinchi turdagi sinishlari uchun jaglar yumilganda bemor yuzining yuqori yarmi harakatlanib, sinish chizigi boyicha anchagina qon quyilishi qayd qilinadi. Òashxis ikkita proyeksiyada rentgenografiya qilish yoli bilan tasdiqlanadi.
178
Pastki jagning sinishi.
Pastki jag suyagining sinishi xususiyatiga kora quyidagi turlarga bolinadi:
1) markaziy yoki ortadan sinish kurak tishlar orasidagi orta chiziq boyicha;
2) mental yoki yon tomondan sinish jag tanasining uchdan bir orta qismidan;
3) jag burchagi sohasidan;
4) bogim osigi boyni sohasidan yoki servikal.
Òojsimon osiqning sinishi va yuqori kotariluvchi tarmogining uzunasiga sinishi juda kam uchraydi.
Yuqori jag suyaklarini singan joy boyicha turlarga ajratishdan tashqari, sinishning quyidagi turlari farq qilinadi:
toliq va chala;
togri va bilvosita;
yakka, qoshaloq va kop sonli;
chiziqli, zigzagsimon va parchalangan;
asoratlanmagan (shilliq parda shikastlanmaydigan) yopiq;
asoratlangan (shilliq parda shikastlanadigan) ochiq;
suyakning nuqsonli va nuqsonsiz sinishlari.
Klinikasi malum darajada suyak siniqlarining siljish xususiyati bilan belgilanadi. Suyak siniqlarining siljishi zarb kuchining yonalishi, mushaklarning tortish kuchi va jagning ogirlik kuchiga bogliq.
Markaziy sinishda suyak siniqlari deyarli siljimaydi. Mental sinishda kalta siniq yuqoriga, uzuni esa pastga surilib tushadi. Pastki jag burchagi sohasidagi sinishda va sinishning boshqa turlarida suyak siniqlari amalda siljimaydi.
Sinishning boshqa turlaridagi singari pastki jag singanda absolut simptomlar deformatsiya, suyak siniqlarining krepitatsiyasi va patologik harakatchanligi, shuningdek, nisbiy simptomlar shish, qon quyilishi, ogriq va chaynashning buzilishi kuzatilishi mumkin.
JAG SUYAGI SINGANDA BIRINCHI YORDAM KORSATISH
VA TRANSPORTIROVKA QILISH
Bunday bemorlarga birinchi yordam korsatish bosib turuvchi boglam qoyish yoli bilan qon oqishini toxtatishdan iborat. Agar bemor hushsiz holatda bolsa, asfiksiya yuz berishi mumkinligini unutmaslik zarur. Asfiksiyaning oldini olish uchun shilliq, qon, protez tish va suyak siniqlari ogiz boshligidan chiqarib olinadi.
179
a
b
d
71-rasm. Òilni fiksatsiya qilish usullari.
Òilning halqumga ketib qolishi oldini olish uchun til ip bilan tikiladi yoki tognogich bilan bemorning kiyimiga tortib ilib qoyiladi (71-rasm, b, d), til boglanadi yoki pastki jag tortib boglab qoyiladi (71-rasm, a).
Jag suyaklari singan bemorlarni immobilizatsiya qilish maqsadida ogziga ingichka tayoqcha yoki taxtacha solish va uning uchini boshga yumshoq bint bilan fiksatsiya qilish lozim. Pastki jag singanda esa iyakka sopqonsimon boglam qoyish lozim boladi.
Yuqori jag singanda ham, pastki jag singanda ham immobilizatsiya qilish maqsadida pastki jag fiksatsiya qilinib, oddiy bog-
lam qoyish mumkin (72-rasm). Immobilizatsiya qilishda Entin-ning standart iyak shina-sopqonini, Limbergning fanerdan yasalgan standart shina-taxtachasini va Limbergning ogizdan tash-72-rasm. Palaqmonsimon plastmassa shina.
180
qarida turadigan sterjenlari bolgan standart yuqori jag shina-qoshigini ishlatish mumkin. Bemorga jag suyaklari singan holatlarda albatta ogriqsizlantiruvchi va yurak-qon tomir dorilari buyuriladi.
Jagning suyak siniqlari siljimagan sinishida pastki jagga sim-dan yasalgan bir jagni mahkamlovchi shina qoyiladi. Suyak siniqlarining siljib sinishida, yuqori jaglarni bir-biriga jipslashti-rish uchun, ilgakli qovuzloqlari bolgan shina, yuqori va pastki jag uchun ikkita aluminli shinadan foydalaniladi.
Yuqori jag singanda iyakni Entin yoki Limberg shinasi bilan 46 haftaga fiksatsiyalab qoyish mumkin boladi. Bemorning ahvoli qoniqarli bolsa, yarimotirgan holatida, hushsiz yotgan bolsa, uni zambilga kokragi ostiga va boshi tagiga yumaloqlangan kiyim, adyol kabi narsalar qoyib, yuzini yerga qaratib yot-qizgan holda transportirovka qilinadi.
BOSH MIYANING YOPIQ SHIKASTLARI
Miyaning yopiq shikastlariga bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi va uning ezilishi kiradi. Bularni bir-biridan farqlash shart.
Ammo ular, kopincha, kombinatsiyalangan holda bosh miya shi-kastlanishida kuzatiladi.
Bosh miyaning yopiq shikastlanishiga, kopincha, togridan togri boshga ogir buyum bilan urish, bosh bilan yiqilish yoki urilish sabab boladi.
Bosh miyaning chayqalishi. Bu barcha bosh miya shikastlari orasida eng kop uchraydigan patologik holatdir. Odatda, bosh miya chayqalganda kalla suyaklari shikastlanmaydi. Qisqa va kuchli zarb bosh miyani hamda uning suyuq tarkibiy qismi (likvor, qon) ni harakatga keltiradi. Bunda ozgarishlar kam kuzatiladi: tomirlar qisqa muddatli spazmga uchrab, keyin kengayadi, venoz qon dimlanadi, miya va miya pardalari shishadi, nuqtali qon quyilishi yuz beradi. Bu ozgarishlar bir-ikki hafta davom etadi.
Klinikasi. Bosh miya chayqalganda bemorning es-hushi bir necha soatgacha yoqoladi va retrograd amneziya (bemor qanday hodisa roy berganini eslay olmaydi) asosiy simptom hisoblanadi.
Bunda bemor, kopincha, qayt qiladi, yuz terisi rangsizlanadi, kamroq giperemiya kuzatiladi va bemor yuzaki nafas oladi. Bosh miya chayqalishining yengil darajasida tomir urishi tezlashadi (taxikardiya), ogir darajasida esa aksincha, sekinlashadi (bradikardiya). Koz qorachiqlari bir tekisda torayishi yoki kenga-181
yishi, burun-lab burmasining ozgina silliq tortganligi kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bosh ogriydi, bosh aylanadi, quloq shan-gillaydi, bosh ogirlashadi, koz achishadi, bu sezgi kozni hara-katlantiradi va yoruglikda kuchayadi.
Orqa miya punksiya qilinganda likvor bosimi oshgan bolishi mumkin. Òravmadan song bir necha kun otgach uyqusizlik, tajanglik, kop terlash, darmonsizlik, kitob oqiganda yon tomonlama gilaylik (Sedon simptomi) yuzaga keladi.
Davosi. Davo asosini 12 hafta orinda yotish rejimi tashkil etadi. Lozim bolsa, neyroplegik, antigistamin va vitamin preparatlari keng qollaniladi. Bosh miya bosimi oshganda korsatma asosida venaga 4060 ml 40% li glukoza, 1020 ml 10% li natriy xlorid eritmasi, 10 ml 40% li urotropin, mushakka 10 ml 20% li magneziy sulfat eritmasi va siydik haydovchi dorilar yuboriladi. Suyuqlik miqdori chegaralanadi va tuzsiz ovqatlar berish tavsiya etiladi.
Bosh miyada shish kuzatilganda qoshimcha ravishda venaga 510 ml 2% li geksoniy eritmasi, 12 ml 2% li dimedrol eritmasi, 50100 ml kortizon yoki gidrokortizon eritmalari yuborish buyuriladi.
Bosh miyaning lat yeyishi. Lat yeyish bosh miyaning chayqalishiga qaraganda birmuncha ogir klinik manzara bilan kechadi.
Morfologik jihatdan miya toqimasida miya moddasining yemirilish ochoqlari (uzilish, yumshash, ezilish, qon quyilishi va hokazo) qayd qilinadi. Shikastlangan qism aksariyat postloqda, postloq osti qavatida va miya pardalarida joylashadi. Miya stvoli, miyacha, miya qorinchalarining lat yeyishi va qon quyilishlar, ayniqsa, hayot uchun xavfli hisoblanadi.
Klinikasi bosh miyaning ogir chayqalishini eslatadi. Bunda bemorning es-hushini yoqotish davri uzoq vaqtgacha chozilib, bir necha kun, hatto, haftagacha tormozlanish bilan kechishi mumkin. Retrograd amneziya birmuncha roy-rost yuzaga chiqqan boladi. Bemorning harorati kotariladi, qonda neytrofil leykotsitoz qayd qilinadi, likvorda doimo qon aralashmasi boladi.
Bosh miya lat yeganda ochoqli markaziy simptomlar ustunlik qiladi. Bu, asosan, bosh miya va oyoq-qol nervlari falaji, parezi, gemiplegiyasi va patologik reflekslar bilan kechadi.
Davosi bosh miya silkinishidagi kabi olib boriladi, biroq stvol-dagi buzilishlarga bogliq bolgan ichki azolarning holati hisobga olinadi. Nafas buzilganda traxeya va bronxlardan intubatsiya qilinib shilliq olinadi va ayni vaqtda kislorod beriladi. Bemorga lo-182
belin, sititon yuboriladi. Agar kasalda nafas yetishmovchiligi kuchaysa, traxeostoma qoyiladi va boshqariladigan suniy nafasga otiladi. Qon aylanishini normaga solish uchun yurak-tomir dorilari (kofein, kordiamin va boshqalar) qollaniladi.
Bosh miyaning ezilishi. Bunda kasallik boshqalariga qaraganda birmuncha ogir kechadi. Patalogoanatomik ozgarishlar miya shishi, osib boruvchi gematoma (tomir yorilganda) va suyak qismlari bosishi hisobiga tobora koproq qisilishidan iborat boladi.
Gematomalar qayerda joylashganligiga qarab subdural (qattiq miya pardasi osti), epidural (qattiq miya pardasi usti), subaraxnoidal (yumshoq miya pardasi osti) va intraserebral (miya moddasi) ichki gematomalarga bolinadi.
Klinikasi. Bosh miya ezilganda yoki gematoma hisobiga qi-silganda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha tinch davr bolib, songra bemor hushidan ketadi. Pulsi sekinlashib, bir daqiqada 4050 martagacha uradi. Koz qorachiqlari avvaliga toraygan, keyin kengaygan boladi. Bemor qusadi, yutinishi buziladi. Òinch davrda bosh ogriydi va aylanadi. Gematomaning har xil turlarini taqqoslashda kasallikning klinikasi va orqa miya punksiyasining korsatkichlari katta ahamiyatga ega.
Umumiy miya simptomlari osha borgan sayin miya qisilishi va dislokatsiyasining ochoqli simptomlari quyidagicha boladi: qon quyilgan tomonda bosh miya nervlarining parezlari va falajlari (anizokoriya, ustki qovoq ptozi, qorachiqning torayib, keyin kengayishi, gilaylik), qarama-qarshi tomonda oyoq-qol mushagining parezi va falajlari (monoplegiya patologik reflekslar bilan, epileptiform, talvasa) birmuncha aniq yuzaga chiqadi.
Davosi operatsiya usulida olib boriladi. Operatsiyaning mohiyati kalla suyagini trepanatsiya qilish (ochish), gematomani boshatish va qon oqishini toxtatishdan iborat.
Kalla gumbazining sinishi. Bevosita shikastlanish oqibatida roy beradi. Kalla gumbazining sinishi xususiyatiga kora darz ketgan, parchalanib singan va suyak toqimasi nuqsoni korinishida bolishi mumkin. Sinishning oxirgi turi, asosan, oq tegib yaralanishlarda kuzatiladi.
Sinish toliq bolishi, yani suyakning butun uzunligi boyicha tarqalishi va notogri bolishi mumkin, bunda kalla gumbazining faqat tashqi yoki ichki plastinkasi sinadi. Parchalanib sinishda, shuningdek, ichki plastinka singanda miya pardalari va miya moddasi shikastlanadi.
Ochiq sinishda ham xuddi shunday hodisa yuz berishi mumkin.
Klinikasi. Miyaning ezilishi va shishishi bilan bogliq bolgan umumiy miya simptomlari va miya qismlaridagi bolimlarning shikastlanishiga aloqador oshib boradigan ochoqli simptomlar kuzatiladi.
Davosi. Kalla suyaklari yopiq sinib yorilsa va kalla qutisi suyagi ichiga qon oqmasa, davo kalla-miyaning yopiq shikastlanishi-dagi kabi olib boriladi. Kalla qutisi ichiga qon oqib, parchalanib yoki ochiq sinsa, operatsiya qilish buyuriladi. Operatsiyada ezilgan suyak siniqlarini olib tashlash va qon oqishini toxtatish bilan chegaralaniladi.
Kalla asosining sinishi. Bunday shikastlanish bemorning baland joydan boshi yoki oyogi bilan yiqilishi oqibatida kelib chiqadi va bunda kalla asosi suyaklari, jumladan, asosiy va chakka suyaklari shikastlanadi.
Klinikasi. Kasallikning diagnostikasida anamnez malumotlari, qontalashgan va qon oqqan sohalarning qayerda joylashganligi asosiy rol oynaydi. Kallaning oldingi chuqurchasi shikastlanganda qovoq sohalari va koz atrofiga qon quyiladi «kozoynak simptomi», shuningdek, burun qonaydi, kallaning orta va orqa chuqurchalari shikastlanganda burun-halqum sohasi qon-talashadi va quloqlardan qon oqadi. Kallaning orqa chuqurchasi shikastlanganda sorgichsimon osiqlar sohasiga qon quyiladi.
Bazan burun va quloqlardan likvor chiqadi. Kalla asosi singanda, kopincha, kalla-miya nervlari, shu jumladan yuz nervi, uzoq-lashtiruvchi va kozni harakatlantiruvchi nerv zararlanadi. Miya pardalari tasirlanishi hisobiga meningizm hodisalari (ensa mushaklarining taranglashishi) paydo boladi.
Davosi bosh miya silkinishiga oxshash olib boriladi. Orqa miyani punksiya qilib likvorni chiqarish kalla ichi bosimini pasaytiradi. Infeksiya kirishi xavfining oldini olish maqsadida qon oqayotganda eshituv yoli va burunni yuvish tavsiya etilmaydi, burunga tamponlar tiqiladi.
BOSH MIYANING OCHIQ SHIKASTLARI
Bosh miyaning ochiq shikastlarida yumshoq toqimalar, kalla suyagi, miyaning qattiq pardasi va qator hollarda yumshoq miya pardasi ham zararlanadi. Shikastlanishning bu turi boshga otkir qirrali qattiq narsa bilan urganda, oq tegib yaralanishlarda kuzatiladi.
Kasallikni tashxislash unchalik qiyinchilik tugdirmaydi. Operatsiya stolida jarohat tekshirib korilib, yumshoq toqimalar, kalla suyaklari, qattiq miya pardasi va miya moddasining shikastlanish kolami hamda xususiyati aniqlanadi.
Davosi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalab, majaqlangan va olgan toqimalar olib tashlanadi. Infeksiya sodir bolishining oldini olish maqsadida umumiy antibiotikoterapiya qilish tavsiya etiladi.
Bosh miyaning yopiq va ochiq shikastlanishlarida bemorga birinchi yordam korsatish va transportirovka qilish. Hodisa roy bergan joyda ochiq shikastlanishlarda steril boglam qoyiladi.
Darhol ogriqsizlantirish choralari korilib, zudlik bilan kasalxonaga yotqizishga harakat qilish lozim. Òransportirovka qilishda bemorning boshini balandroq qoyib yotqizilib, boshini avaylab ushlab ketish zarur. Bemor hushsiz holatda bolsa, til halqumga tiqilib qolmasligi uchun tiltutqich bilan tortiladi yoki ipak ip otqazib, iyakka yoki bemorning kiyimiga fiksatsiya qilinadi.
KOKRAK QAFASI SHIKASTLARI
Qovurgalarning sinishi kokrak qafasining ezilishi va bosilishi oqibatida qovurgalarning yorilishi, suyak usti pardasi ostidan sinishi va bitta yoki bir necha qovurganing toliq sinishi, siniqlar ornidan siljishi yoki siljimasligi bilan kechishi mumkin. Bazan qovurgalar sinib, plevra yoki opkaning shikastlanishi bilan birga kechishi mumkin.
Klinikasi. Qovurgalar yakka singanda chegaralangan joyda otkir ogriq kuzatiladi, bu nafas olganda, yotalganda va gavda vaziyati ozgartirilganda kuchayadi. Paypaslash yoli bilan ogriq aniqlanadi, suyak siniqlari siljigan sinishda qovurgalarning shakli pogonasimon bolib ozgaradi.
Agar qovurgalar kop joyidan singan bolsa, klinik manzara yomonlashib, bemor shok holatida bolishi mumkin. Opka toqimasi zararlanganda havo terining yog qatlamiga chiqib, emfizema paydo qiladi, teri bosilganda gijirlash seziladi, bemor qon tuflab, nafas olishi qiyinlashadi, akrosianoz (lab, burun uchi, quloq chiganogi, barmoqlarning uchi kokaradi) va taxikardiya kuzatiladi. Plevra boshligiga qon quyilganda gemotoraks kelib chiqadi.
Bunda bemorni otirgan vaziyatida perkussiya qilishda gorizontal sathdagi suyuqlik aniqlanadi. Agar opka teshilib, suyuqlik plevra boshligiga toplansa, pnevmotoraks kelib chiqadi. Bunda 185
opka siqilib, perkussiyada baland perkutor tovush qayd qilinadi, auskultatsiyada esa opkaning nafas olishi eshitilmaydi.
Qovurgalarning sinishi faqat klinik jihatdan aniqlansa-da, tashxisni tasdiqlash uchun rentgenologik tekshiruvning ahamiyati katta, lekin qator hollarda sinish faqat klinik tekshiruvda aniqlanadi.
Òashxis qoyishda kasallikning klinik manzarasi asos qilib olinadi.
Davosi. Singan sohaga 510 ml 2% li novokain eritmasi yuborilib, blokada qilinadi. Agar qovurga kop joydan sinsa, osha soha 0,5% li novokain eritmasi bilan mahalliy ogriqsizlantiriladi yoki shu tomonning oziga vagosimpatik blokada qilinadi.
Ogriqsizlantirish chuqur va davomli bolishi uchun sinish sohasiga 510 ml 2% li novokain eritmasini yuborish tavsiya qilinadi. 10 daqiqa otgach ignani chiqarmay turib qoshimcha ravishda 5 ml dan 0,22% li lidokain eritmasi yuborish lozim boladi.
Bemorda opka yalliglanishining oldini olish uchun nafas gimnastikasi bajariladi, antibiotiklar va sulfanilamidlar buyuriladi.
Qovurgalar singanda iloji boricha pnevmoniyaning oldini olish maqsadida bemorning kokrak qafasini bintlash tavsiya etilmaydi.
Omrov suyagining chiqishi aksariyat yelka bilan yiqilganda sodir boladi. Omrov suyagi akromial va tosh uchlarining chiqishi farq qilinadi. Kopincha omrov suyagi akromial uchining chiqishi kuzatiladi. Boylam apparatining yirtilish darajasiga kora tola va qisman chiqishi tavofut qilinadi. Òola chiqishda shu sohadagi boylam apparati batamom yirtiladi yoki qisman saqlanib qoladi.
Klinikasi. Omrov suyagi akromial uchidan chiqqanda yelka usti sohasida akromial uchining chiqib qolishi sababli pogonasimon deformatsiya kozga tashlanadi. Yelka suyagi uzoqlashtiril-ganda va omrovning chiqib turgan uchi bosilganda omrov joyiga tushadi; yelka suyagi pastga tushirilganda uning bu uchi yana yuqoriga kotariladi («klavish» simptomi). Òashxis rentgenologik tekshiruvda tasdiqlanadi. Yelka suyagi qisman chiqqanda omrovning akromial uchi unchalik roy-rost turtib chiqmaydi.
Davosi. Omrov suyagining chiqqan uchi joyiga solinadi. Kramer shinasi yoki gips boglam bilan fiksatsiya qilinadi (73-rasm). Qator hollarda, ayniqsa, omrovning akromial uchi chiqqanda bu usul goyat yaxshi natija berishi mumkin. Omrovning chiqqan uchini tutib turishning iloji bolmagan hollarda operatsiya yoli bilan davolanadi. Operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, omrov suyagining akromial uchi chiqqanda uni kurakning akromial uchiga, omrovning tosh uchi chiqqanda tosh suyagiga fiksatsiya qilinadi.
186
Omrov suyagining sinishi. Bevo-
sita zarb tekkanda yoki yozilgan qol-
ga, tirsakka, yelkaning yon yuzasiga
yiqilganda omrov suyagi sinadi. Bo-
lalarda aksari suyak ustki pardasi
ostidan sinib, suyak siniqlarining un-
chalik siljimasligi kuzatiladi. Katta
yoshdagi kishilarda kondalang,
qiyshiq va parchalanib sinish qayd
qilinadi. Odatda, omrov sinishi su-
yak siniqlarining siljishi bilan otadi.
Markaziy suyak sinigi tosh-omrov-
sorgichsimon mushakning torti-
shishi hisobiga yuqoriga va oldinga,
73-rasm. Kramer shinasi bilan
periferik siniq omrov mushagining
qolni immobilizatsiya qilish.
tortishishi hisobiga pastga va ichka-
riga siljiydi. Suyak siniqlari tomir-nerv tutamini, plevra gumbazi yoki terini shikastlashi mumkin.
Klinikasi. Ogriq vaqtida singan sohaga narvonsimon, qolga Dezo boglami yoki romolchali boglamdan foydalaniladi. Sinishni davolashda shikastlangan sohaga novokain yuboriladi yoki uzoq tasir qiladigan blokada qilinadi. Bemorning yelkalari iloji boricha uzoqlashtiriladi va ikkala yelka uchi sohasiga ikkita doka halqa kiygizilib, ular rezina naycha bilan boglanadi (Delbe usuli). Kerilgan yelkalar ustiga halqalar orniga sakkizsimon boglam qoyilsa ham boladi. Suyak siniqlari 34 hafta ichida bitadi.
Suyak siniqlarini korsatilgan usullar bilan joy-joyiga solib bolmasa, xirurgik yol bilan davo qilinadi. Operatsiyaning mohiyati suyak siniqlarini lavsan ip yoki sim bilan, shuningdek, omrov suyagining ikkala uchidan otkazilgan zanglamaydigan polat kegay bilan biriktirishdan iborat.
Kokrak qafasiga teshib kiruvchi shikastlar
Kokrak qafasiga teshib kiruvchi shikastlar deganda, teri, teriosti toqimasi va mushak qavati bilan birga pariyetal plevra ham jarohatlanadigan shikastlanishlar tushuniladi. Bunda opka shi-kastlanmasligi ham mumkin. Kokrak qafasining teshib kiradigan jarohati sovuq qurol yoki oq otadigan quroldan sodir boladi.
Kokrak qafasining teshib kiruvchi shikastlanishlarida, ko-
pincha, pnevmotoraks (plevra boshligiga havo yigilishi), gemotoraks (plevra boshligiga qon yigilishi) va pnevmogemotoraks (havo va qon yigilishi) kuzatiladi.
Pnevmotoraks. Plevra boshligiga kokrak devoridagi jarohat teshigi orqali (tashqaridan) yoki shikastlangan opka orqali havo kirishi (ichkaridan) natijasida pnevmotoraks hosil boladi. Havo plevra boshligiga tushganda opka siqiladi va bu havo miqdoriga bogliq boladi. Opka kuchli siqiladi.
Pnevmotorakslar yopiq, ochiq va klapanli turlarga bolinadi.
Yopiq pnevmotoraksda plevra boshligiga kirgan havo tashqi muhit bilan tutashmaydi, bunda kokrak qafasi yoki opkadagi jarohat kanali bekilib qoladi.
Ochiq pnevmotoraksda jarohat kanali ochilib turadi va plevra boshligiga tushgan havo tashqi atmosfera bilan bemalol tutashadi.
Klapanli pnevmotoraksda jarohat kanalining xususiyatlariga kora havo plevra boshligiga bemalol kirib, qaytib chiqa olmaydi.
Shunga kora bemor nafas olgan sayin plevra boshligiga tobora koproq havo yigila boshlaydi. Bunda opkaning anchagina siqilishi va koks oraligi azolarining soglom tomonga siljishi kuzatiladi. Qator hollarda (klapanli pnevmotoraksda) havo teriosti toqimasiga chiqib teriosti emfizemasi paydo bolishiga olib keladi.
Klinikasi. Kokrakda siqilish sezgisi, nafas qisishi paydo boladi, bemor kokarib ketadi, kokrak qafasining shikastlangan tomonida nafas olish yoqoladi va birmuncha sustlashadi, tovush titrab chiqadi. Bemorning ahvoli ochiq va klapanli pnemotoraksdagiga nisbatan ogir boladi.
Gemotoraks. Kopincha qon plevra boshligiga jarohatlangan opka tomirlaridan, bazan kokrak devorining shikastlangan tomirlaridan oqib tushadi. Oqib tushgan qon miqdori 1,53 l ga yetishi mumkin. Infeksiya qoshilgan hollarda plevra yiringlab, empiyema rivojlanadi.
Klinikasi. Bemorda ichki qon oqish alomatlari paydo bolib, teri va shilliq pardalar oqaradi, sovuq ter chiqadi, puls tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi. Bu simptomlarga nafas qisishi va nafasning qiyinlashuvi qoshiladi. Perkussiyada qon oqib tushgan sohada perkutor tovushning bogiqligi qayd qilinadi.
Pnevmogemotoraks klinik jihatdan pnevmotoraks va gemotoraksning birga uchrashi bilan ifodalanadi. Perkussiyada plevra boshligida suyuqlikning gorizontal sathi aniqlanadi.
188
Birinchi yordam va davosi. Kokrak qafasining teshib kiruvchi jarohatlarida bemorlarga beriladigan birinchi yordam ochiq pnevmotoraksni bartaraf qilishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda jarohat sohasiga germetiklikni taminlaydigan aseptik boglam qoyiladi, buning uchun leykoplastir yoki individual paketdagi rezina aralashtirilib tayyorlangan qopchiqdan foydalaniladi, ustidan paxta-dokali boglam yopiladi. Bemorga ogriq qoldiradigan va yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuboriladi.
Bunda davolash kokrak devoridagi jarohatni xirurgik tozalash, uni qavatma-qavat jips qilib tikish, plevra boshligidan havo va qonni tortib olishdan va bemorni darhol transportirovka qilishdan iborat.
Klapanli pnevmotoraksda takroriy plevral punksiya qilinib, havo tortib olinadi. Òroakar orqali ochiq pnevmotoraks yopiq pnevmotoraksga aylantiriladi yoki Byulau usulida drenaj qoyiladi.
Biroq bunday hollarda klapan mexanizmini darhol operatsiya yoli bilan bartaraf qilgan yaxshi. Gemotoraksda qon oqishi operativ yoki konservativ yol bilan toxtatiladi va plevra boshligidan qon olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |