Nazorat savollari
Diskret modulyatsiya deb qanday modulyatsiyaga aytiladi?
Amplitudasi, chastotasi va fazasi 110010 ketma-ketligi bilan manipulyatsiyalangan signallar vaqt diagrammalarini chizing.
Nisbiy FMn signali oddiy FMp signaldan qanday farqlanadi va shakllantiriladi?
AMn, ChMn va NFMn signallar spektrini chizib ko‘rsating va ularni bir-biri bilan taqqoslang.
Impulslar ketma-ketligidan tashuvchi sifatida foydalanib qanday modulyatsiya turlarini amalga oshirish mumkin va ularning vaqt diagrammalari uzluksiz kosinusoidal signal bilan modulyatsiyalanganda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Bir past chastota Ω yoki F bilan turli impuls modulyatsiyalangan signallar uchun analitik ifodalarni yozing va tushuntirish bering.
Bir past chastota Ω yoki F bilan impuls modulyatsiyalangan signallar spektri matematik ifodalarini yozing va spektr diagrammalarini chizing, ularni щzaro taqqoslang.
7. UZLUKSIZ SIGNALLARNI RAQAMLI UZATISH 7.1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar
Analog signallarni raqamli signallarga almashtirish ko‘p hollarda bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bular qatoriga ularni uzatish, xotirada saqlash, ishlov berish kabi jarayonlar kiradi. Analog signallarni raqamliga almashtirish uni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash – kvantlangan sath qiymatlarini unga eng yaqin bo‘lgan sath qiymati bilan almashtirish va sath qiymatini belgilovchi raqamni elementar signallar orqali kodlash natijasida amalga oshiriladi. Ammo ko‘p hollarda vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha kvantlangan signallarni raqamli signal deb atash qabul qilingan. Analog signalni raqamliga almashtirish – analog raqam almashtirish (ARA) qurilmasida amalga oshiriladi.
funksiya orqali ifodalanadigan signal turlarini ko‘rib chiqamiz [2].
Uzluksiz argument ning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan uzluksiz signal deb ataladi. Bunda uzluksiz signal ning argumenti uning boshlanishi dan ushbu signalning davomiyligiga teng bo‘lgan vaqt orasidagi hamma qiymatlarni qabul qiladi, ya’ni (8.1a-rasm).
Diskret vaqt ning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan signal (8.1b-rasm) vaqt bo‘yicha diskret, sath bo‘yicha esa uzluksiz signal deb ataladi. Bu signalning funksiyasi argument vaqtning faqat onlaridagina qiymatlarga ega bo‘ladi. Diskretlash oralig‘i bir xil, ba’zi hollarda esa turlicha bo‘lishi mumkin.
Uzluksiz argument ning diskret funksiyasi bo‘lgan signal vaqt bo‘yicha uzluksiz, sath bo‘yicha esa diskret signal deb ataladi (7.1d-rasm). Bunda vaqt signal boshlanish va tugash vaqti oralig‘idagi har qanday qiymatlarni qabul qiladi, sath esa ruxsat etilgan sath qiymatlaridan biri bo‘lgan qiymatga teng bo‘ladi. Bunda – kvantlash qadami, ya’ni ikki eng yaqin ruxsat etilgan sath orasidagi farqqa teng bo‘ladi. Ushbu kvantlash qadami qancha kichik bo‘lsa uzluksiz sath qiymatini kvantlangan sath bilan almashtirishdagi xatolik absolyut qiymati shuncha kichik bo‘ladi.
Diskret vaqt ning diskret funksiyasi bo‘lgan signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signal deb ataladi. Bunday signal diskret vaqt larda qiymatlardan biriga teng bo‘ladi (8.1e-rasm).
7.1-rasm. Signallarning turlari: a) – uzluksiz signal; b) – vaqt bo‘yicha diskret, sath bo‘yicha uzluksiz signal; d) – vaqt bo‘yicha uzluksiz, sath bo‘yicha diskret signal; e) – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal.
Shunday qilib vaqt bo‘yicha uzluksiz signal argumenti ni uning vaqtlardagi qiymatlari bilan almashtirish vaqt bo‘yicha diskretizatsiyalash deb ataladi va shunga o‘xshash signal sathi uzluksiz qiymatlari ni uning sathlarga mos qiymatlari bilan almashtirish, ya’ni sath bo‘yicha diskretizatsiyalash – kvantlash deb ataladi.
Uzluksiz signalni vaqt va sath bo‘yicha diskret signal bilan almashtirib, uni kodlash asosida uzatishga asoslangan aloqa tizimi diskret yoki raqamli aloqa tizimi deb ataladi.
Vaqt bo‘yicha diskretlash natijasida signal ushbu signalning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari bilan almashtiriladi, ya’ni bo‘ladi. Vaqt bo‘yicha diskretlangan signalni uning vaqtlarda olingan oniy qiymatlari asosida qayta tiklash mumkin. Ushbu signalni qayta tiklash natijasida olingan signalni – tiklangan signal deb ataladi. Uni bilan belgilaymiz.
Tiklovchi funksiya uzluksiz signal ning yoki vaqtlardagi oniy qiymatlari yig‘indisi shaklida aniqlanadi, ya’ni
bunda, koeffitsient ning qiymatlari diskretlangan signalning vaqtdagi oniy qiymatlariga bog‘liq.
Vaqt bo‘yicha diskretlash oralig‘i shunday tanlanishi kerakki, tiklangan signal birlamchi uzluksiz signal dan talab etiladigan darajadan ko‘p farq qilmasligi kerak. Agar diskretlash oralig‘i kichik qilib tanlansa, davomiyligi ga teng bo‘lgan signaldan olingan oniy qiymatlar soni ko‘p bo‘ladi, signalni qayta tiklash aniqligi yuqori bo‘ladi. Aksincha, agar diskretlash oralig‘i katta qilib tanlansa, oniy qiymatlar soni kam bo‘ladi, natijada signalni qayta tiklash aniqligi ham kamayadi.
Diskretlash oralig‘i, yoki davomiyligi bo‘lgan signaldan vaqt oralig‘ida olingan qiymatlar sonining signalni qayta tiklashdagi aniqlikni ta’minlovchi soni – uning optimal soni hisoblanadi.
Davomiyligi bo‘lgan signaldan olingan oniy qiymatlar soni uning optimal qiymatidan ko‘p – ortiqcha bo‘lsa, u aloqa kanali signal o‘tkazish imkoniyatini oshirishni, EHMning signalga ishlov berish tezligini oshirishni talab qiladi, natijada xotirada saqlovchi va ro‘yxatga oluvchi qurilmalar tan narxining oshishiga sabab bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan uzatilayotgan signaldagi ortiqchalikni – ortiqcha ma’lumotlarni qisqartirish kerak, ya’ni uzluksiz signalni uning diskret vaqtlardagi oniy qiymatlari orqali tiklashda talab etiladigan optimal sonidan ortiqcha bo‘lmagani ma’qul.
Qabul qilingan belgilariga qarab signallarni diskretizatsiyalash va qayta tiklash usullarini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin. Ushbu usullarni guruhlarga bo‘lish – klassifikatsiyalash uchun quyidagi belgi (alomat)larni tanlaymiz:
oniy qiymatlarni olishning vaqt bo‘yicha takrorlanishiga qarab;
diskretizatsiyalash va qayta tiklash aniqligini baholash me’yori bo‘yicha;
bazis funksiyalar turiga qarab;
tiklangan signalni birlamchi signalga qanchalik yaqinligiga qarab.
Do'stlaringiz bilan baham: |