Adabiyotlarga jo’natmalar
Kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan adabiyotlarning ro’yxatini shakllantirishda, matnda hujjatli axborotning manbaiga jo’natma berilganda Word dasturining ССЫЛКИ – menyusidagi Управление источниками, Вставить ссылку, Стиль, Список литературы uskunalar panelidan foydalanish zarur.
Kurs ishini tekshirishga taqdim etish tartibi
Kurs ishi, topshiriqlarda va ushbu uslubiy ko’rsatmada ko’zda tutilgan hamma talablarni bajarilganida, tayyor, deb hisoblanadi. Kurs ishi tayyor bo’lgandan so’ng rahbarga topshiriqda ko’rsatilgan muddatda tekshirish uchun taqdim etiladi.
Kurs ishini himoya qilish tartibi
Kurs ishining himoyasini o’qituvchi yoki kafedraning o’qituvchilaridan tashkil topgan komissiya qabul qilishi mumkin.
Kurs ishining himoyasi doklad va savollarga javoblardan iborat. Dokladda student taqdim etgan ishining mahiyatini hamda olingan natijalarni aniq va tushunarli bayon etishi kerak. Dokladdan so’ng student savollarga javob berishi kerak.
Kurs ishining himoyasi natijalari bo’yicha quyidagilarni e’tiborga olgan holda baho qo’yiladi:
student tomonidan taqdqiqot ob’ektini, nazariy qoidalarni, shu jumladan, taqdqiqot ob’ekti bilan bog’liq fizika, matematika, umumtexnik qonun-qoidalarni bilishi;
ishning natijalarini bayon etish malakasi, qabul qilingan qarorlar va xulosalarni asoslashi va savollarga javob berishi.
1. Talabaning kurs ishi berilgan mavzu bo’yicha rasmiylashtirilganligi (40 ball):
mavzu to’liq ochilgan, to’g’ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bo’lsa – 34,4-40 ball
mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor – 28,4-34 ball
mavzu mohiyati yoritilgan, ammo kamchiligi bo’lsa -22-28 ball beriladi.
2. Yakuniy baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi (60 ball).
2.1. Talaba ma’ruzasi bo’yicha (30 ball):
agar ma’ruzada mavzu mohiyati to’la ochilgan bo’lib, mavzu bo’yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan 25,8-30 ball
mavzuning mohiyati to’la ochilgan, asosiy faktlar to’g’ri bayon qilgan bo’lsa – 21,3-25,5 ball
mavzu to’liq yoritilmagan, kamchiliklar mavjud bo’lsa – 16,5-21 beriladi.
2.2. Talabaning savollarga javob berishi bo’yicha (30 ball):
savolning mohiyati tola ochilgan, asosiy faktlar to’g’ri bayon qilingan bo’lsa – 25,8-30 ball
savolga to’g’ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo’lsa – 21,3-25,5 ball
berilgan savolga javoblar umumiy va kamchiliklar ko’proq bo’lsa - 16,5-21 ball beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |