Faza modulyatsiyasi natijasida yuqori chastotali tashuvchi fazasi modulyatsiyalovchi kuchlanish ga proporsional o‘zgaradi, ya’ni
bunda – modulyatsiyalovchi kuchlanish ni faza o‘zgarishi bilan bog‘lovchi koeffitsient. Modulyatsiya natijasida boshlang‘ich faza ga o‘zgaradi.
Faza va chastota modulyatorlari bir-biriga bog‘liqligiga qaramasdan, ular turlicha shakllantiriladilar. Agar ChM da modulyatsiyalovchi kuchlanish ta’sirida uning chastotasi o‘zgarsa, FM da esa uning fazasi ga proporsional o‘zgarishi kerak. Shuning uchun FM modulyatorning birinchi qismi generator emas, rezonans kuchaytirgich bo‘lishi kerak. Rezonans kuchaytirgichning yuklamasi – parallel LC kontur FM da asosiy o‘rinni egallaydi. 4.27a-rasmda FM soddalashgan sxemasi va 4.27b-rasmda parallel kontur faza-chastota xarakteristikalari keltirilgan. 4.27a-rasmda – boshqaruvchi reaktiv element. Reaktiv element sifatida varikapdan foydalanish mumkin. U holda 4.27a-rasmdagi sxemaning punktir chiziqdan o‘ng tomon qismi 4.25b-rasm o‘ng tomoni bilan almashtirish mumkin. – umumiy holda bu parametrik element ekvivalent sig‘imi yoki induktivligi modulyatsiyalovchi kuchlanish ga mos o‘zgaradi deb hisoblash mumkin.
FM modulyator ishlash jarayonini faza-chastota xarakteristikalari yordamida ko‘rib chiqamiz. Agar kontur tashuvchi signal chastotasi ga sozlangan bo‘lsa, uning qarshiligi aktiv bo‘ladi va u orqali o‘tayotgan tok birinchi garmonikasi I1 unda kuchlanish, chiqish kuchlanishi ni keltirib chiqaradi. I1 tok fazasi kuchlanish fazasiga mos keladi. Shuning uchun xarakteristika nuqtadan o‘tadi (4.27b-rasm). Agar ta’sirida o‘zgarib LC kontur rezonans chastotasi kamaysa, bu kontur tashuvchi chastotasi ga teng bo‘lmaydi. Natijada xarakteristika chapga suriladi va chastotal o‘qini chastotada kesib o‘tadi. Bu tok I1 fazasi konturdagi kuchlanish fazasidan ga kech qolishiga olib keladi. Parallel kontur rezonans chastotasi ko‘paysa kuchlanish tok I1 dan fazaga kech qoladi. Kontur xarakteristikasi o‘ng tomonga suriladi, bo‘ladi. Shunday qilib, ta’sirida Xb(t) – reaktiv qarshiligi o‘zgaradi, kontur rezonans chastotasi tashuvchi chastotasi ga nisbatan o‘zgarib turadi, natijada chiqish kuchlanishi fazasi I1 tok fazasiga nisbatan ga o‘zgarib turadi.
4.27-rasm. a) – faza modulyatori soddalashgan elektr sxemasi; b) – FM signalni olishga oid chizma.
Kuchaytirgich chiqishidagi tok birinchi garmonikasi I1 uning kirishidagi chastotasi bo‘lgan kirish kuchlanishi fazasiga mos keladi. Tashuvchi kirish kuchlanishi alohida generatorda shakllantirilib kuchaytirish qurilmasiga beriladi. Chiqish kuchlanishi fazasi kirish signali fazasiga nisbatan modulyatsiyalovchi kuchlanish ga mos ravishda o‘zgarib boradi.
Signalning fazasi va chastotasi o‘zaro bog‘liqligi uchun FM signalni chastota modulyatori yordamida va ChM signalni faza modulyatori yordamida olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |