Uch2=Ud2Kd=Kd(U1−0,5U2); (5.50)
(5.49) ifodaga asosan Uch ni aniqlash uchun Ud1 va Ud2 ni aniqlash kerak. Diod VD1 orqali o‘tuvchi yuqori chastotali toklar quyidagi yopiq zanjirdan: VD1→Ck1→Ck2→ umumiy ulanish simi →Cbl→L1C1 – kontur →CA→L2C2 kontur VD1.
Diod VD1 ga ikki kuchlanish: birinchi L1C1 konturdagi kuchlanish va ikkinchi L2C2 konturdagi kuchlanishning yarimi, ya’ni 0,5 qo‘yilgan. kuchlanishi yuqori chastota bo‘yicha L1C1 konturga parallel ulangan Ldr – drossel ajraladi. Ldr – drossel L1C1 konturga ta’sir etmasligi uchun Ldr≈10L1 sharti bajarilishi kerak. Har bir onda Ud1 va Ud2 kuchlanishlar bir-biriga teskari bo‘ladi.
5.21-rasm. Konturlari o‘rtacha chastotaga sozlangan chastota detektori ishlashiga oid vektor diagrammalari
Bog‘langan va sozlangan konturli ChD ishlash prinsipini 5.21-rasmda keltirilgan vektor diagrammalar bilan tushuntirish oson. Agar ω=ω0 bo‘lsa (5.21a-rasm), signal o‘rtacha chastotasi ω0 konturlar L1C1 va L2C2 rezonans chastotasiga teng bo‘ladi. kuchlanish fazasini nol deb olsak, ikkinchi konturdagi elektr yurituvchi kuch (EYuK) fazasi fazasiga mos keladi. Rezonansda ikkinchi konturdagi tok EYuK bilan fazasi bir xil bo‘ladi. L2C2 konturdagi kuchlanish kondensator C2 ga qo‘yilgan bo‘lib, uning fazasi tok fazasidan 90° kech qoladi. kuchlanishning VD2 ga qo‘yiladigan yarmi fazasidan 90° ga ortadi; VD1 ga qo‘yiladigan ikkinchi yarmi 90° ga kechikadi. Diagrammadan Ud1 va Ud2 larni aniqlaymiz, Ud1=Ud2 , demak Uch1=Uch2 va Uch=0 bo‘ladi.
5.21b-rasmda ko‘rish signali chastotasi ω>ω0 holat uchun vektor diagrammasi keltirilgan. Bunda ham ni asosiy vektor deb tanlaymiz. bo‘lgani uchun uning fazasi fazasiga mos keladi.
ω>ω0 da tok uchun induktiv xarakterga ega bo‘ladi. U E2 fazasiga nisbatan kech qoladi. kuchlanish dan 90° ga kech qoladi. Uning birinchi yarmi VD1 diodga va ikkinchi yarmi VD2 diodga beriladi. VD1 dagi qismi dan 90° ga kechikadi va VD2 dagi qismi dan 90° ga ilgarilaydi. va 0,5 vektorlarni qo‘shib va kuchlanishlarni aniqlaymiz. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki > , bunda Uch1>Uch2 va natijada Uch<0 bo‘ladi.
Yuqoridagi tartibda ω<ω0 holatni ham tahlil etish mumkin, natijada Uch>0 bo‘ladi.
Tebranish konturlari bir-biri bilan induktiv bog‘langan va har ikkala L1C1 va L2C2 konturi kirishdagi ChM signal o‘rtacha chastotasiga sozlangan balanslangan ChD detektorlash xarakteristikasi ancha keng chiziqli qismga ega bo‘lib, uning kengligini L1C1 va L2C2 konturlar aslligi Q ga va ular orasidagi magnit induksiyasi M kattaligiga bog‘liq. Kirish chastotasining o‘zgarishi L2C2 konturdagi kuchlanish bilan birinchi kontur L1C1 dagi kuchlanish orasidagi fazaning 900 dan oshishiga yoki kamayishiga sabab bo‘ladi, natijada VD1 va VD2 larga qo‘yilgan kuchlanishlar va qiymatlari o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida ChD chiqishidagi kuchlanish Uch ni kirish chastotasi o‘zgarishiga mos o‘zgarishiga olib keladi.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |