Zamonaviy komp’yuter texnologiyalarining dasturiy ta’minoti, asosan tizimli dasturlardan, utilitlardan yoki boshqacha qilib aytganda servis dasturlardan,amaliydasturlardan hamda translyatorlardan tashkil topadi
Tizimli dasturlar(system programs) – foydalanuvchi bilan komp’yuter o’rtasidagi muloqotni o’rnatishga, komp’yuterning samarali ishlashini ta’minlashga, komp’yuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarishga xizmat qiluvchi dasturlardir.
Utilitlar (utilities) – tizim dasturlar safiga kiruvchi dasturiy vositalarlar bo’lib, komp’yuterning hamda uning qurilmalarining samarali ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
Vazifalariga ko’ra utilitlar ham o’z navbatida bir nechta guruhlarga bo’linadi
Amaliy dasturlar (application programs) – foydalanuvchilarga komp’yuterda ma’lum amallarni bajarishga imkon beruvchi dasturiy vositalardir. Hozirgi paytda yuz mingdan ortiq bunday vositalar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
komp’yuterda matnli ma’lumotlarni tayyorlashga imkon beruvchi matn muharrirlari;
grafik muharrirlar;
elektron jadvallar bilan ishlashga xizmat qiluvchi jadval protsessorlari;
ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi vositalar;
ilmiy va ish grafikasi vositalari;
avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari
Translyatorlar (Translators) – yuqori tartibdagi dasturlash tillari yordamida foydalanuvchi tomonidan tuzilgan amaliy dasturlarni komp’yuter tushina oladigan quyi tartibdagi mashina kodlariga tarjima qilib, ularni ishchi dasturlarga aylantiruvchi dasturiy vositalardir.
Vazifalariga ko’ra translyator-assemblerlar, translyator-interpretatorlar va translyator-kompilyatorlar ga bo’linadi.
Translyator-assemblerlar (translatop-assemblers) – tuzilgan dasturlarni mashina kodlariga aylantirish qulay bo’lishi uchun, dastlab ularni mashina kodiga yaqin bo’lgan tilga, ya’ni assembler tiliga tarjima qiladi;
Translyator-interpretatorlar (translator-interpreters) – assembler tiliga aylantirilgan dastur matnini qadamma-qadam, ya’ni satrma-satr mashina kodiga tarjima qila boshlaydi. Tarjima qilish jarayonida matndagi orfografik va mantiqiy xatolarni ham nazorat qilib boradi. Agar shunday xatolar uchrasa shu zahotiyoq foydalanuvchiga xabar beradi va shu xatolarni tuzatishni so’raydi;
Translyator-kompilyatorlar (translator-compilers) – mashina kodidagi dasturni dastlab ob’ektli modullar ko’rinishiga aylantiradi, so’ngra esa har bir modul bajarayotgan amallar o’rtasidagi va modullar orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni tekshirib chiqadi. Agar biror joyda shunday bog’lanish buzilgan bo’lsa bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi va nuqsonlarni tuzatishni so’raydi. Oxirida esa, modullarning barchasini birlashtirib yagona ishchi dastur ko’rinishiga keltiradi. Bu translyatorlarning ishlash usullarining noqulayligidir. Lekin bu kamchilik maxsus ishlab chiqilgan fayl-menedjerlar (“qobiq”ularga mavjud bo’lgan komp’yuter viruslarining 90 foizidan ko’prog’i ta’sir qila olmaydi;
Zamonaviy arxivlash vositalariga PKZIP, ARJ, PAK, PKPAK, PKArc, Lha, Ice, RAR, WinRAR, WinZip, Microsoft Backup kabi dasturiy vositalar misol bo’la oladi.
Formatlash vositalari. Ma’lumki, ma’lumot yozilishidan oldin magnit disklarning (qattiq yoki yumshoq disklarning) sathlari sektorlarga, sektorlar esa o’z navbatida klasterlarga, klasterlar esa ma’lumot yoziluvchi yo’laklarga bo’linadi. SHundan keyingina disklar ishchi holatiga keladi va har bir ma’lumot (fayl) shu diskning ma’lum sektorining ma’lum klasteriga qarashli ma’lum yo’laklarga yoziladi. Ma’lumotlarni disklarga shunday usullar bilan yozish, ularning diskda optimal joylashtirilishiga hamda zarur paytda kerakli ma’lumotlarni tez izlab topib berilishiga imkon beradi. Disklarning sathini shunday sektorlarga va klasterlarga bo’lishga – disklarni formatlash deyiladi va bu formatlash maxsus formatlash vositalari tomonidan amalga oshiriladi.
Masalan formatlangan 3,5 dyumlik disketada 18 ta sektor va 80 ta yo’lak bo’ladi. O’z navbatida har bir sektordagi yo’laklar sig’imi 512 bayt bo’lgan qismlarga (klasterlarga) ajratiladi.
Hozirgi paytda disketalarni formatlash uchun Fformat (Floppy format) va SF (Safe format) dasturiy vositalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |